Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

T-jadval 
Ijobiy sifat
Salbiy sifat 
 
 


43 
 
1
2

4 5 
 
 
 
 
Ko‘rsatma; Qog‘ozga chizilgan 5-ta geometrik shakllarga qarang 
(kvadrat, uchburchak, doira, zigzak, to‘rtburchak). Mazkur shakllardan 
birini tanlang (faraz qiling bu shakl Siz!). O‘z shaklingizni his qilishga 
harakat qiling. Agar bunga qiynalsangiz, sizni ko‘proq qiziqtirgan shaklni 
tanlang va uning nomini birinchi yozing. Endi qolgan shakllarni 
yoqtirganingiz darajasiga asosan tartib bilan yozib chiqing. 
Demak, ishning eng qiyin qismi tugadi. Sizning sub’ektiv tanlagan
asosiy shaklingiz xarakter xususiyatlaringiz va xatti-harakatlaringiz 
mohiyatini aniqlash imkonini beradi. Boshqa shakllar esa doimiy 
sifatlaringiz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘ldiradi. Oxirgi shakl o‘zaro 
munosabatlar siz uchun og‘ir kechadigan kishilar tipiga tegishli. Birorta 
ham shakl sizga yoqmasligi, yoki to‘g‘ri kelmasligi ham mumkin. Shunda 
sizning shaxs xususiyatlaringizni ikki, hatto uchta shakl guruhlari asosida 
izohlashga to‘g‘ri keladi. 
 
Kvadrat 
Kvadratlar eng avvalo o‘zlarining mehnatsevarligi, sabr, toqat bilan 
boshlagan ishni oxiriga еtkazish xususiyatlari bilan ajralib turadilar. Sabr-
bardoshlilik, chidam kvadratni o‘z sohasining usta mutaxassisi bo‘lib 
еtishishiga olib keladi. Yangi informatsiyaga (axborotga) bo‘lgan 
ehtiyojning yuqoriligi ham bunga yordam beradi. Kvadratlar har xil 
ma’lumotlarni to‘plab yuradilar, ularni tartibga solib, sistemalashtiradilar, 
shuning uchun ular zarur informatsiyani darhol topib berishlari mumkin.
Darhaqiqat kvadratlar o‘z sohasiga tegishli ma’lumotlar manbai 
hisoblanadilar. Ularning yana bir kuchli tomonlari, fikriy tahlil 
hisoblanadi. Agar siz o‘zingiz uchun kvadratni tanlagan bo‘lsangiz, sizda 
chap yarim sharlar faolroq hisoblanadi, ya’ni sizda informatsiyani ketma-
ket tartib bilan qayta ishlash izchil a-b-v-g va h.k. tarzda kechadi. 
Kvadratlar natijani taxminan emas, aniq hisoblaydilar. Ular hodisa va 
voqealarga juda e’tiborli. Tartib, intizomni xush ko‘radilar. Kvadratlar 
rejali, aniq maqsadli hayotni yoqtiradilar, voqealarning odatiy kechishidagi 
o‘zgarishlarni yoqtirmaydilar. Ular doimo odamlar va atrofidagi narsalarni 
tashkillashtiradilar (tartibga soladilar). Bu xususiyatlar kvadratlarni yaxshi 


44 
ish yurituvchi, ijrochi bo‘lishlarini ta’minlaydi. Lekin afsuski ulardan 
yaxshi ish beruvchi, menedjer chiqishi qiyinroq. O‘ta mayda-chuydalarga 
e’tibor, aniqlik kiritish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar asosida qaror qabul 
qilish, ularning tezkorligini susaytiradi. O‘ta tartiblilik, qonun-qoidaga 
aniq rioya qilish ularda o‘ta kuchlidir. Qaror qabul qilishda ayniqsa, 
tavakkal ish tuta olmaydilar. 
Kvadratlardagi sovuqqonlik, hissiyotga berilmaslik, aniqlilik har xil 
odamlar bilan aloqada bo‘lishini qiyinlashtiradi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling