Qayindoshlar oilasi


Download 1.31 Mb.
bet8/11
Sana13.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1193637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
QAYINDOSHLAR OILASI

2.3 QAYIN (BETULA) TURKUMI
Bu turkumning vakillari daraxt va buta o ‘simliklardir. Ulaming tanasi va shoxlarining po‘stlog‘i silliq, oq va jigarrangda b o iib , yupqa po‘st tashlab turadi. Tanasining tubidagi po‘stlog‘i bo ‘yiga ingichka oriladi, rangi qorayadi. Kurtak va barglari navbat bilan joylashadi. 
Barglari oddiy tuzilgan bandli, tez to‘kiladigan yonbargchalari bor, kuzda to ‘kilib ketadi. Barg plastinkasi butun, yumaloq va lanset shaklida, cheti tishchali, patsimon tomirli. Ular bir uyli, ayrim jinsli daraxt. Changchi gullari kuzda hosil b o iad i, ular silindrsimon kuchala b o iib , shoxining uchida bittadan joylashadi. Urug‘chi gulli kuchalalari erta bahorda kalta novdalardagi barglar q o itig id a 2 ta yoki 4 tadan b o iib rivojlanadi.
Qayin erta bahorda gullaydi va shu paytda barg ham yozadi.Shamol vositasida changlanadi. M evasi yetilganda o ‘rama tangachasi dag‘allashadi. Mevasi bir urug‘li yong‘oqcha bo‘lib, bo‘yi 1-5 mm keladi, 
yassi, ikki qanotchali. Kuchalasi yetilganda mevasi sochilib ketadi va 
shamol vositasida tarqaladi. Ildizi yuza joylashadi. To‘nkasidan 
ko‘karadi, katta yoshida bu xususiyati yo'qoladi. Qayin 40 yoshgacha 
yaxshi o ‘sadi, so‘ng o‘sishi susayadi. U 100-120 yil yashaydi. 
Turkumning 100 dan ortiq turi b o ‘lib, ulaming ko‘pchiligi MDH da 
uchraydi. Ular tundra mintaqasidan dasht mintaqasigacha tarqalib, katta- 
katta o ‘rmonzorlar hosil qiladi.
Qayinning yog‘ochi qattiq bo‘lib, mexanikaviy xususiyatiga ko‘ra 
emanning y og‘ochidan qolishmaydi. Yog‘ochining tevaragi oq-sariq 
yoki oq qizg‘ish rangda, mexanikaviy xususiyatlari yuqori, qattiq, 
bukiluvchan, bir xil tuzilgan.
Undan faner, miltiq qo‘ndog‘i tayyorlanadi, bochka, g ‘ildirak kegayi, shoti va boshqalar yasaladi. 
Qishloq xo‘jaligi mashinasozligida, mebel ishlab chiqarishda ham keng 
qo‘llaniladi. Undan pista ko‘mir tayyorlanadi va o ‘tin sifatida foydalaniladi.
U k o ‘kalamzorlashtirishda ko‘p ekiladi, chunki chiroyli daraxt. 
O‘rmon ihota qatorlarida ham ekiladi. O ‘zbekistonda ikkita qayin turi tarqala.
Turkiston qayini (Betula turkestanica Roth.) bo‘yi 10-15 m ga, diametri 30-50 sm ga yetadigan daraxt, tuxumsimon va keng shoxshabba hosil qiladi. Bir tanali, tanasining po‘sti sarg‘ish oq rangda, po‘st tashlab turadi. Yosh novdalari mayin tukli bo‘lib, smolasimon so‘galchalari bor. Barglari tuxumsimon, o ‘tkir uchli, tub qismi ponasimon yoki to‘mtoq, cheti butun. Yosh barglarining har ikkala tomoni mayin tukli, katta yoshida yuz tomoni tuksizlanadi. Barg 
plastinkasining bo‘yi 35 sm, bandi 1,5 1,8 sm, ingichka va uzun tuk bilan qoplangan. U m g‘chi gulli kuchalalari silindrsimon bo‘lib, bo‘yi2,5 sm, eni 6-8 mm.Qanotchalari tuxumsimon yoki teskari tuxumsimon, bo‘yi 2,5 mm. Bu qayin urug‘idan yaxshi ko‘payadi, tez o‘sadi.
Qayinning yog‘ochi oq rangda, zich, pishiq bo‘lib, undan har xil buyumlar ishlanadi. U yorug‘sevar, issiqqa va sovuqqa, havoning ifloslanishiga chidamli daraxt. U to g ‘ vodiylarida, daryo bo‘ylarida o ‘sadi. Tyan-Shanda, Pomir-Oloyda, Jung‘oriya Olatovida uchraydi. U nihoyatda g o ‘zal daraxt bo‘lganligidan ko‘kalamzorlashtirish uchun parklarga va k o ‘chalarga ekish tavsiya etiladi.
TyanShan qayini (Betula tianschanica Rupr.) kichikroq daraxt bo‘lib, b o ‘yi 56 m, ko‘p tanali yoki sershox, keng shoxshabba hosil qiladi. Tanasining po‘stlog‘i jigarrangda, yupqa po‘st tashlab turadi.
Barglari tuxumsimon yoki cho‘ziqtuxumsimon, ba’zi vaqtlarda tuxumsimon, rombsimon, o ‘tkir uchli, tubi keng ponasimon. Barg plastinkasi yirik, butun, bandining uzunligi 1 sm.Bargining ikkala tomoni va bandi tuksiz. Urug‘chi kuchalalarining bo‘yi 1,8 sm, eni 0,7 sm, gulbandi tukli. Yong‘oqchasituxumsimon, bo‘yi 2 mm. Bu qayin urug‘idan yaxshi ko'payadi. Tyan Shan qayini Jung‘oriya Olatovida, TyanShanda dengiz sathidan 1800 m balandlikda o ‘sadi. Shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish uchn ekish tavsiya etiladi.
Oq qayin (Betula pendula Roth.) birinchi kattalikdagi daraxt b o ‘yi 
24-28 metrgacha o ‘sadi. Asosiy tanasi oq rangda bo‘lib juda m anzarali 
ko‘rinishga ega. Oq qayin nihollari birinchi yillari juda sekin o ‘sishi 
bilan ajralib turadi. 50 yoshlarida 25 m balandlikka o ‘sib, 24 sm diametrga ega bo‘ladi. Oq qayin erta hosilga kiradi,ochiq yerlarda 10-15 
yoshlarida, qayinzor o ‘rmonida 20-30 yoshlarida hosilga kiradi. Q ayin 
urugiarining unuvchanligi yuqori - 80%. Qayin yog‘ochidan oliy sifatli faner tayyorlanadi. Bu qayin turi Rossiya o ‘rmonlarida keng tarqalgan daraxt turi hisoblanadi. K o‘kalamzorlashtirishda ahamiyati juda yuqori oq tanasi va chiroyli barglari manzarali hisoblanadi. Daraxt tanasidan qayin sharbati olinadi. Bulardan tashqari daur qayini (Betula daurica Pall.) momiq qayin (Betula pubescens Ehrh), Ermann qayini (Betula ermanii Cham.) kabi muhim turlari bor. Shimoliy Amerikada qog‘oz qayini (Betula papyrifera Marsh.) keng tarqalgan. Barcha qayin turlari manzarali daraxtlar hisoblanadi, ko'kalamzorlashtirishda keng foydalani­ladi. 0 ‘rmon xo‘jaligida ham qimmatli daraxt turlaridan biri hisoblanadi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling