Qayta tayyorlash va malaka oshirish


Download 119.18 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi119.18 Kb.
#1534279
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TINGLOVCHILARGA ERLATMA




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI
OSHIRISH TARMOQ (MINTAQAVIY) MARKAZI

QAYTA TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISH”


YO‘NALISHI BO‘YICHA KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH KURSI TINGLOVCHILARIGA


E S L A T M A


Toshkent-2023
Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibi

Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi 797-sonli Qarori bilan tasdilangan “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida tashkil etiladi.


Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


mutaxassislik bo‘yicha mustaqil malaka oshirish;
muqobil malaka oshirish;
ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida bevosita o‘qish.


Mutaxassislik bo‘yicha mustaqil malaka oshirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ochiq o‘quv mashg‘ulotlari va mahorat darslarini tashkil etish;
iqtidorli va iste’dodli talabalar bilan ishlash;
ilmiy konferensiyalarda ma’ruza bilan qatnashish;
ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish;
ko‘rgazma va tanlovlarda ishtirok etish;
ilmiy loyihalarda ishtirok etish;
xalqaro (impakt-faktorli) nashrlarda maqolalar e’lon qilish;
ixtiro (patent), ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarga mualliflik qilish;
monografiya, mualliflik ijodiy ishlar katalogini tayyorlash va nashrdan chiqarish;
o‘quv adabiyotlari (darslik, o‘quv qo‘llanma, metodik qo‘llanma)ni tayyorlash va nashrdan chiqarish;
falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun himoya qilingan dissertatsiyaga ilmiy rahbarlik qilish.

Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malaka oshirish shakllari bo‘yicha so‘nggi uch yildagi ma’lumotlari elektron portfolio tizimiga shaxsan rahbar va pedagogning o‘zi tomonidan kiritiladi.


Mutaxassislik bo‘yicha mustaqil malaka oshirish shakllari bo‘yicha rahbar va pedagog kadrlarning faoliyatini baholash quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi.




Download 119.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling