Qattiq dori shakllarining biologik samaradorligini aniqlash tabletkalarning erishi testini ishlab chiqish


Rasm. Dorivor moddani uni uch xil dori shaklida qo‘llanilganda nisbiy biologik kirishuvchanligi


Download 0.76 Mb.
bet4/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1538000
1   2   3   4
Bog'liq
Qattiq dori shakllarining biologik samaradorligini aniqlash tabletkalarning

3.4.Rasm. Dorivor moddani uni uch xil dori shaklida qo‘llanilganda nisbiy biologik kirishuvchanligi.
1-A dori shakli; 2-B dori shakli; 3-V dori shakli.
AUCA=39,9 (mkg/mm)·s, AUCB=32,2 (mkg/mm)·s, AUCV=14,0 (mkg/mm)
Ma’lumki, og‘iz orqali ichiladigan qattiq dori shakllar, shu jumladan tabletka dori
shakllarida biofarmatsevtik tadqiqotlar 2 xil usulda: in vitro va in vivo tajribalarida amalga oshiriladi.
In vitro tajribalari bajarilishi nuqtai nazaridan oddiy, kam xarajat va kam vaqt talab etadigan, ayni vaqtda dori vositasining terapevtik samaradorligi to‘g‘risida yetarlicha ma’lumot bera oladigan tajriba usullaridan hisoblanadi. Shu bilan birga in vitro tajribalar har doim ham dori vositasining tirik organizmdagi ta’sirini to‘laqonli ifodalamasligi mumkin. Shu sababli taklif etiladigan in vitro usuli in vivo sharoitida olingan tajribalar natijalari bilan taqqoslanib, ular o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik hisoblab topiladi va bu bog‘liqlik ishonarli darajada bo‘lgan taqdirda qo‘llanilgan in vitro tajriba usuli keyinchalik dori vositasini sifat nazoratini amalga oshirish uchun tavsiya etiladi.
In vivo tajriba usullari laboratoriya tajriba hayvonlarida yoki o‘zi istak bildirgan odamlarda olib boriladi. In vivo tajribalari farmakokinetik usul – qon, boshqa biologik
suyuqliklar va alohida a’zolarga so‘rilib o‘tgan ta’sir etuvchi modda konsentratsiyasini o‘lchash bo‘yicha yoki farmakodinamik usul – dori vositasini organizmga so‘rilib
o‘tgandan keyin namoyon bo‘ladigan ta’sir kuchini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Farmakokinetik usullarda tadqiqotlar o‘tkazilganda faol modda
konsentratsiyasi asosan kimyoviy va fizik kimyoviy, alohida holatlarda mikrobiologik,
biokimyoviy va biofizikaviy usullarda amalga oshiriladi. Farmakodinamik usullarda esa dori vositasi terapevtik samaradorligiga baho berish, tirik organizmning dori vositasi ta’sirida ma’lum funksional holatidagi o‘zgarishlarni o‘lchash bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bugungi kunda nisbatan qattiq, dozalangan, og‘iz orqali qabul qilinadigan dori vositalarini biofarmatsevtik ko‘rsatkichlarini in vitro sharoitlarida o‘rganish
uchun 200 ga
yaqin usullar va
asbob-uskunalar
taklif
etilgan.
Shulardan dori
vositalarini eruvchanlik testini aniqlash bo‘yicha taklif etilgan “Aylanuvchan kajava”
usuli qator e’tirof
etilgan xalqaro
farmakopeyalarga (NF,
USP, BP, EuP va
boshqalarga) kiritilgandir. Bu usul bizning respublikamizda ham rasmiy usul hisoblanadi. “Aylanuvchan kajava” usulining bu darajada keng qo‘llanilishining asosiy sabablari, olingan tadqiqot natijalarining ko‘p holatlarda in vivo tajriba natijalari bilan yuqori korrelyasion bog‘liqlikka egaligi, usulning oddiyligi, amalga oshirilishini qulay va kam xarajatliligi kabilardir.
Ayrim tabletkalar uchun in vitro va in vivo sharoitlarida amalga oshirilgan tajriba natijalari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik hisoblab chiqildi va olingan natijalar asosida korrelyasion bog‘liqlik yuqori darajada ifodalangan “Erish testi” ni amalga oshirish sharoitlari belgilandi.
Korrelyasiya koeffitsienti qanchalik birga yaqin bo‘lsa, olingan natija shunchalik ijobiy hisoblanadi va bunday holatda korxona sharoitida ishlab chiqarilgan tabletkaning biosamaradorligi in vitro usuli bilan baholansa yetarli bo‘ladi.
Korxona sharoitida in vivo tajribalari o‘rniga in vitro tajribalarini ishlatish imkoniyati borligini ilmiy jihatdan asoslash uchun, ularning korrelyasion koeffitsientini hisoblash lozim. Agar korrelyasion koeffitsient 0,60 va undan katta bo‘lsa, korxona sharoitida biosamaradorlikni in vitro usulida aniqlash kifoya qiladi.
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling