17-modda. Biogazni ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari
Biogaz
mahsulotlarning, chiqindilarning hamda kelib chiqishi o‘simlik va hayvonotga
mansub
qoldiqlarning, sanoat va kommunal-maishiy chiqindilarning biologik jihatdan
parchalanadigan moddalardan iborat bo‘lgan biomassasidan ishlab chiqariladi.
Biomassadan shaxsiy ehtiyojlar uchun biogaz
ishlab chiqarilgan taqdirda, ruxsat beruvchi
hujjatlar olish talab etilmaydi.
Biomassadan biogaz ishlab chiqaruvchilarga qayta tiklanuvchi energiya manbalarining
qurilmalarini hududiy va magistral gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
Lokal gaz tarmog‘ini barpo etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini
unga ulash biomassadan biogaz ishlab chiqaruvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Biogaz iste’molchilarini biomassadan biogaz ishlab chiqaruvchilarning lokal gaz tarmog‘iga
ulash shartnoma shartlari asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: