Qayta ishlash korxonalarining klassifikatsiyasi va loyihalash bosqichlari


Bosh reja o’byektlari va ularni joylashtirish


Download 27.52 Kb.
bet7/7
Sana16.06.2023
Hajmi27.52 Kb.
#1512263
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish 6m21 magistr

Bosh reja o’byektlari va ularni joylashtirish

Bosh rejani loyihalashdan maqsad zavodning barcha qurilish
obyektlarini, ya’ni binolar va inshootlar, temir va boshqa yo'llar, yer
usti va yer osti kommunikatsiyalari, omborlar va ishlab chiqarish
maydonlari, obodonchilik elementlarini yagona ishlab chiqarish
kompleksiga birlashiirishdir. Bosh rejada asosiy ishlab chiqarish va
yordamchi sexlar qurilish maydonlari sharoitlari (reiyefi, sizot suvlarining
mavjudligi, ko‘p esib turadigan ustivor shamollar, tomonijni hisobga
olgan holda joylashtiriladi. Ular orasida zarur bogMiqlik ta’minlanadi.
Korxonaning bosh rejasini ishlab chiqayotganda quyidagi asosiy
holatlarga rioya qilinadi:
1. B inolar va inshootlar shunday kom ponovka qilinishi
(joylashtirilishi) kerakki, sanoat maydoni territoriyasi iloji boricha kichik
(kirib kelish oson va yong‘inga qarshi qoidalarga rioya qilgan holda)
bo'lsin.
2. Asosiy ishlab chiqarish sexlari xomashyo, yarim fabrikat va tayyor
mahsulotlarni tashish yoMIari bir-birini kesib o‘tmaydigan qilib
joylashtirilishi kerak.
3. Xomashyo, yarim fabrikatlar va tayyor mahsulot iloji boricha
yaqinroq yomdan tashiladigan boMsin.
4. Narida quriladigan bino va inshootlar iloji boricha kam boMishi
kerak. Buning uchun ayrim sex va inshootlar bitta binoga joylanadi.
5. Bug‘, havo, elektr energiyasi, suv bilan ta'minlash manbalari ko‘p
iste'mol qilinadigan joyiar yaqinida boMishi kerak. Shuning uchun,
masalan, transformator podstansiya yoki kompressorxona asosiy ishlab
chiqarish sexlari blokida qurilishi lozim. Shunda zavod ichki
kommunikatsiyalari qisqaroq boMadi.
6. Binolar va inshootlar shunday joylanishi talab qilinadiki, yerni
tekislashga oid ishlar iloji boricha kam boMsin. Buning uchun binoning
eng katta o'qi yer gorizontallariga parallel boMishiga intilish kerak.
7. Binolar devorlari to‘g‘ri burchakli tekis konfiguratsiyada boMishi
zarur.
8. Bino o‘qlari parallel va tik, binolaming oldi esa bitta chizmada
yotadigan qilib joylansin.
9. Binolar yong‘inga qanshi texnika sharoitlari va sanitariya talablarini
hisobga olgan holda bir-biriga yaqinroq boMsin.
10. Xomashyo, yoqilg‘i va boshqa changlanadigan, atrofni
ifloslaydigan materiallar omborlari odam yashamaydigan tomondagi
devorga taqalgan territoriyada qurilishi kerak.
11. YoMlar to‘gri, yuk oqimlari bir-biri bilan kesishmaydigan boMishi
lozim. YoMlar bosh rejada iloji boricha qisqaroq, yuklash, bo‘shatish
maydonchalari yo‘lning ikki tomonida boMsin.
12. Kukunsimon va changlanadigan m ateriallar omborlari,
shuningdek, havoni ifloslantiradigan manbalar chang va gazlar, shamolda
ishlab chiqarish maydoni va turar-joy tumanlariga uchib bormaydigan
qilib joylashtirilishi kerak.
13. Omborlar bevosita transport yo‘llariga yondosh bo‘lishi lozim.
14. Zavod territoriyasi to'silgan va kamida ikkita chiqish yo‘li bo‘lishi
lozim (yong‘inga qarshi mulohazalarga ko‘ra). Markaziy kirish yo‘li,
darvoza shunday joylashishi kerakki, ishchilari ko‘p sexlar yoki maishiy
binolarga yaqinroq bo‘lsin.
15. Zavod maydonining hech narsa qurilmagan uchastkalari,
shuningdek, zavod oldi territoriyasini ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zda
tutilishi lozim.
XULOSA
Ushbu fan yuzasidan mustaqil ish tayyorlash jarayonida “Qayta ishlash korxonalarining klassifikatsiyasi va loyihalash bosqichlari” mavzusi yuzasidan ichiga olgan ma’lumotlar keng ommada targ’ib etilayotgani ham dolzarb bo’lib kelmoqda. Korxona lohihalarini ishlab chiqish har qanday korxona va saqlash omborlari uchun muhoim jarayon hisoblanadi. Sababi shundaki korxonalarda qayta ishlanayotgan mevalarni qayta ishlash klassifikatsilayari va sxemalari orqali mahsulotlar o’z egalariga sifatli hamda gigiyena tomonidan ham a’lo darajada yetib boradi. Korxona lohihalarini ishlab chiqishda unga sarflanayotgan materiallar va kerakli jihozlar sifatli bo’lishi zarur. Korxonalarning lohiyasini ishlab chiqilayotganda quyosh nurii ham hisobga olish juda kata ahamiyatga ega hisoblanadi. Shunga yarasha sovutishhamda isitish moslamalarini o’rnatish ham talab qilinadi. Mahsulotlarni qabul qilayotgandagi kerakli texnika va jihozlarni saralab tanlash ham ahamiyatlidir. Qurilayotgan ishootlarni balandligi va uzunligi ham ahamiyatga ega ekanligi alohida muhim rol o’ynaydi.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Bin ova inshootlar konstruksiyasi “Voris nashriyoti” MCHJ Toshkent – 2010

  2. Korxonalarda qurilish konstroksiyalarini tayyorlashni loyihalash H.Bekchanov S.Sultanova Toshkent – 2023

  3. WWW.google.com

  4. WWW.agro.uz

  5. WWW.agrofin.uz

  6. WWW.qxjurnal.uz

  7. WWW.advice.uz

  8. WWW.bvir.uz

  9. WWW.lex.uz

Download 27.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling