Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘G‘risida


-bob. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida davlat hisobi, elektr


Download 488.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana26.06.2023
Hajmi488.34 Kb.
#1656050
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O‘RQ-539 21.05.2019

5-bob. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida davlat hisobi, elektr 
energiyasining tariflari 
18-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari resurslarining davlat hisobi 
Maxsus vakolatli davlat organi aholining va birinchi navbatda markazlashtirilgan energiya 
ta’minoti tizimlaridan uzoqda joylashgan hududlarning energetikaga oid hamda ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarini hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududidagi qayta tiklanuvchi energiya 
manbalari resurslarining davlat hisobini amalga oshiradi. 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari resurslarining davlat hisobini yuritish tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
19-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan 
energiyaning va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobi 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyaning va qayta 
tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobi maxsus vakolatli davlat organi 
tomonidan yuritiladi. 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan 
energiyaning butun hajmi hisobga olinishi shart. 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyaning va qayta 
tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobi quyidagi maqsadlarda amalga 
oshiriladi: 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan 
energiyaning hisobi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining soni aniqligini
to‘g‘riligini ta’minlash; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining energetik salohiyatini va ulardan foydalanish 
samaradorligini baholash; 
manfaatdor shaxslarni qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish istiqbollari 
to‘g‘risida xabardor qilish va investitsiyalarni jalb etish. 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqariladigan energiyaning va qayta 
tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining davlat hisobi qayta tiklanuvchi energiya 
manbalarining qurilmalarini joylashtirishning aniq va ehtimol tutilgan maydonchalari to‘g‘risidagi, 
shuningdek 
qayta 
tiklanuvchi 
energiya 
manbalaridan 
energiya 
ishlab 
chiqaruvchilar, 
foydalaniladigan qayta tiklanuvchi energiya manbalari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari 
qurilmalarining quvvati haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 

Download 488.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling