Qayta tayyorlash va malaka oshirish


Tinglovchilar kontingentini shakllantirish hamda ularni qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga qabul qilish


Download 119.18 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi119.18 Kb.
#1534279
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TINGLOVCHILARGA ERLATMA

Tinglovchilar kontingentini shakllantirish hamda ularni qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga qabul qilish
Tinglovchilar kontingenti OO‘MTVning 2022 yil 21 dekabrdagi 409-sonli buyrug‘iga asosan shakllantiriladi.
Tinglovchilarning hujjatlari mashg‘ulotlar boshlanishining 1 kunida qabul qilinadi.
Malaka oshirish tinglovchisi sifatida talabgorlar Bosh ilmiy-metodik markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
- malaka oshirish kursiga yuborilganligi to‘g‘risidagi oliy ta’lim muassasasining bo‘yrug‘idan ko‘chirma;
- ma’lumotnoma;
- ob’ektivka;
- pasport nusxasi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga tinglovchilarni qabul qilish to‘g‘risidagi buyruq kurslar boshlanishi sanasidan 3 kun mobaynida rasmiylashtiriladi.
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari boshlanganidan keyin uch kun mobaynida kelmagan tinglovchilar, kelmaslikning sabablaridan qatiy nazar, kurslarga qo‘yilmaydi.
Tinglovchining qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga o‘z vaqtida kelmaganlikning hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sababalari bo‘lganda ularga o‘qishning tegishli yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha keyingi kurslarda qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan o‘tish huquqi beriladi.


Tinglovchilarning o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish
Tinglovchilarning o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi 797-sonli Qarori 1-ilovasi bilan tasdilangan “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi, tartibga solinadi.
Auditoriyada o‘tkaziladigan barcha mashg‘ulotlar turlari 80 daqiqa davom etadi, o‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus 10 daqiqani tashkil etadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) malaka oshirish davrida uzrsiz sabablar bilan
18 soat va undan ko‘p miqdorda mashg‘ulotlarga qatnashmaganligi uchun kurslarning tinglovchilari qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan tinglovchilar safidan chiqariladi va bu haqdagi axborot O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga, shuningdek tinglovchining asosiy ish joyiga yuboriladi.
Mashg‘ulotlarda qatnashmaganligi uchun kurslardan chetlashtirilgan tinglovchilar attestatsiyadan o‘tmagan deb hisoblanadi.
Hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablarga ko‘ra 18 soat va undan ko‘p hajmda mashg‘ulotlarda qatnashmagan tinglovchilar safdan chiqariladi va ularga navbatdagi kurslarda ishtirok etishlariga ruxsat beriladi.

Download 119.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling