Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘G‘risida


-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qayta tiklanuvchi energiya


Download 488.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana26.06.2023
Hajmi488.34 Kb.
#1656050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
O‘RQ-539 21.05.2019

8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qayta tiklanuvchi energiya 
manbalaridan foydalanish sohasidagi vakolatlari 
Mahalliy davlat hokimiyati organlari: 


qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini va 
boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab 
chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida energiya jihatidan samarador, 
energiyani tejovchi va innovatsion zamonaviy texnologiyalarning yaratilishi hamda joriy etilishiga, 
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarining ishlab chiqarilishini tashkil etishga 
ko‘maklashadi; 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchilar va qayta tiklanuvchi 
energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qiladi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joylashtirish uchun yer uchastkalarining 
berilishini ta’minlaydi. 
(8-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi O‘RQ-775-sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 
Qonuni

9-modda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasidagi ilmiy-
texnikaviy va innovatsion ta’minot 
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqarishni, shuningdek 
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni ilmiy-texnikaviy hamda innovatsion jihatdan 
ta’minlash davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 

Download 488.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling