Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘G‘risida


Download 488.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana26.06.2023
Hajmi488.34 Kb.
#1656050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
O‘RQ-539 21.05.2019

12-modda. 
Qayta 
tiklanuvchi 
energiya 
manbalaridan 
energiya 
ishlab 
chiqaruvchilarning va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini ishlab 
chiqaruvchilarning majburiyatlari 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar va qayta 
tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga 
rioya etishi; 
(12-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqarish va qayta tiklanuvchi 
energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqarish chog‘ida qayta tiklanuvchi energiya 
manbalaridan foydalanish sohasidagi texnik reglamentlarga, normalar va qoidalarga rioya etishi; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyaning alohida hisobini 
yuritishi shart. 
3-bob. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini davlat tomonidan 
qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish
13-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlash 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar, qayta tiklanuvchi 
energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek qayta tiklanuvchi energiya 
manbalaridan foydalanish sohasida investitsion, ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchilar 
uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida davlat tomonidan quyidagicha qo‘llab-quvvatlash 
amalga oshiriladi: 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida soliq, bojxonaga oid hamda 
boshqa imtiyozlar va preferensiyalar belgilash; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida innovatsion texnologiyalar 
yaratish va ularni qo‘llashga ko‘maklashish; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining yagona elektr energetikasi tizimiga 
kafolatli ulanishini ta’minlash; 
elektr energiyasining yagona xaridori va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan 
kelishilgan holda hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan 
energiya ishlab chiqaruvchilardan elektr energiyasini xarid qilish uchun shartnomalar tuzish huquqini 
berish. 
Foydalanilishi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini 
salmoqli tarzda oshiradigan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini import qilish 
chog‘ida yuridik va jismoniy shaxslarga soliqlar hamda bojxona bojlariga doir imtiyozlar berilishi 
mumkin. 

Download 488.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling