Qayta tayyorlash va malaka oshirish
Download 119.18 Kb.
|
TINGLOVCHILARGA ERLATMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakuniy nazorat – 80 ball
- 80 ball
- Mezonlar
- Matematika” qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi yo‘nalishi bo‘yicha bitiruv ishini bajarish bo‘yicha talablar
- 1-ilova Titul varag‘i (A-4 formatda) O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
- Matematika” yo‘nalishi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchisi _________________________________________________
- Ilmiy rahbar: __________________________________ (F.I.Sh.) Toshkent shaxri
Attestatsiya (bitiruv (loyiha) ishini himoya)ga yakuniy nazorat uchun ajratilgan jami 80 ballning kamida 56 foizi (44,8 ball)ni to‘plagan tinglovchilar kiritiladi. Attestatsiya komissiyasi quyida keltirilgan mezonlarga rioya qilgan holda tinglovchilarning bitiruv (loyiha) ishini baholaydi:
Attestatsiya (bitiruv ishining himoyasi)dan o‘tish balli jami ajratilgan 20 ballning kamida 56 foizi ya’ni 11,2 ball etib belgilanadi. Tinglovchi attestatsiyadan o‘tgan deb hisoblanishi uchun uning ko‘rsatkichlari yakuniy nazorat uchun hamda atestatsiya uchun ajratilgan ballarning har biri bo‘yicha 56 foizidan kam bo‘lmasligi shart. Qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgan va Attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan kurs tinglovchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi PF-4732-son Farmoni 3-ilovasi bilan tasdiqlangan davlat namunasidagi malaka attestati beriladi. “Matematika” qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi yo‘nalishi bo‘yicha bitiruv ishini bajarish bo‘yicha talablar: Bitiruv ishlari OO‘MTVning 2017 yil 5 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida tayyorlanadi. 1. Bitiruv ishi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi kerak: titul varaq (namunasi ilovada keltirilgan); ikki tilda (o‘qitish tili va ingliz tilida) bitiruv (loyiha) ishining qisqacha annotatsiyasi; mundarija; kirish; asosiy qism; xulosa; adabiyotlar ro‘yxati; ilovalar (mavjud bo‘lsa). 2. Bitiruv ishining kirish qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi va uning asoslanishi; bitiruv ishining ob’ekti va predmeti; bitiruv ishining maqsadi va vazifalari; bitiruv ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha o‘zaro tahlili; bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati; bitiruv ishi tuzilmasining tavsifi. 3. Bitiruv ishining asosiy qismi kamida ikki bobdan iborat bo‘lib, boblar hajm jihatidan o‘zaro mutanosib bo‘lishi va quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim: Bitiruv ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar va ilg‘or xorijiy tajribalarning qiyosiy tahlili; Bitiruv ishining amaliy qismi bayoni. 4. Bitiruv ishining xulosa qismida mavzu bo‘yicha umumlashtirilgan xulosa, fikr, taklif hamda tavsiyalar qisqa va aniq ko‘rsatiladi. 5. Bitiruv ishiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur bo‘lgan, mavzuga doir qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi mumkin. 6. Bitiruv ishini tayyorlashda mualliflikni o‘zlashtirishga (plagiatga) yo‘l qo‘ymaydi. 7. Bitiruv ishi matni standart varaqda yozilgan bo‘lib, unda quyidagi qoidalarga rioya etilgan bo‘lishi lozim: qatorlar oralig‘i — 1,5 sm; yuqori va pastki hoshiya 2 sm, satr boshi: chap tomondan 3 sm, o‘ng tomondan 2 sm; xatboshilar orasidagi oraliq — 5 yoki 6 belgili. Bitiruv (loyiha) ishi matnini Misrosoft Word matnli redaktorida Times New Roman shriftida yozish tavsiya etiladi. 8. Bitiruv ishining hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashqari 40 sahifadan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. 9. Bitiruv ishi tinglovchi o‘qigan tilda, shuningdek, tinglovchining istagi asosida profil kafedra yoki markaz tavsiyasiga muvofiq chet tilida tayyorlanishi mumkin. Chet tilida tayyorlangan bitiruv ishiga o‘zbek tilida yozilgan annotatsiya ilova etiladi. 10. Foydalanilgan adabiyotlarni rasmiylashtirish qo‘yidagi tartibda amalga oshiriladi. I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari II. Normativ-huquqiy hujjatlar III. Maxsus adabiyotlar IV. Elektron ta’lim resurslari 1-ilova Titul varag‘i (A-4 formatda) O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYoRLASh VA ULARNING MALAKASINI OShIRISh TARMOQ (MINTAQAVIY) MARKAZI
“Matematika” yo‘nalishi qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchisi _________________________________________________ _______________________________________________________________ning (mavzu nomi) mavzusidagi BITIRUV IShI Ilmiy rahbar: __________________________________ (F.I.Sh.) Toshkent shaxri Download 119.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling