Qazib olish tizimi
Rudani magazinlab qazib olish tizimi
Download 16.62 Kb.
|
Қазиб олиш тизими uz-assistant.uz
2.3 Rudani magazinlab qazib olish tizimi
Magazinlab qazib olish tizimning qo‘llanish sharoiti va mohiyati Bu tizimni boshqa tizimlardan farq qiladigan asosiy xususiyati shundan iboratki, blokdagi qazilgan bo‘shliq qazish jarayonida massivdan ajratib olingan ruda massasi bilan to‘ldiriladi. Ular massivdagi holatiga nisbatan katta hajmdagi joyni egallaydi. Shuning uchun massivdan ajratib olingan rudaning 30% ga yaqini yuk tashiladigan gorizontdagi shtrekga chiqarib turiladi, ship bilan massivdan ajratib olingan ruda massasi o‘rtasidagi balandlik 2 m ga yaqin bo‘shliqdan iborat bo‘ladi. Blokdagi ruda zaxirasini to‘laligicha qulatib bo‘linganidan so‘ng, rudaning hammasi blokdan chiqariladi. Hosil bo‘lgan bo‘shliq odatda ochiq qoldiriladi, juda kam hollarda to‘ldiruvchi materiallar bilan to‘ldiriladi yoki ship jinslarini yalpi qulatib bo‘shliqni to‘ldiradi. Qazilgan bo‘shliqni ochiq qoldirib, qazib olish tizimidagi kabi yondosh jinslarning turg‘unligini taʼminlash uchun qavatlar va bloklararo seliklar va rudasiz uchastkalar qoldiriladi. Blokni qazib olish jarayonida massivdan ajratib olingan ruda, yondosh jinslarni qatlamlanib ko‘chishiga to‘sqinlik qiladi. Massivdan ajratib olingan ruda, kavjoyda ishchilar uchun turadigan joy-asos vazifasini bajaradi. Magazinlab qazish tizimi ruda va yondosh jinslar mahkam, turg‘un bo‘lgan holatda qo‘llaniladi. massivdan ajratib oligan ruda zichlashib qolmasligi, oksidlanmasligi va o‘z-o‘zidan yonmasligi kerak. Ruda tanasining og‘ish burchagi 55-600 dan kam bo‘lmasligi shart. Bu tizim tikka yaqin burchak bilan joylashgan, qalinligi 0,5 m dan 5 m gacha bo‘lgan, tomirli ruda konlarini qazib olishda keng qo‘llaniladi. Rudaning qimmati faqat variantlarni tanlashga taʼsir etadi: qimmatbaho rudalarni qazib olishda foydali qazilma nobudgarchiligi miqdorini kamaytirish uchun qavatlar va bloklar aro seliklar tirgak mustahkamlagichlar bilan almashtiriladi. Tomirli konlarni qazib olishda, magazinlab qazib olish tizimi MDH davlatlarida 50% ga yaqinni tashkil etadi. Bu tizim, tomirli konlarni qazib olishda AQSH, Kanada, Xitoy Xalq Respublikasi, Germaniya, Bolgariya va boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalgan qazib olish tizimlaridan biridir. Rudani qo‘porib olish usuli bo‘yicha bu tizim uch guruhga bo‘linadi: -magazindagi rudani shpurlab qulatish; -maxsus lahimdan turib qo‘porib qulatish; - rudani chuqur skvajinalar qo‘llab qulatish. Ko‘proq xilma-xillikligiga, birinchi guruh tizimlari kiradi, bunda magazinni hosil qilish usuli va shakli bo‘yicha ikkita turga ajratish mumkin: qo‘porilgan rudani to‘liq magazinlab, qazilgan bo‘shliqni qavat yoki blok balandligi bo‘yicha to‘ldirish; qo‘porilgan ruda bilan qavatni yoki blokni bir qismi to‘ldiriladi (qatlam, qavat osti). Ikkinchi guruh magazinlash va qazilgan bo‘shliqni ochiq qoldirib qazib olish tizimi oralig‘idagi o‘tuvchi guruh bo‘lib, ularning qaysi bir guruhga bo‘lsa ham baʼzi elementlarni hisobga olgan holda kiritish mumkin. Kon-geologik sharoit va mavjud qazish tizimlarini taqqoslash usuli orqali Chodak koni sharoiti uchun «magazin” qazish tizimi joriy etilgan. Bu tizimning asosiy mohiyati quyidagilardan iborat: Maʼdan tanasi gorizontlarga, gorizontlar esa bloklarga maʼlum o‘lchamlarda bo‘linadi. Gorizontlar oralig‘i (shamollatish shtreki bilan tashish shtreki oralig‘idagi vertikal balandlik) 40-60m, gorizontlar bloklarga bo‘linib ularni har birini uzunligi ham 40-60m ni tashkil topadi. Bu o‘lchamlarning optimalligi ko‘p yillik tajribalar orqali tasdiqlangan .
Download 16.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling