Qayd etilgan valuta kursi sharoitida pul- kredit va fiskal siyosat Valuta kursi va uni belgilovchi omillar
Download 61.96 Kb.
|
Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi sharoyitida makroiqtisodiy siyosat
12.1-rasm. Xorijiy valuta bozoriDollarga bo‘lgan talabning kamayishi D to‘g‘ri chizig‘ida berilgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, agarda dollar o‘zbekistonliklar uchun arzon bo‘lsa, amerika tovarlari ham ular uchun arzon bo‘ladi va bu, o‘z navbatida, ularning amerika tovarlariga bo‘lgan talabini oshiradi. Dollarning taklifi (S) kamaysa, so‘mda belgilangan dollarning qiymati oshadi (ya’ni, dollarda belgilangan so‘mning qiymati pasayadi). Bunday vaziyatlarda amerikaliklar ko‘proq o‘zbek tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki, so‘mning dollarga nisbatan qiymati pasaysa, u o‘z navbatida o‘zbek tovarlarining narxi ham pasayganini bildiradi va oqibatda ko‘proq o‘zbek tovarlarini sotib olish imkoni paydo bo‘ladi. O‘zbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSH dollarini valuta bozoriga olib chiqadi, chunki, o‘zbek tovarlarini sotib olish uchun dollarni so‘mga almashtirishadi. Dollarga bo‘lgan talab va taklifning kesishgan nuqtasi dollarning so‘mdagi qiymatini bildiradi. Agarda, dollarning so‘mdagi qiymati oshsa, so‘m qiymatining pasayganligini yoki qadrsizlanganligini ko‘rsatadi. Aksincha, agarda dollarning so‘mdagi qiymati pasaysa, so‘m qiymatining oshganligini yoki so‘mning qimmatlashganligini ko‘rsatadi. Bir birlik xorijiy valutani sotib olish uchun kam miqdorda milliy valuta sarf qilish milliy valutaning qimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga nisbatan so‘m qadrsizlansa, dollar so‘mga nisbatan qimmatlashadi. Qayd etilgan valuta kursi – bu, xorijiy valutada ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy o‘rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo‘lib, unga valuta bozorida talab va taklifning o‘zgarishi bevosita ta’sir qilmaydi.Qayd qilingan valuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bog‘liq bo‘lgan tahlika va noaniqlikni kamaytiradi. Qayd qilingan valuta kurslarini qo‘llash o‘zaro foydali savdo va moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan valuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o‘zaro aloqalar jarayondagi ikki sharoitga bog‘liq: zaxiralarning mavjudligi; o‘z hajmi bo‘yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to‘lov balansi aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zaxiralarini yo‘qqa chiqarishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, valuta kurslarining talab va taklif ta’siri ostida shakllanish darajasi, o‘z-o‘zicha kurslar o‘rtasidagi nisbatlarga ta’sir etuvchi real jarayonlarni aniqlab bera olmaydi. Chet el valutalariga talab va taklifga, demak, valuta kurslariga mamlakatdagi ham ichki va ham tashqi iqtisodiy munosabatlar majmui bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Valuta kurslarining o‘zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ularni qisqacha qarab chiqamiz: Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o‘zgarishi. Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o‘zgarishlar. Bahodagi nisbiy o‘zgarishlar. Nisbiy real foiz stavkalari. Download 61.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling