Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘G‘risida


-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan elektr


Download 488.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana26.06.2023
Hajmi488.34 Kb.
#1656050
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O‘RQ-539 21.05.2019

20-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan elektr 
energiyasiga doir tariflar 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan elektr energiyasiga doir 
tariflar tanlov savdolari asosida belgilanadi. 


Yakuniy iste’molchilar uchun elektr energiyasiga doir tariflarni shakllantirishda barcha 
ishlab chiqarish manbalaridan, shu jumladan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr 
energiyasini xarid qilish bo‘yicha barcha xarajatlar hisobga olinadi. 
6-bob. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan 
tartibga solish, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va ushbu sohadagi talablar
21-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida texnik 
jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida texnik jihatdan tartibga 
solish, standartlashtirish va muvofiqlikni baholash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. 
(21-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
“Texnik jihatdan tartibga solish sohasida”gi 
Qonuni

Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiya va ishlab 
chiqariladigan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari sertifikatlashtirilishi lozim, 
bundan shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalaniladigan shunday energiya va qurilmalar mustasno. 
22-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi talablar 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi faoliyat ushbu sohadagi 
texnik reglamentlar, normalar va qoidalarga, ekologik, sanitariya, shaharsozlik normalari va 
qoidalariga, ishlarni xavfsiz yuritish talablariga rioya etgan holda amalga oshirilishi kerak. 

Download 488.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling