Qattiq jism 26-Maruza. Kristall panjara. Kristallografik koordinata tizimi. Qattiq jismlarning issiqlik xossalari. Reja


Download 80.3 Kb.
bet1/5
Sana10.03.2023
Hajmi80.3 Kb.
#1256784
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4fa7c62536118cc404dec4a0ca88d4f6


Qattiq jism
26-Maruza. Kristall panjara. Kristallografik koordinata tizimi. Qattiq jismlarning issiqlik xossalari.
Reja:
1.Kristall panjara.
2.Kristallografik koordinata tizimi.
3.Qattiq jismlarning issiqlik xossalari
Kalit so’zlar: Qattiq jism, kristall jismlar, amorf jismlar, erish temperaturasi, anizatrop, struktura, kristall panjara, panjara tugunlari, elementar yacheyka, fazoviy gruppasi, simmetriya sinfi, Miller indekslari, sublimasiya, erish.
[1]1281-1300
[2] 840-844

QATTIQ JISMLAR
Qattiq jismlar o`zlarining xossalariga qarab ikki turga bo`linadi. Ulardan birlari kristall jismlar deb ataladi, ikkinchilari esa amorf jismlar deb ataladi. Amorf jismlar shakllarini saqlash qobiliyatiga ko`ra qattiq jismlarga tegishli bo`ladi, biroq boshqa xossalari jihatidan suyuqliklardan farq qilmaydi. Masalan, amorf jismlar suyuqliklar kabi izotrop bo`ladi, ya`ni ularning fizik xossalari hamma yo`nalishlar bo`yicha bir xil. Bu tur moddalar o`z tabiatiga ko`ra qovushoqligi juda katta bo`lgan suyuqliklarga o`xshash bo`ladi. Shu sababli ular odatdagi va past temperaturalarda oqa olmaydi. Biroq temperatura ortganda ularning qovushoqligi kamayib borib, suyuqliklarga xos oqish qobiliyatiga ega bo`lib boradi.
Haqiqiy qattiq jismlarda, ya`ni kristall jismlarda temperatura ortishi bilan bunday yumshoqlanish ro`y bermaydi. Kristall jismlar ham temperatura ortganda suyuq holatga o`tadi. Biroq, bunday o`tish har bir kristall modda uchun aniq bir temperaturada - erish temperaturasida ro`y beradi. Kristall jismlarni amorf jismlardan farqlovchi yana bir muhim xususiyati ularning anizatropligi, ya`ni kristall jismlar fizik xossalarining turli yo`nalishlar uchun bir xil emasligidir. Kristall va amorf jismlar xossalaridagi farqlar ularning ichki tuzilishidagi o`ziga xoslik bilan tushuntirilishi mumkin.
Kristall jismlarda ularni tashkil qilgan atomlar (yoki boshqa zarralar) bir-biriga nisbatan aniq bir tartibda joylashgan bo`lib, bunday tartib jismning butun hajmiga tegishli bo`ladi. Bunday tartib uzoq tartib nomini olgan. Amorf va jumladan suyuq jismlarda faqat yaqin qo`shni atomlargina tartibli joylashgan bo`lishi mumkin (yaqin tartib). Shuni qayd qilib o`tish lozimki, ba`zi kristall jismlarda, masalan, metallarda anizotroplik hamma vaqt ham nomoyon bo`lavermaydi. Bunga sabab, bu jismlarning juda ko`p mayda kristalchalardan tashkil topganligidadir. Bunday jismlar monokristallardan (zarrachalari butun hajm bo`yicha tartib bilan joylashgan) farqli ravishda polikristallar deb ataladi. Kristallanish jarayonida mo-no-yoki polikristallarning hosil bo`lishi, bu jarayon qanday sharoitlarda o`tishga bog`liq bo`ladi.


Download 80.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling