Bilimga intilishning rivojlanishi-maktabgacha ta`lim tashkiloti pedagogi ishining eng an`anaviy, ishlab chiqilgan yo`nalishidir.
U o`z ichiga bolaning tushunishi, axborotni qabul qilish, qayta ishlash va undan foyadalanish aqliy ko`nikmalarni o`z ichiga oladi. Shuninhgdek, aqliy faoliyat turlari bo`lgan axborotni aniqlash, sharxlash (interpritatsiya), turlarga ajratish, sinflarga bo`lish, esda saqlashni ham o`z ichiga oladi.
Maktabgacha ta`lim davri davomida qabul qilish, diqqat, yodda saqlash, fikrlashga tubdan o`zgarishlar bo`lib, bu jarayonlar ixtiyorsizdan, o`z ixtiyori bilan, o`ylab qilinadiganga aylanadi. Bola oldida eslab qolish, ajrata bilish, diqqat-e`tibor berish kabi ongli maqsad turadi.Atrofidagi insonlar bilan to`g`ri muloqot sharoitida bola bu maqsadga faol erishishga o`rganadi.
“ Bilish jarayonining rivojlanishi sohasi ” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
Elementar matematik malakalar
Intellektual-anglash malakalari
Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat
KICHIK SOHA:INTELLEKTUAL-ANGLASH MALAKALARI
1-ilova: Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan talab
T alab:Bola qiziquvchan, intiluvchan, faol, bilishga qiziqish bildiradi va unga ehtiyoji mavjud
2-ilova: Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan talab
Talab: Bola qiziquvchan, intiluvchan, faol, bilishga qiziqish bildiradi va unga ehtiyoji mavjud
KICHIK SOHA:ELEMENTAR MATEMATIK MALAKALAR
1-ilova: Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan talab
Talab: Bola boshlang‘ich matematik malakalarga ega
Do'stlaringiz bilan baham: |