4 — erkak barg gulli dixaziyining diagrammasi; 5—gulyonbargcha bilan o‘ralgan mevasining taraqqiy etishi; 6 —urg‘ochi dixaziyining diagrammasi: 7 — mevalari.
Turkiston qayini {V. turkestanica) tanasining po‘stlog‘i xira sariq, shoxchalari-niki qo‘ng‘ir-qizil yosh novdalari bezli va tukli daraxt bo‘lib, Uzbekistonning Hamzaobod qishlog‘i atroflarida o‘sadi. Pamir qayini (V. Pamirica) shoxchalari qizil, quyuq bezli bo‘lib, Surxondaryo oblastida To‘polon daryosining atroflarida usadi.
Pakana qayin (V. papa). U yer bag‘irlagan, shoxchalari yon-boshlagan, qiyshiq, barglari mayda, dumaloq shaklli pakana buta bo‘lib, tundrada, o‘rmon tundrada va o‘rmon zonasidagi botqoqliklarda o‘sadi.
Olxalar avlodi (Alnus). Bu avlod vakillari barglari oddiy, navbatlashib joylash-gan, tez to‘kilib ketadigan, yon-bargli,bir uyli daraxtlardir. Ular barg chiqarishdan oldin gullaydi. Erkak to‘pgullari^ dixaziyli kuchala hosil etadi. Har qaysi to‘pgulda 3 tadan gul bo‘ladi. Har 6Kip gulning to‘rt-tadan gulqo‘rg‘on bargchasi va to‘rttadan otaligi bo‘lib, ota-liklari gulqo‘rg‘on bargchala-rining qarshisida joylashadi, otalik iplari esa ajralmay-di. Uchta gulli to‘pgullar (di-xaziylar) qoplovchi tangacha qo‘ltig‘idan chiqadi. Urtadagi guli ikkita gulyonbargchaga, uning ikki yonidagisi esa bittadan gulyonbargchaga ega. To‘p-gul dixaziysida hammasi bo‘-lib, to‘rtta gulyonbargchasi va bitta qoplovchi tangachasi bo‘-ladi. Ikkita chekkadagi gulning bitta gulyonbargchasi taraqqiy eta olmaydi. Urg‘ochi gullari gulqo‘rg‘onsiz bo‘lib har birining bittadan ipsimon onaligi bo‘ladi. Ammo har qaysi dixaziysi ikkitadan gulga ega, chunki uning o‘rtadagi uchinchi guli rivoj-lanmaydi. Gulyonbarg va tangachasining soni, joylanishi erkak dixaziyniki singari bo‘ladi. To‘rtta gulyonbargchasi tanga bilan o‘sib, qalinlashib besh parrakli bitta tangachaga aylanadi, mevasining yetilishi vaqtida u yog‘ochlanadi va urg‘ochi kuchalada qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |