Qayumov karimjon


Download 13.36 Kb.
bet3/5
Sana15.06.2023
Hajmi13.36 Kb.
#1482117
1   2   3   4   5
Bog'liq
Презентация1

QON PLASTINKALARI

  • Qon plastinkalari (trombotsitlar) diametri 2-5 mkm bo`lgan oval shaklidagi plazmatik tuzilmalardir. Ko‘mikda va taloqda gigant hujayralar – megakariotsitlardan hosil bo`ladi. Trombotsitlarning soni 1 mm3 qonda 200-400 ming. Ovqat hazm qilish, jismoniy ish bajarish, homiladorlik trombotsitlar sonini oshiradi. Kunduzi qonda trombotsitlar soni tundagidan ko‘p bo`ladi. Qon ivish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Tomirlarni toraytiruvchi modda – serotonin, tomirlarni kengaytiruvchi modda – gistamin trombotsitlarda sezilarli miqdorda topiladi.

QON OQISHNING TO’XTASHI (GEMOSTAZ)

  • Qonning ivishi – suyuq holatdan jelesimon lahtaga aylanishi organizmning qon yo‘qotishga to‘sqinlik qiladigan muhim biologik himoya reaksiyasidir. Sog‘lom odamda mayda qon tomirlar jarohatlanganda qon oqishi 1-3 minutda to‘xtaydi. Bu birlamchi gemostaz bo`lib, uning quyidagi bosqichlari tafovut qilinadi: 1) shikastlangan tomirlarning reflektor torayishi (spazm). Qon tomirlarning torayishini serotonin va katexolarninlar ta‘minlaydi. 2) trombotsitlar adgeziyasi, ya‘ni manfiy zaryadga ega trombotsitlarning shikastlanish natijasida zaryadi musbat bo`lib qolgan qon tomir devoriga yopishishi. 3) tormbotsitlarning qaytar agregatsiyasi. Bunda hosil bo`lgan trombotsitar tromb o‘zidan qon plazmasini o‘tkazib yuboradi lekin shaklli elementlarni o‘tkazmaydi. 4) trombotsitlarning qaytmas agregatsiyasi. Endi tormb qon shaklli elementlarini ham plazmani ham o‘tkazmaydi. 5) lahta retraksiyasi.

QON IVISH JARAYONI ASOSLARI

  • A.Shmidt va P.Morovis asos solishgan, hozir hamma e‘tirof qilgan qon ivish nazariyasi fermentativ nazariya, deyiladi. Bu nazariyaga ko‘ra, plazmada erigan fibrinogen trombin fermenti ta‘sirida erimaydigan fibringa aylanadi. Fibrin ipsimon strukturaga ega bo`ladi. Ikkilarnchi gemostaz bbesh bosqichga bo`linadi. Birinchi bosqich – tromboplastin hosil bo`lishi bosqichi. Tromboplastin deganda qonning protrombinni trombinga aylantiradigan fermentativ faolligini tushunish kerak. ―Tromboplastin‖ so‘zi o‘rniga ―Trombokinaza‖ atamasi ham ishlatiladi. Tomirda yurgan qonda tromboplastin bo`lmaydi. U qon plastinkalari parchalanganda (qon tromboplastini) yoki to‘qimalar shikastlanganda (to‘qima tromboplastini) ajraladigan yog‘simon (lipid) omil va plazma omillari ishtirokida hosil bo`ladi

Download 13.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling