Malakaviy amaliyot – mustaqil malaka oshirish davrida rahbarlar asosiy ish joyi bo‘yicha malakaviy amaliyotdan o‘tadilar. Malakaviy amaliyot davrida rahbar asosiy ish joyi bo‘yicha ta’lim menejmenti va boshqaruv strategiyasi sohasidagi mavjud ish tajribasini tahlil qiladi hamda sohasidagi islohotlarning samaradorligini ta’minlash maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlari bo‘yicha o‘z Harakatlar dasturini ishlab chiqadi va yakunda attestatsiya komissiyasiga taqdim qiladi.
Kirish testi – markaz xodimlari tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining 1-3 kunlarida on line shaklida o‘tkaziladi. Kirish test sinovlarida har bir tinglovchiga 100 tadan savollar beriladi hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishi doirasidagi dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalari tashhis etiladi.
Kasbiy, o‘quv-metodik va ilmiy-metodik faoliyat, shu jumladan elektron portfolio tizimi bo‘yicha natijalar – tinglovchining oxirgi uch yillikdagi erishgan kasbiy, o‘quv-metodik va ilmiy-metodik faoliyat sohasi (mustaqil va muqobil malaka oshirish shakllari)ga oid natijalari bo‘yicha elektron portfolio tizimiga kiritgan ma’lumotlari asosida shakllantiriladi. Tinglovchilarning kasbiy, o‘quv-metodik va ilmiy-metodik faoliyati natijalari ularning mutaxassislik bo‘yicha mustaqil malaka oshirish faoliyati natijasining 3/10 nisbatida ya’ni 30 ballik tizimda baholanadi (jadvalga qarang).
Kursni tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlari – markaz xodimlari tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi oxirida onlayn shaklida o‘tkaziladi. Onlayn test sinovlarida har bir tinglovchiga 100 tadan savollar beriladi va 50 ballik tizimda baholanadi. Test savollari qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi o‘quv rejasidagi har bir modul mazmunini qamrab olgan holda tayyorlanadi.
Bitiruv ishi himoyasi - qayta tayyorlash va malaka oshirish kursining yakunida attestatsiya komissiyalari ishtirokida o‘tkaziladi.
Tinglovchilarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv faoliyati reyting tizimi asosida nazorat qilinib boriladi. Bunda ballar taqsimoti quyidagicha belgilanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |