Qattiq jism 26-Maruza. Kristall panjara. Kristallografik koordinata tizimi. Qattiq jismlarning issiqlik xossalari. Reja
Download 80.3 Kb.
|
4fa7c62536118cc404dec4a0ca88d4f6
KRISTALL PANJARALAR
Yuqorida aytganimizdek, kristallarning asosiy xususiyati uni tashkil qilgan zarralarning (atomlar, molekulalar yoki ionlarning) fazoda tartib bilan joylashganligidir. Fazoda tartib bilan joylashgan bunday atomlar (yoki boshqa zarralar) to`plamidan tashkil topgan strukturaga kristall panjara deb ataladi. Atomlarning o`zi joylashgan nuqtalarni (aniqrog`i, ularni muvozanat holatlarida joy-lashgan nuqtalarini) kristall panjara tugunlari deyiladi. Kristall panjara "katakchalardan" tashkil topgan. Katakcha (yoki elementar yacheyka) kristall panjaraning shunday eng kichik qismiki, uni o`z-o`ziga paralell ko`chirish orqali butun kristall panjarani hosil qilish mumkin (1-rasm).
Tekshirishlar hammasi bo`lib simmetriya belgilariga ko`ra 32 simmetriya sinfiga birlashtiriluvchi 230 ta fazoviy gruppalar mavjud ekanini ko`rsatadi. Kristallning yoki jismlarning simmetriyasi uning simmetriya operasiyalari deb ataladigan o`rin almashtirishlarida o`z-o`zi bilan ustma-ust tushish xossalarini ifodalaydi. Simmetriya almashtirishlariga quyidagilar kiradi: 1) jismning barcha nuqtalarini ma`lum masofaga parallel ko`chirish-translyasiya; 2) jismni biror o`q (simmetriya o`qi) atrofida biror burchakka burilishi; 3) simmetriya tekisligida akslanishi; 4) inversiya yoki nuqtada (simmetriya markazida) akslanish va bunday almashtirishlarning barcha kombinasiyalari. Simmetriya o`qi, simmetriya tekisligi, nuqtalar (simmetriya markazi) va boshqalar simmetriya elementlari deyiladi. Biror kristall panjara ega bo`lgan barcha simmetriya elementlari to`plami bu panjara-ning fazoviy gruppasi deyiladi. Simmetriya elementlari turli kristallarda turlicha kombinasiyada uchraydi. Simetriya elementlarining mumkin bo`lgan har bir kombinasiyasi simmetriya sinfi deb ataladi va bunday kombinasiyalarning umumiy soni 32 ta. Elementar yacheykalarning shakliga qarab kristallar 7 ta simmetriya sistemasiga ajratiladi. Yacheykalar qirralarini (22-rasm) a, v, s lar bilan, qirralar orasidagi burchaklarni , , lar bilan belgilaymiz. Yettita kristallografik sistemalar elementar yacheykalarning parametrlari quyidagicha: 1) kubik avs; 900 2) tetragonal avs; 900 3) rombik avs; 900 4) romboedrik avs; 900 5) geksagonal avs; 900, 600 6) monoklin avs; 900, 900 7) triklin avs; 900 Yuqorida qayd qilib o`tilgan panjaralar ichida eng simmetrigi kubik sistemaga kiruvchi panjaradir (23-rasm). 2-rasm Ulardan birinchisi (2a-rasm) oddiy kubik panjara, ikkinchisi (2b-rasm) hajmiy va uchinchisi (2c-rasm) yoqlari markazlashgan kubik panjara deb atalidi. Metallarda kristall panjaraning tugunlarida metall atomining musbat ionlari joylashgan bo`lib, ular orasida erkin elektronlar harakatlanib yuradi. Molekulalardan tashkil topgan ba`zi moddalarning kristall panjarasi tugunlarida molekulalar joylashgan. Ko`pchilik ximiyaviy birikmalar (masalan, osh tuzi NaCl, xlorli seziy CsCl, rux temirtoshi ZnS, flyuorit CaF2, kuprit Cu2O, rutil TiO2) kristall panjaralarining tugunlarida ionlar joylashgan. Download 80.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling