Qayd raqami


Download 1.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/68
Sana03.02.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1153806
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68
Bog'liq
Psixologiya 4 kurslar uchun MAJMUA compressed

Test metodi. Test inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning aqpiy 
o‘sishini, mentalitetini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda 
qo‘llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. 
Test, ayniqsa, odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki 
yaroqsizligi, iste’dodlilar, iqtidorlilar va aqli zaiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng 
qo‘llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga 
va qiziqishiga, yig‘ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila 
bilashga bogliqdir. 
1905 yildan, ya’ni franiuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon insonning aqliy 
o‘sish va iste’dod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a so‘rganidan keyin 
psixologiyada test metodi qo‘llana boshlandi. 
Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi deb bildilar. 
Biroqtest tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma’lumki, bir 
muammoning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Jahon (AQSh, 
Yevropa va hokazo) testologlari tadqiqot ob’ektlarini o‘zlashtirib turadigan va qobiliyat, tafakkur, 
bilim ko‘nikma hamda malakalarni aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida 
sinaluvchilarning emotsional holati va salomatligiga bog‘liqruhiy kechinmalarni inobatga 
olmaydilar. Sobiq Ittifoq psixologlari K.M. Gurevich, V.A. Kruteskiy va boshqalar qo‘llaydigan 
testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarningtafakkur ko‘rsatkichi (indikatori) 
bo‘lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur 
jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo‘lmaydi, degan 
qoidaga amal qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar. Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga 
psihologlardan Rorshah Rozensveyg, Kettell, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anaztazi, Raven 
va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, 
turlarga ajratilgan holda qo‘llaniladi. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga: 
Bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniqlashga qaratilgan diagnostik 
metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki pedagogik testlar deb nomlanadi; bu tur 
harakat testlari (mexanizmlar, materiallar, instrument kabilardan foydalanishga mo‘ljallangan), 
yozma testlar (maxsus blankalardagi savollardan bitta to‘g‘risini topishga yoki rasmdan muhim 
tomonini ajratishga yo‘naltirilgan), og‘zaki testlar (savollar tizimi umumiy ga’lim va kasb 
ta’limida tayyorgarlik darajasini aniqlaydi). 
Insonningakl idroki, aql zakovati, aqliy qobiliyati va fikrlash darajasini o‘lchashga 
mo‘ljallangan testlar intellekt testlari deyiladi; ular verbal va noverbal shakllarda tuzilgan bo‘lib, 
aqliy imkoniyat, uquvchanlik, topqirlik, zehn, farosatlilik, aqliy taraqqiyot darajasini aniqlash 
uchun xizmat qiladi; test topshiriqlari yo‘riqnomasida analogiyaga, umumlashtirishga, 
tushunchalarga, tavsiflashga mantiqiy munosabatni aniqlash talab etiladi. 
Ijodiyot (kreativlik) testlari shaxsning ijodiy qobiliyatlarini o‘rganish va baholashga 
mo‘ljallangan bo‘ladi; ular ijodkor shaxsning hayotiy tajribasini tahlil qilishga va ijodkor 
shaxsning individual xususiyatlarini (ijodiy tafakkur va uning mahsuldorligi: egiluvchanligi, 
tezkorligi topqirligi, originalligi, tanlovchanligi, qonstruktivligi va hokazo) o‘rganishga 
yo‘naltiriladi. 
Mezonga mo‘ljallangan (kriterial orientirlangan) testlartekshiriluvchidan egallagan va 
kasbiy topshiriqlarni bajarish uchun yetarli yoki yetarli emasligini aniqlashga mo‘ljallangandir. 
Mezon (kriteriya) sifatida muayyan bilimlar tizimi mavjud yoki mavjud emasligi xizmat qiladi. 
Mezonning yaratilishi uning mantiqiypsixologik tuzilishini tahlil qilish asosida quriladi. Bunda 
metodika bilan mezonning psixologik mutanosibligi, relevantligi oldindan hisobga olinishi lozim. 
Stixiyalar haqida ham manfiy, xaotik harakatlarning ma’lum yo‘nalishda, muayyan fazoda 
va maqonda muvaqqat hukm surishi ehtimolini dalillash mumkin. Ba’zi o‘rinlardagi favquloddagi 
hodisalar, holatlar, kechinmalar, omadsizliklar yoki omad kulib boqishi kabi voqelikni 
tushuntirishda ham ikkiyoqlama stimulyator (goh musbat, goh manfiy) tarkibining dadillik, 
xayolparishonlik, frustratsiya, eyforiya (kayfiyat kuchayishi) qamrab olishi, bir tomondan, insonga 
quvonch tuyg‘usini, ikkinchi tomondan, omadsizlik, baxtsizlikni keltiradi. Sun’iy kuchaytirgich 


yoki susaytirgichlar ta’sirini ilmiy asosda tushuntirish psixologiya fani javob bera olmaydigan 
bironbir hodisa yo‘q ekanligidan dalolat beradi. 
Psixologiya fanida ko‘p yillar davomida ishlab chiqarish kuchlari bilan ishlab chiqarish 
munosabatlari o‘rtasidagi muvofiqlik, mutanosiblik taraqqiyotni belgilaydi, degan g‘oya fanimiz 
metodologiyasida hukm surib kelar edi. Vaholanki, ishlab chiqarish kuchlari (insonlar: 
xizmatchilar, ishchilar) bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi muvofiqlik, moslik 
taraqqiyotni emas, balki barqarorlik (stabillashuv)ni keltirib chiqaradi, holos. Binobarin, 
barqarorlashuv o‘sishni (professni) bildirib kelmasdan, balki uning bir tekis maromda 
kechayotganligini (mahsulot, xom ashyo tayyorlanilayotganligini) anglatadi, demak, bu holat 
umumiy taraqqiyotni emas, balki mo‘lko‘lchilikni, serobchilikni bildiradi. 
Ikkinchi tomondan ishchilar sinfiga nisbatan berilgan yuksak baho ham taraqqiyotni 
harakatlantiruvchi kuchi to‘g‘risidagi muammoga adekvat tarzdagi javob vazifasini bajara 
olmaydi. Chunki ishchilar sinfi uyushgan, ilg‘or bo‘lishiga qaramasdan, bu makro guruh ijtimoiy 
hayotda mo‘lko‘lchilikni yaratish, ya’ni moddiy ne’matlar, mehnat aslahalari ishlab chiqarish 
bilan cheklangandir. Lekin ushbu sinf yangilik vujudga keltirish, kashfiyot qilish bilan aslo 
shug‘ullangan emas va bu narsani amalga oshirish imkoniyati bu ijtimoiy guruhda mutlaqo zaifdir. 
Bizningcha, taraqqietni yuzaga keltiruvchi asosiy omil — bu shaxslar (olimlar, 
qonstruktorlar, me’morlar, salohiyatli davlat arboblari) bo‘lib, ular biosfera va neosferaning 
insoniyat uchun noma’lum, yangi qirralarini ochish, fanni rivojlantirish, texnika va texnologiya 
ishlab chiqarishga qodirdirlar. 
Psixologiya fanida inson omili uzluksiz ravishda ta’kidlanib turilishiga qaramasdan, u 
taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchi ekanligi batamom tan olinmagan. Xuddi shu bois 
individuallik va umumiylik («Biz» va «Men») ustuvor rol o‘ynashi birlamchi voqelik sifatida 
talqin qilingan. 
Bugungi kunda inson omili, komil inson psixologiyasining bosh maqsadiga aylanib, uning 
xususiyatlari, fazilatlari, xislatlari, xosiyatlari, sifatlari, ichki imkoniyatlari, iste’dod alomatlari 
qancha erta ro‘yobga chiqarilsa, demak, taraqqiyotni yuzaga keltiruvchi super shaxslarni 
shakllantirish shunchalik tezlashadi, Inson kamoloti quyidagi bosqichlardan iborat: mo‘rtaklik — 
odam — inson — shaxs — sub’ekt — komil inson. Inson komillik sari qancha tezkor harakat qilsa, 

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling