Qattiq jismlar
Download 88.76 Kb.
|
Qattiq jism 26-Maruza. Kristall panjara. Kristallografik koordin
KRISTALL PANJARALAR
Yuqorida aytganimizdek, kristallarning asosiy xususiyati uni tashkil qilgan zarralarning (atomlar, molekulalar yoki ionlarning) fazoda tartib bilan joylashganligidir. Fazoda tartib bilan joylashgan bunday atomlar (yoki boshqa zarralar) to`plamidan tashkil topgan strukturaga kristall panjara deb ataladi. Atomlarning o`zi joylashgan nuqtalarni (aniqrog`i, ularni muvozanat holatlarida joy-lashgan nuqtalarini) kristall panjara tugunlari deyiladi. Kristall panjara "katakchalardan" tashkil topgan. Katakcha (yoki elementar yacheyka) kristall panjaraning shunday eng kichik qismiki, uni o`z-o`ziga paralell ko`chirish orqali butun kristall panjarani hosil qilish mumkin (1-rasm).
Tekshirishlar hammasi bo`lib simmetriya belgilariga ko`ra 32 simmetriya sinfiga birlashtiriluvchi 230 ta fazoviy gruppalar mavjud ekanini ko`rsatadi. Kristallning yoki jismlarning simmetriyasi uning simmetriya operasiyalari deb ataladigan o`rin almashtirishlarida o`z-o`zi bilan ustma-ust tushish xossalarini ifodalaydi. Simmetriya almashtirishlariga quyidagilar kiradi: 1) jismning barcha nuqtalarini ma`lum masofaga parallel ko`chirish-translyasiya; 2) jismni biror o`q (simmetriya o`qi) atrofida biror burchakka burilishi; 3) simmetriya tekisligida akslanishi; 4) inversiya yoki nuqtada (simmetriya markazida) akslanish va bunday almashtirishlarning barcha kombinasiyalari. Simmetriya o`qi, simmetriya tekisligi, nuqtalar (simmetriya markazi) va boshqalar simmetriya elementlari deyiladi. Biror kristall panjara ega bo`lgan barcha simmetriya elementlari to`plami bu panjara-ning fazoviy gruppasi deyiladi. Simmetriya elementlari turli kristallarda turlicha kombinasiyada uchraydi. Simetriya elementlarining mumkin bo`lgan har bir kombinasiyasi simmetriya sinfi deb ataladi va bunday kombinasiyalarning umumiy soni 32 ta. Elementar yacheykalarning shakliga qarab kristallar 7 ta simmetriya sistemasiga ajratiladi. Yacheykalar qirralarini (22-rasm) a, v, s lar bilan, qirralar orasidagi burchaklarni , , lar bilan belgilaymiz. Yettita kristallografik sistemalar elementar yacheykalarning parametrlari quyidagicha: 1) kubik avs; 900 2) tetragonal avs; 900 3) rombik avs; 900 4) romboedrik avs; 900 5) geksagonal avs; 900, 600 6) monoklin avs; 900, 900 7) triklin avs; 900 Yuqorida qayd qilib o`tilgan panjaralar ichida eng simmetrigi kubik sistemaga kiruvchi panjaradir (23-rasm). 2-rasm Ulardan birinchisi (2a-rasm) oddiy kubik panjara, ikkinchisi (2b-rasm) hajmiy va uchinchisi (2c-rasm) yoqlari markazlashgan kubik panjara deb atalidi. Metallarda kristall panjaraning tugunlarida metall atomining musbat ionlari joylashgan bo`lib, ular orasida erkin elektronlar harakatlanib yuradi. Molekulalardan tashkil topgan ba`zi moddalarning kristall panjarasi tugunlarida molekulalar joylashgan. Ko`pchilik ximiyaviy birikmalar (masalan, osh tuzi NaCl, xlorli seziy CsCl, rux temirtoshi ZnS, flyuorit CaF2, kuprit Cu2O, rutil TiO2) kristall panjaralarining tugunlarida ionlar joylashgan. Download 88.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling