4. Yong’inni o’chirish uchun sarflanadigan suv miqdorini topamiz
Qyong’ =25 l/sek = 10 l/sek
bu erda qurilish maydoni uchun 15 ga gacha bo’lganda ikkita yong’in gidranti o’rnatiladi va har birining unumdorligi 5 l/sek ga teng bo’ladi.
Umumiy suv sarfini quyidagi formula orqali aniqlaymiz:
Qum= Qyong’ + 0,5 ( Qi.ch + Qxo’j + Qm.m ), (25)
Qum = 10+0,5(0,05+0,03)= 10,04 l/sek.
Magistral suv ta’minoti quvurining diametri quyidagi formula bilan aniqlanaldi:
D q , l/sek (26)
bunda v – quvurdagi suvning harakatlanish tezligi, 1,5 m/s qabul qilinadi.
D q =92 mm ≈ 100 mm.
Quvurlarni tanlash sortamentiga ko’ra diametri 100 mm ligini tanlab olamiz.
5. Qurilish ob’ektida vaqtinchalik elekr energiyasiga bo’lgan talabni aniqlash.
Qurilish maydonida elektr energiyasi qurilish mashinalari, qo’shimcha ishlab chiqarish xo’jaliklardagi stanoklar va jihozlarning elektr dvigatellarini energiya bilan ta’minlashga, qurilish hududini va ish joylarini, ma’muriy, madaniy-maishiy xonalarni yoritishga, qurilishni texnologik talablarini (elektr payvandlash va boshqa ishlar) energiya bilan qondirishga kerak bo’ladi.
Kuchlanishlarni hisobi, elektr istemolchilarining turlariga qarab talab etish koeffitsientiga ko’ra, belgilangan quvvat bo’yicha quyidagi formuladan topiladi:
R=α { }, kVt (27)
bunda α –tarmoqdagi energiya yo’qotishlarini, tarmoq uzunligi, ko’ndalang kesimi yuzasi va h.k. larni hisobga oluvchi koeffitsient, α = 1,05…1,10;
k1 , k2 , k3 – ehtiyojlik koeffitsienti, istemolchilarnig soniga bog’liq holda Dikman L.G. “Organizatsiya i plnirovanie stroitelnogo proizvodstva: Upravlenie stroitelno’mi predpriyatiyami s osnovami ASU”: Ucheb. dlya stroit. vuzov i fak. – 3-e izd., pererab. i dop. –M.: Vo’ssh. shk., 1988. -559 s.: il. o’quv qo’llanmasining 16.2 - jadvali ma’lumotlaridan olinadi;
Rm – kuchlanish iste’molchilarining quvvati yig’indisi, kVt;
RT – texnologik ehtiyojlarini qondirishga ketadigan quvvat miqdo ri, kVt, ma’lumotnomalar yoki kataloglardan olinadi;
Rich – ichki yoritish tizimiga ketadigan quvvat miqdori, kVt;
Rtash – tashqi yoritish tizimiga ketadigan quvvat miqdori, kVt.
Do'stlaringiz bilan baham: |