Qaysi qatorda kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelangan ot+ot shaklidagi
Download 373.97 Kb. Pdf ko'rish
|
@ona tili haydarov b. 2pdf
28. Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda, Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda, Ruhimni bir ma’yuslik, sokinlik uyg‘otganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim. Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim. Qaysi qatorda har bir o‘zbek kitobxoni qalbidan joy olgan ushbu jozibador satrlar muallifi qalamiga mansub bo‘lmagan she’r berilgan? A) “Yurtim shamoli” B) “Yaxshidir achchiq haqiqat” C) “Munojot” ni tinglab” D) “Qo‘riqxona” 29-30- savollar uchun matn. Alisher Navoiy qalamiga mansub “Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak” nomli she’riy parchani o‘qing va quyidagi savollarga javob bering. Debon bergan kishi erdur, va lekin Demay berganga erlik bil musallam. Ne deb, ne bersa bilgil ani xotun, Debon bermasni xotundin dag‘i kam. 29. Ushbu jumlalar ma’nosiga mos kelmaydigan mulohazani toping. A) Uchinchi misrada aytilishicha, jamiyat ahli orasida biror himmat ko‘rsatishdan oldin uni ta’kidlab, urg‘ulab, “yaxshiligini pesh qilib” ko‘rsatadiganlar ham topiladi. Ular xotindan ham pastroq darajada turuvchilardir, deyilgan. B) Muhtoj kishi so‘ramasdan turib ham unga mol beradiganlar bor. Adib ikkinchi misrada shuni aytmoqchi. Ular haqiqiy mard, haqiqiy saxovat egalaridir. C) Birinchi misradan agar kishi bir so‘zni aytsa, so‘ng unga amal qilsa, masalan, boshqalarga biror narsani berish haqidagi so‘zining ustidan chiqsa uni haqiqiy er, erkak deyish mumkinligi anglashiladi. D) Ushbu jumlalarda gap saxovat, saxiylik, qo‘li ochiqlik va baxillik, xasislik, qurumsoqlik haqida boradi. 30. She’riy parcha haqida bildirilgan xato hukmni toping. A) “Demoq”so‘zining barcha misralarda ishtirok etishi iltizom san’atini yuzaga keltirgan. B) Ushbu parchaning sarlavhasida tazod san’ati qo‘llangan. C) “Demoq” so‘zining barcha misralarda ishtirok etishi mukarrir san’atini yuzaga keltirgan. D) Ushbu parcha qit’a janrining go‘zal namunasidir. Download 373.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling