Qaysi qatorda kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelangan ot+ot shaklidagi
Download 373.97 Kb. Pdf ko'rish
|
@ona tili haydarov b. 2pdf
16-, 17-, 18-test topshiriqlari uchun matn. Katta Mushuk dumi bilan …………. mitti Mushukchadan so‘radi: – Nega dumingni quvlayapsan? Mushuk javob berdi: – Bir Mushuk uchun eng asosiy narsa baxt ekanligini, baxt esa dumimdaligini bildim. Dumimni tutganimda, albatta, baxtga erishaman. Shunda katta Mushuk: – Yoshligimda men ham dumimni baxt deb bilardim, keyinchalik shuni anglab yetdimki, uni quvlasam, mendan uzoqlashadi, aksincha, qachon o‘z ishim bilan xotirjam ovora bo‘lib yursam, doimo izimdan ergashadi, – dedi mitti Mushukchaga. 16. Matn mazmuniga mos sarlavha tanlang. A) Mushuklar hayoti B) Baxtga erishish yo‘li C) Baxtli mushuklar D) O‘zaro tortishuv Tahlili: Matn mazmuniga mos sarlavha B javobdagi «Baxtga erishish yo‘li» degan jumladir. Qolgan sarlavhalar matnning umumiy mazmunini jamlay olmaydi. 17. Quyidagilardan matn mazmuniga zid bo‘lgan fikrni tanlang. A) Inson doimo o‘z baxtining ortidan quvishi kerak. B) Katta mushuk asl baxt nimaligini tushunib yetgan. C) Mushukcha o‘z baxtini o‘z dumida deb bilar edi. D) Biz baxt deb bilgan narsa hamisha ham baxt bo‘lib chiqavermaydi. 18. Nuqtalar o‘rnini mos jumla bilan to‘ldiring. A) hazillashayotgan B) quvlayotgan C) o‘ynatayotgan D) o‘ynayotgan 19. Gyotening “Faust” asari tarjimonining qalamiga mansub dostonlar qaysi qatorda berilgan? A) “Nido”, “Orzu chashmasi” B) “Farzand”, “So‘lmas chechaklar” C) “Istanbul fojiasi”, “To‘ylar muborak” D) “Shinelli yillar”, “Mashrab” Tahlili: Gyotening “Faust” asari tarjimoni – Erkin Vohidov. Uning qalamiga mansub dostonlar: “Nido”, “Orzu chashmasi”. Download 373.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling