Qayd raqami
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Psixologiya 4 kurslar uchun MAJMUA compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi.
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o‘rganishda suhbatning maqsadi va
vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, o‘tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o‘tkazish rejalashtiriladi, o‘rganilayotgan narsa bilan uzviy bog‘liq savoljavob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishdir. Suhbat orqali odamlarning tafakkuri, aqlzakovati, xulqatvori, qiziqishi, tiyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi. Suhbat metodining ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so‘zlar, «g‘aliz» iboralar, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarligi muvaffaqiyatsizlikka sabab bo‘ladi. Shuningdek, savoljavobning bir shaklda emasligi sinaluvchida o‘ziga xos ishlash uslubi, oshkoralik yetishmasligi, iymanish, uyalish atroflicha ma’lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod umumiy psixologiyada keng qo‘llaniladi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o‘yinchoqlar, modellar, yozgan she’rlarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar to‘plash mumkin. Ob’ekt bilan sub’ekt o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun shaxsning psixikasi to‘g‘risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diagramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik model, moslama, milliy kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, ko‘rs va malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyasi, ilmiy ma’ruza, qonspekt, taqriz, tezis, maqola, ko‘rsatmali qurollar, loyiha, qonsepsiya, san’atkor, artist va baxshi ijodiyoti kabilar kiradi. Bo‘lar turli yoshdagi, jinsdagi va kasbdagi odamlar tomonidan yaratilgan bo‘lishi va shunga ko‘ra shakli, mazmuni, sifati, originalligi, hajmi, ko‘rinishi, xususiyati bilan birbiridan keskin tafovut qilishi mumkin. Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o‘quvchilar, talabalar, qonstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ishchilar, dehqonlar psixik xususiyatlari to‘grisida ma’lumotlar to‘plash mumkin. Lekin insondagi psixik o‘zgarishlar, kamol topish va bularning kechishini ifodalovchi materiallar yigish uchun bu metodningo‘zi yetmaydi. Shuninguchun inson psixikasini o‘rganish maqsadida boshqa metodlardan ham foydalanishi ma’qul. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling