Qaysi qatorda kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri tobelangan ot+ot shaklidagi


Download 373.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana23.04.2023
Hajmi373.97 Kb.
#1385187
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
@ona tili haydarov b. 2pdf

 
20.“Mening deyarli har bir she’rim 
hayotdagi ma’lum bir voqea, hodisa 
bilan bog‘liq, jo‘nroq qilib aytganda
har birining turtkisi bor. Masalan, 
“Ayol” degan she’rim urushdan 
qaytmagan amakilarimning 
bevalariga bag‘ishlangan. Men 
ularning iztiroblarini ko‘rib, kuzatib 
ulg‘ayganman”.
Ushbu parcha qaysi ijodkor haqida? 
A) O‘tkir Hoshimov 
B) Omon Matjon 
C) Abdulla Oripov 
D) Shavkat Rahmon 
21. Maysalaring shivirlashdi, tizlar 
cho‘kdim, quloq berdim, 
Bilmay bosib chumolini, gunohimga 
so‘roq berdim, 
Vatan ne deb so‘rganlarga bir 
kaftgina tuproq berdim, 
Menga Vatan siyratini, Momo yerim, 
o‘zing berding. 


Ona zamin haqidagi ushbu satrlar 
muallifini aniqlang.  
A) Mahmud Toir 
B) Rauf Parfi 
C) Sirojiddin Sayid 
D) Iqbol Mirzo 
22. Quyidagi adiblarning taxallusini 
to‘g‘ri moslashtiring. 
1) Nihon 
a) A. Qahhor 
2) Hijron 
b) Hamza 
3) Dumbulnisa c) A. Avloniy 
4) Sarimsoq 
d) A. Qodiriy 
A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b 
B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a 
C) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a 
D) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a 
 
23. “…boshida simobi shohi salla, 
ustidan qora movut sirilgan sovsar 
po‘stin, ichida o‘zining Shamayda 
tiktirgani osmoni rang movut kamzul, 
movut shim: oyog‘ida qalapoy abzali, 
belida yorining usta qo‘li bilan 
tikilgan shohi qiyiq... Yuzlar qizil, 
og‘iz irpaygan, ko‘zlar o‘ynab 
allakimni qidiradir”. 
Ushbu parcha bilan bog‘liq to‘g‘ri 
hukmni belgilang. 
A) Ushbu parchada Kumushni 
birinchi bor ko‘rgan Otabekning 
holati tasvirlangan. (“O‘tkan kunlar”) 
B) Ushbu parchada Anvardan birinchi 
oylik maoshni qabul qilib olgan Solih 
Maxdumning holati tasvirlangan. 
(“Mehrobdan chayon”) 
C) Ushbu parchada Akbarali 
mingboshining Zebini birinchi bor 
ko‘rishdagi holati aks etgan. (“Kecha 
va kunduz”) 
D) Ushbu parchada to‘y kuni 
Kumushning yoniga kirib ketayotgan 
Otabekning holati tasvirlangan. 
(“O‘tkan kunlar”) 

Download 373.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling