Qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pulatov jamshid abdumajitovich sportchilarni


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/90
Sana23.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1048398
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90
Bog'liq
Jismoniy

 
"Aqliy hujum" usuli. 
Trening jarayonida eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biri "Aqliy 
hujum" deyiladi. Bu shunday usulki, muhokama qilinayotgan mavzu 
yuzasidan har bir ishtirokchi o‘z fikrini bildirishi shart va trener har bir 
javob variantlarini e’tirozsiz va e’tibor bilan qabul qilishi lozim. 
Bunda muhimi bildirilayotgan fikrga baho berish emas, balki ularning 
hammasini qabul qilish va har bir ishtirokchi aytayotgan fikrni doska yoki 
fitgart qog‘ozga yozib borishdir. Aynan shu usuldan treninglarda juda ko‘p 


71 
foydalaniladi. Chunki bu usul ishtirokchilarning o‘z mustaqil fikrlarini 
bildira olishning eng yaxshi yo‘lidir. Bu usuldan trening boshida 
foydalanish maqsadga muvofiq. Ayniqsa, guruh kayfiyatini bilish, ularning 
bilim darajasini aniqlab olish va treningdan nima kutayotganliklarini bilib 
olishda bu — eng qulay usul hisoblanadi. aqliy hujum natijasida olingan 
ma’lumotlar guruh bilan olib boriladigan keyingi ishlar uchun yo‘llanma 
bo‘lishi mumkin. 
Aqliy hujum usulining foydali tomonlari quyidagilarda namoyon 
bo‘ladi: 
 nozik va munozarali savollarni muhokama qilishda; 
 o‘ziga ishonmaydigan ishtirokchilarni munozaraga tortish va ularni 
qiziqtirish uchun (bu ishtirokchini albatta rag‘batlantirish shart); 
 qisqa vaqt mobaynida ko‘proq fikr yig‘ish uchun bu usul juda qo‘l 
keladi. 
 
"Aqliy hujum" bosqichlari. 
Fikriy hujum quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lishi lozim: 
1. Trener "Aqliy hujum" mavzusini taqdim qiladi. 
2. Taqdim qilingan mavzu yuzasidan fikr, mulohaza va takliflarni 
bildirish uchun ishtirokchilarga imkon beriladi. 
3. Bildirilgan barcha fikr, mulohazalar maxsus qog‘oz yoki doskaga yozib 
boriladi. 
4. Muhokama yakunida guruhda turli fikrlilikdan yagona fikrga kelinadi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling