Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘G‘risida


-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat


Download 488.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana26.06.2023
Hajmi488.34 Kb.
#1656050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O‘RQ-539 21.05.2019

10-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat 
tashkilotlarining 
hamda 
fuqarolarning 
qayta 
tiklanuvchi 
energiya 
manbalaridan 
foydalanishga doir tadbirlardagi ishtiroki 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda 
fuqarolar: 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini va 
boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishga 
ko‘maklashishi; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida jamoatchilik nazoratini 
amalga oshirishi mumkin. 
11-modda. 
Qayta 
tiklanuvchi 
energiya 
manbalaridan 
energiya 
ishlab 
chiqaruvchilarning va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab 
chiqaruvchilarning huquqlari 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar va qayta 
tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar o‘z vakolatlari doirasida 
quyidagi huquqlarga ega: 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini va 
boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi soliq, bojxonaga oid hamda 
boshqa imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanish; 
lokal tarmoqni (elektr, issiqlik va (yoki) gaz tarmog‘ini) yaratish; 
lokal tarmoq (elektr, issiqlik va (yoki) gaz tarmog‘i) orqali yetkazib beriladigan qayta 
tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan elektr, issiqlik energiyasi va (yoki) biogazni 
realizatsiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish. 



Download 488.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling