Qattiq jismlar


QATTIQ JISMLARNING ERISHI VA SUBLIMATSIYASI


Download 88.76 Kb.
bet5/5
Sana23.03.2023
Hajmi88.76 Kb.
#1287903
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qattiq jism 26-Maruza. Kristall panjara. Kristallografik koordin

QATTIQ JISMLARNING ERISHI VA SUBLIMATSIYASI
Modda qattiq holatdan suyuq holatga ham, suyuq holatni chetlab gazsimon holatga ham o`tishi mumkin. Qattiq jismlarning suyuq holatga o`tish jarayoni erish deb ataladi. Kristall jismlarning erishi izotermik jarayonda, ya`ni erish o`zgarmas temperaturada ro`y beradi. Erish paytida temperaturaning o`zgarmasligiga sabab, bu jarayonda unga berilayotgan issiqlikning barchasi kristall panjaraning buzilishiga sarflanadi.
Tashqi bosim ortganda erish temperaturasi ortadi. Uning ortishiga sabab shuki, tashqi bosim atomlarni o`zaro yaqinlashtiradi, shu sababli erishda atomlarni bir-biridan uzoqlashtirish, ya`ni kristallni buzish uchun yuqori bosimda kattaroq issiqlik harakati kerak bo`ladi. Bunga esa temperaturani orttirish yo`li bilan erishish mumkin.
Qattiq jismlarning bug`lanishi sublimasiya deb ataladi. Ko`p qattiq moddalar sezilarli darajada bug`ga aylanmaydi. Lekin, shunday kristall moddalar ham borki, ular sezilarli darajada bug`lanib turadi. Bunga misol qilib naftalin bilan kamforani ko`rsatish mumkin. Muz ham shunday xossaga ega. Shuning uchun sovuqda tashqariga ilib quyilgan ho`l kiyim-bosh avval muzlab, so`ng bir qancha vaqtdan keyin quriydi, demak muz bug`lanib ketadi. Sublimasiya yuz berishiga sabab shuki, vaqti - vaqti bilan ki-netik energiyasi tutinish kuchlarini yengishga yetarli bo`lgan atom yoki molekulalar jism sirtidan ajralib chiqib, atrofdagi gaz atmosferasiga ketib turadi.
Sublimasiya qonunlari suyuqliklarning bug`lanish qonunlariga o`xshash. Sublimasiya issiqligi erish issiqligi bilan bug` hosil qilish issiqliklarining yig`indisiga teng bo`ladi.
Qattiq jismning bug`lanuvchi zarralari qattiq jism sirtida bug` hosil qiladi. Ma`lum bosim va temperaturada bug` va qattiq jism muvozanatda bo`lishi mumkin. Qattiq jism bilan muvozanatda bo`lgan bug` ham to`yingan bug` deb ataladi. Suyuqliklardagi singari, qattiq jism ustidagi to`yingan bug`ning bosimi ham temperaturaga bog`liq bo`ladi va temperatura pasayishi bilan tez kamayadi.

Glosariy


Solids

Qattiq jism

Muvozanat xolati atrofida kichik tebranishlar qiladigan, shakli va atomlarining issiqlik harakati bilan xarakterlanuvchi moddaning agregat xolati

Coefficient of volume expansion

Xajmiy kengayish koeffitsienti

xajmning nisbiy o’zgarishining temperaturaning o’zgarishiga nisbati bilan aniqlanadigan (doimiy bosimda) kattalik

Coefficient of linear expansion

CHiziqiy kengayish koeffitsienti

uzunlikning e`tiborsiz o’zgarishini temperaturaga o’zgarishiga nisbati bilan aniqlanadi kattalik

Thermal
stresses

Issiqlikdan kuchlanish

Uchlari mahkamlangan materialni kengaytirib ham, siqib ham bo’lmaganda uning temperaturasi o’zgarishi tufayli yuzaga keladigan kengayish yoki siqish kuchlanishi

Deformasion

Deformatsiya –



jism zarralari nisbiy joylashuvida o’zgarish xosil qiladigan qizdirish, sovutish, namlikning o’zgarishi va boshqa ta`sirlarostida tashqi kuchlar (mexanik kuchlanish) ta`sirida jism (yoki uning qismi) o’lchami va shaklining o’zgarishi.

Фmorphous solid

Amorf qattiq jismlar

Noregullyar, tartibsiz kristallanmagan qattiq holat

Сomponents

Komponent (kontsitent)

Individiual kimyoviy subtantsiya (element yoki qo’shimcha), qotishmaga qo’shiladi. Uglerodli po’latlar komponentlari Fe va C. Bronzada Cu va Sn.

Сrystal

Kristall

Kristall tartibli tuzilishga ega bir yoki necha xil atomlar tutgan birikma, fazoviy asosida yo’nalishlari regullyar joylashgan

Crystallization

Kristallanish

Kristallanish eritmalar sovutilishida amalga oshadi.

A defect crystal

Kristall nuqsoni

Kristall panjara tuzilishi nomukammal shakllanishi nuqson hisoblanadi.

A metal-forming

Metall silliqlash

Metallni shakllantirish operatsiyasi bo’lib, metall zarrachalari bilan sirtga ishlov beriladi.

Nanosize materials

Nanomateriallar

O’lchami nanodiapazonda bo’lgan va shu o’lchamga xos noyob va maxsus xossalarni namoyon qilidagan materiallar turidir

Download 88.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling