Qayindoshlar oilasi
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati
Download 1.31 Mb.
|
QAYINDOSHLAR OILASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Bob. BUKGULLILAR AJDODI (FAGALES)
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Mazkur kurs ishi natijalari Andijon shaharida o’sadigan daraxt va butalar haqidagi ma’lumotlarni yana boyitadi.
Tadqiqot natijalariga ko'ra, daraxt va butalarning muhitdagi o'zgaruvchan sharoitlarga sutkalik va mavsumiy moslanishlari izohlash, shuningdek, mikrofloraning ozuqa zanjirining shakllanishidagi ahamiyatini talqin etish uchun nazariy asos bo'la oladi. II. Bob. BUKGULLILAR AJDODI (FAGALES) Manzarali darazt va butalaming yuqorida sanab o’tilgan xislatlarini hisobga olib shahrimizning istirohat bog’ida o’stirilayotgan daraxt va butalaming tur tarkibi, foydali xislatlari, ularning o’sishi, rivojlanish davrlarini kuzatish,shular asosida aniqlagich yaratish va istiqbolli, manzarali o’simliklar bilan yanada boyitish bo’yicha tavsiyalar berishni maqsad qilib qo’dik va shu asosida ish boshlab 2010-2012 yillar mobaynida materiallar to’pladik. To’plangan materiallarni qayta ishlab tartibga solindi, o’zimiz yaratgan aniqlagich yordamida oila, turkum, turlar aniqlagichi sistemaga solindi va reja asosida bayon qilindi. Ma’lumki mavzu bo’yicha biron bir qo’llanma yaratilganicha yo’q. Nafaqat Farg’ona shahridagi istirohat bog’ida o’stirilayotgan manzarali daraxt va butalarga bag’ishlangan balki vodiyning Andijon, Namangan, Marg’ilon, Qo’qon kabi shaharlaridagi istirohat bog’larida ekib o’stirib kelinayotgan manzarali daraxt va butalarga biron bir asar yaratilgani yo’q. Bunday qo’llanmaga esa ehtiyoj katta. Chunki talabalar, maktab o’qituvchilari shahar bog’lari va ko’chalarida ekib o’stirib kelinayotgan manzarali o’simliklarni o’rganishda qo’llanmaning yo’qligi natijasida o’simlik nomlarini, qolaversa ularning bioekologiyasi o’rganishda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Manzarali o’simliklarni o’rganish borasidagi qiyinchiliklarni, qo’llanmaga talab va ehtiyojni kattaligini hisobga olib ushbu qo’llanmani yaratishga xarakat qildik. Shamol bilan changlanuvchi daraxt va butalardir. Barglari navbatlashib o‘rnashgan, ularning butun yoki qirqilgan yonbarg-lari bo‘lib, u tezdan tushib ketadi. Gullari bir jinsli, ba’-zan ikki jinsli, mayda, gulqo‘rg‘onsiz yoki ko‘rimsiz, ba’zan ko. sachasimon gulqo‘rg‘onli bo‘lib, kuchala to‘pgul (amentum) hosil qiladi. Faqat erkak gullarigina chin kuchala to‘pgulli bo‘lib, urg‘ochi to‘pguli esa kichik qubbacha yoki murakkab boshoqlar ho-sil qiladi. Urg‘ochi gullari gulqo‘rg‘onsiz yoki tuguncha ustidan chiqqan gulqo‘rg‘onli. Otaliklari gulqo‘rg‘on bargchalarining qarshisida joylashadi va uning soniga teng yoki ko‘p bo‘ladi. Onaligi 2—6 mevabargli, poychasi 2—3 ta, tugunchasi ostki, 1—6 uyali, har qaysi uyasi 1—2 urug‘kurtakli, urug‘kurtaklardan fa-qat bittasi taraqqiy etadi. Urug‘kurtagi to‘g‘ri, bir yoki ikki o‘ramali. Mevasi bir urug‘li yong‘oqcha yoki qanotli meva. Bu ajdodga keng bargli daraxtli o‘rmonlar hosil qiluvchi va shamol vositasi bilan changlanuvchi muhim daraxtlardan tarkib toptan ikki oila kiradi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling