Qdu tabiatshunoslik va geografiya fakulteti biologiya yo’nalishi 1-kurs 11-guruh talabasi


Download 2.35 Mb.
bet1/2
Sana16.07.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1660657
  1   2
Bog'liq
vitaminlar va ularning organizim uchun ahamiyati 1

  • BT-22 ⁄41 grux talabasi Rahmonberdiyeva Arofatxonning Yosh anatomiyasi fanidan “Vitaminlar va ularning organizm uchun ahamaiyati” mavzusida tayyorlagan slaydi
  •  
  • Reja:
  •  
  •  
  •  1 VITAMINLAR VA ULARNING KIMYOVIY TUZILISHI
  • 2 VITAMINLARNING INSON ORGANIZMIGA TA”SIRI
  • 3 VITAMIN VA ULARNING XILMA- XILLIGI
  • Inson kundalik hayotida turli xil narsalarni iste’mol qilishi mumkin. Uning tarkibida esa turli xil moddalar va vitaminlar mavjud. Inson organizmi uchun A, B, B1, B2, B6, B12, C, D, PP, K vitaminlari nihoyatda zarurdir. Ularning ta’siri inson organizmi faoliyatida juda muhim rol o‘ynaydi. Agar mazkur vitaminlardan birortasi yetishmasa, inson organizmida turli xastaliklarning kelib chiqishiga sharoit tug‘iladi.
  • VITAMINLAR
  • Quyida biz ushbu vitaminlarning qanday mahsulotlar va shifobaxsh o‘simliklarda bo‘lishi haqida fikr yuritamiz.
  • A vitamini. Agar inson organizmida bu vitamin kamayib ketsa, uning ko‘rish qobiliyati pasayadi, jumladan, qorong‘i bo‘lganda ko‘ra olmay qoladi. Shabko‘rlik ham organizmda ana shu vitamin yetishmasligi natijasida paydo bo‘lishi aniqlangan.
  • Vitaminlar haqida umumiy tushuncha.
  • Vitaminlar haqidagi ta’limot – vitaminologiya hozirgi vaqtda mustaqil fan tarmog’idir. Vaholanki, bundan 100 yil oldin organizmning normal hayot kechirishi uchun oqsil, uglevod va yog’lar, mineral moddalar va suvning qabul qilinishini yetarli deb hisoblaganlar.. Lekin amaliyot va tajribalarning ko’rsatishicha, organizmning normal rivojlanishi va o’sishi uchun bu moddalarning o’zi yetarli emas ekan. Ovqat tarkibida qandaydir moddalarning yetishmasligi bilan sodir bo’ladigan kasalliklar epidemik xarakterga ega bo’lgan. XIX asrda singa kasalligidan letal holatlar 70-80% ga yetgan. Ayni shu vaqtda “beri-beri” kasalligi Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaponiya davlatlarida keng tarqaldi. Yaponiyaning 30% ga yaqin aholisi shu kasallikka chalingan.
  • Yapon shifokori K.Takaki go’sh, sut va yangi sabzavotlarda “beri-beri” kasalligini oldini oladigan modda bor, degan xulosaga kelgan. Keyinchalik golland shifokori K.Eykman Yava orolida ishlab, u yerning aholisi asosan tozalangan guruch bilan ovqatlangani, tovuqlarga ham tozalangan guruch berilganda odamlardagi kabi “beri-beri” kasaliga o’xshagan turining rivojlanishini ko’rsatib bergan.
  • K.Eykman tovuqlarni tozalanmagan guruch bilan boqishganda, ularning sog’ayishini kuzatgan. Bu ma’lumotlar asosida guruch po’stlog’ida davolash xususiyatiga ega bo’lgan noma’lum modda bor degan xulosaga kelgan. Haqiqatan ham, guruch po’stlog’ida odan organizmidagi normal hayotni ta’minlaydigan moddalar borligini isbotlab berdi.
  • Vitaminlar haqidagi ta’limotning rivojlanishi N.Lunin nomi bilan ham bog’liqdir. Olim ovqat tarkibida oqsil, uglevod, yog’, tuz va suvdan tashqari hayot uchun zarur bo’lgan almashtirib bo’lmaydigan qandaydir noma’lum modda bor, degan xulosaga kelgan. K.Funk birinchi bo’lib kristall holda ajratib olingan “beri-beri” kasalligi rivojlanishining oldini olgan organik moddani topgan va o’z tarkibida aminoguruhlarni saqlagani uchun bu noma’lum moddalarni “Vitaminlar” deb atashni taklif etgan (lat. vita – hayot deganidir). Darhaqiqat, vitaminlarning ko’pchiligi o’zining tarkibida aminoguruhlarni saqlamasa ham “vitaminlar” deb nomlanishi biologiya va tibbiyotda mustahkam
  • Bundan tashqari, A vitamini yetishmasligi oqibatida kishi tanasi sho‘rlaydi, sochlar tagi qurib ketadi, tirnoq esa yumshab qoladi. Bu vitamin ko‘proq sabzi, pomidor, ko‘k no‘xat, qovun, apelsin hamda sut mahsulotlarida bo‘ladi.
  • B1 vitamini va uning guruhi kamayib ketsa, kishida parishonxotirlik ro‘y beradi, xotira pasayadi, asablari tez shamollaydigan bo‘lib qoladi va ishtahasi bo‘g‘iladi. Bu darmondori go‘ja osh, suli, arpa non, qo‘y go‘shti va yana boshqa bir qator mahsulotlarda bo‘ladi.
  • B2 vitamini inson organizmida kamayib ketsa, ko‘z yoshlanaveradi, kamqonlik kelib chiqadi, kishi darmonsizlanadi, lablari bichilib ketadigan bo‘lib qoladi, lablar ustida ajinlar ham paydo bo‘ladi. U tuxum, qo‘y go‘shti, xamirturush va pishloqda bo‘ladi.
  • B6 vitamini organizmda kamayib ketishi natijasida kishi yuragi o‘ynaydigan bo‘lib qoladi. U arpa non, karam, sabzi, qovoq, suzma, pishloq va baliqda bo‘ladi.
  • C vitamini inson organizmida kamayib ketsa, milklarda og‘riq paydo bo‘ladi, bo‘g‘imlar og‘riy boshlaydi, yaralar tez bitmaydi va kishi tez charchaydigan bo‘lib qoladi. U kartoshka, karam, bulg‘or qalampiri, turli xil oshko‘klar, qulupnay, limon va apelsinda ko‘p miqdorda uchraydi.
  • K vitamini yetishmasligi oqibatida inson ichak, jigar va buyrak xastaliklariga ko‘proq chalinadi, qon yaxshi ivimaydi. Bu vitamin piyoz, karam, qovoq, ko‘k no‘xat, loviya, ko‘katlar, jigar va tuxumda mavjuddir.
  • E vitamini yetishmasa, organizmda yog‘ bezlarining faoliyati buziladi. Bunday holda sochlar tez oqaradi va to‘kiladi. Bu darmondori buxanka non, guruchli ovqatlar, jo‘xori go‘ja va jigarda ko‘p miqdorda bo‘ladi.
  • Yuqorida nomlari qayd etilgan vitaminlar inson organizmida yetishmasa, turli salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. Tirnoqlar tushib ketishi, bo‘yin qismiga tez-tez chipqon chiqishi, yuzga yara toshishi shular jumlasidandir. Bu xastaliklarda ko‘proq yong‘oq, kungaboqar, kanop yog‘idan foydalanish tavsiya etiladi.
  • Inson organizmida barcha vitaminlarning o‘z meyorida bo‘lishini ta’minlash uchun yilning to‘rt faslida yetarli miqdorda noz-ne’matlarni iste’mol etib turish zarur. Shunday qilingan taqdirda o‘z organizmimizni sog‘lom saqlaymiz.
  • .
  • Vitaminlar shartli ravishda vitaminlar va vitaminsimon moddalarga bo’linadi. Vitaminsimon moddalar biologik xossalari bilan vitaminlarga o’xshaydi, lekin odatda ko’p miqdorda talab etiladi. Hamma organizmlar uchun bir birikmaning o’zi vitamin bo’lib hisoblanmaydi. Masalan, askorbin kislotasi odam va dengiz cho’chqasi uchun vitamin hisoblanadi, chunki ularda sintezlanmaydi, kalamush quyon va itlar uchun esa askorbin kislotasi vitamin hisoblanmaydi, chunki u bu hayvonlarning to’qimalarida sintezlanadi.
  • Odam organizmida ovqat va ichak bakteriyalari vitaminlar manbai hisoblanadi. Ichak bakteriyalari ko’p vitaminlarni o’zlari sintezlaydilar va vitaminlarning organizmga tushishida muhim manba hisoblanadi.
  • Eruvchanligiga qarab yog’da va suvda eriydigan vitaminlar tafovut etiladi.
  • I. Suvda eruvchan vitaminlar:
  • B1 vitamini – tiamin, antinevrit.
  • B2 vitamini – riboflavin, o’sish vitamini .
  • B6 vitamini – piridoksin, antidermatin, adermin.
  • B12 vitamini – kobalamin, antianemik.
  • PP vitamini – niatsin, nikotinamid, antipellagrik.
  • Bc vitamini – folat kislota, antianemik.
  • B3 vitamini – pantotenat kislota, antidermatit.
  • H vitamini – biotin, antiseborrit, bakteriyalar va achitqi o’sish omili.
  • C vitamini – askorbin kislota, kapillyarlarni mustahkamlovchi.
  • II. Yog’da eruvchan vitaminlar:
  • A vitamini – retinol, antikseroftalmik.
  • D vitamini – kaltsiferol, antiraxitik.
  • E vitamini – tokoferollar, antisteril, ko’payish vitamini.
  • K vitamini, naftaxinon, antigemorragik.
  •  
  • Shuningdek, ba’zilari organizmda ma’lum miqdorda sintezlanadigan vitaminlarga o’xshab ta’sir etadigan turli kimyoviy moddalar guruhi tafovut etiladi; odam va ba’zi hayvonlar uchun bu moddalar vitaminsimon moddalar guruhiga kiritilgan. Ularga xolin, lipoat kislota, B15 vitamini (pangamat kislota), orotat kislota, inozit, ubixinon, paraaminobenzoat kislota, karnitin, linol va linoleat kislotalari, vitamin U (yazvaga qarshi omil) kabilar kiradi.
  • Fiziologik ta’siri bo’yicha vitaminlarni quyidagi guruhlarga b’olish mumkin:
  • Organizmning umuniy rezistentligini oshiruvchi vitaminlar: B1, B2, PP, A, C.
  • Antigemorragik vitaminlar: C, R, K.
  • Antianemik vitaminlar: B12, folat kislota, C.
  • Antiinfektsion vitaminlar: A,C.
  • Ko’rishni boshqaruvchi vitaminlar: A, B2, C.
  •  
  • Vitaminlar iste’mol omillari bo’lib, juda kam miqdorda saqlanadilar va organizmdagi biokimyoviy, fiziologik jarayonlarning normal kechishida, butun modda almashinuvining boshqarilishida qatnashadilar. Modda almashinuvining buzilishi ko’pincha organizmga vitaminlarning kam qabul qilinishi, ovqat tarkibida bo’lmasligi yoki ularning organizmda hazm bo’lishi buzilishi bilan bog’liqdir. Natijada avitaminoz holati rivojlanadi – ovqatda vitaminning umuman bo’lmasligi yoki organizmda o’zlashtirilishining buzilishi sababli kasallik vujudga keladi.
  • Ayrim vitaminlar ovqat bilan birga o’tmishdoshlar shaklida – provitaminlar ko’rinishida bo’ladi va ular to’qimalarda vitaminlarning biologik faol shakllariga aylanadi.
  • Ichaklarda so’rilganda o’tgan yog’da eruvchi vitaminlar to’qimalarda to’planadi; suvda eriydigan vitaminlar kofermentlarga aylanadi va apoferment bilan bog’langan holda murakkab ferment tarkibiga kiradi. Fermentlarning yashash muddati chegaralangan bo’lganligi sababli kofermentlar parchalanadilar va organizmdan turli metabolitlar ko’rinishida chiqarib yuboriladi. Yog’da eriydigan vitaminlar ham katabolizmga uchraydi, lekin ular suvda eriydigan vitaminlarga nisbatan sekinroq parchalanadi. Shu sababli ham ovqat bilan birga vitaminlar doimo kirib turishi kerak.
  • Vitaminlar disbalansi yetishmagan (manfiy balans) va ortiqcha (musbat balans) ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Vitaminning qisman yetishmasligi gipovitaminoz, judayam tanqis bo’lishi – avitaminoz deb ataladi. Bitta vitaminning yetishmasligi monogipovitaminoz, bir nechtasining yetishmasligi esa – poligipovitaminoz deb ataladi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika davlatlarining ayrim hududlarida aholi bir xil o’simlik tabiatiga ega bo’lgan ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganda avitaminoz holatlari uchraydi. To’qimalarda vitaminlarning ortiqcha to’planishi gipervitaminoz deb ataladi. U yog’da eriydigan vitaminlar uchun xos.
  • Vitaminlar iste’mol omillari bo’lib, juda kam miqdorda saqlanadilar va organizmdagi biokimyoviy, fiziologik jarayonlarning normal kechishida, butun modda almashinuvining boshqarilishida qatnashadilar. Modda almashinuvining buzilishi ko’pincha organizmga vitaminlarning kam qabul qilinishi, ovqat tarkibida bo’lmasligi yoki ularning organizmda hazm bo’lishi buzilishi bilan bog’liqdir. Natijada avitaminoz holati rivojlanadi – ovqatda vitaminning umuman bo’lmasligi yoki organizmda o’zlashtirilishining buzilishi sababli kasallik vujudga keladi.
  • Ayrim vitaminlar ovqat bilan birga o’tmishdoshlar shaklida – provitaminlar ko’rinishida bo’ladi va ular to’qimalarda vitaminlarning biologik faol shakllariga aylanadi.
  • Ichaklarda so’rilganda o’tgan yog’da eruvchi vitaminlar to’qimalarda to’planadi; suvda eriydigan vitaminlar kofermentlarga aylanadi va apoferment bilan bog’langan holda murakkab ferment tarkibiga kiradi. Fermentlarning yashash muddati chegaralangan bo’lganligi sababli kofermentlar parchalanadilar va organizmdan turli metabolitlar ko’rinishida chiqarib yuboriladi. Yog’da eriydigan vitaminlar ham katabolizmga uchraydi, lekin ular suvda eriydigan vitaminlarga nisbatan sekinroq parchalanadi. Shu sababli ham ovqat bilan birga vitaminlar doimo kirib turishi kerak.
  • Vitaminlar disbalansi yetishmagan (manfiy balans) va ortiqcha (musbat balans) ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Vitaminning qisman yetishmasligi gipovitaminoz, judayam tanqis bo’lishi – avitaminoz deb ataladi. Bitta vitaminning yetishmasligi monogipovitaminoz, bir nechtasining yetishmasligi esa – poligipovitaminoz deb ataladi. Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika davlatlarining ayrim hududlarida aholi bir xil o’simlik tabiatiga ega bo’lgan ovqat mahsulotlarini iste’mol qilganda avitaminoz holatlari uchraydi. To’qimalarda vitaminlarning ortiqcha to’planishi gipervitaminoz deb ataladi. U yog’da eriydigan vitaminlar uchun xos.
  • ' ^A vitamini hayvon va odam organizmining o'sishi va rivojlani-shida, hujayralarning bo'linib ko'payishida, epiteliy to'qimasi-ning (terining ustki qavati, nafas yo'llari, ovqat hazm qilish organ-larining ichki shilliq qavati) funksional holatini normal saqlashda, ko'z o'tkirligining yaxshi bo'lishini ta'minlashda muhim aha-miyatga ega. \/
  • Organizmda bu vitamin yetishmaganda teri quruqiashib, yori-ladi, nafas yo'llari va oshqozon-ichak ichki qavatming yallig'la-nish kasalliklari yuzaga keladi. Ko'rish o'tkirligi pasayadi, ayniq­sa, odam qorong'ida yaxshi ko'ra olmaydi. Bolalar va o'smirlar orga­nizmining o'sishi va rivojlanishi susayadi. A vitamini baliq yogida, sariyog'da, tuxum sarig'ida, jigarda sabzi, qizil qalampir, o'rik larkibida ko'p bo'ladi.
  • '/B, vitamini (tiamin) markaziy nerv sistemasida qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari normal o'tishida, odamning aqliy faoliyati yaxshi bo'lishida muhim o'rin tutadi. Agar u kundalik ovqat tarkibida yetarli miqdorda bo'lmasa, odamda gipovitaminoz B( kasalligi yuzaga keladi.^uning belgilari oyoq-qo'l muskullarining uvushib og'rishi, holsizlik, tez charchash, odamning aqliy faoliyati pasayishi, ya'ni o'zlashtirish, esda saqlash, e'tiborni muhim masalaga jalb etish kabi qobiliyatlarning pasayishidir. U arzimagan narsaga jahli chiqadigan bo'lib qoladi.H^u vitamin uzoq muddat davomida yetishmasa, avitaminoz Bp ya'ni beri-beri, degan kasallik yuzaga keladrVbunda nerv sistemasidagi o'zgarish oqibatida nerv tolalari falajlanadi, terida sezuvchanlik oldiniga kuchayadi, so'ngra yo'qoladi, qo'1-oyoq muskullarining harakati kuchsizlanadi. Odam oyog'ini yaxshi ko'tara olmaydi va u qadamini kalta-kalta, xuddi oyog'iga kishan solingan odamga o'xshab bosadi. Bu vitamin guruch po'stlog'ida, bug'doy non, loviya, no'xat, tuxum sarig'i, yong'oq, inol jigari tarkibida bo'ladi
  • С vitamini (askorbin kislota) moddalar almashinuvida. ayniqsa, oqsillar va uglevodlar almashinuvida muhim o'rin tutadi. Uning yetishmasligi tufayli singa kasalligi yuzaga keladi. Bu kasallik odamda umumiy holsizlik, tez charchash, milklarning shishib, bo'shashib qolishi, tishlarning qimirlab tushib ketishi, tish cho'tka bilan tozalanganda milk qonashi kuzatiladi.Hki vitamin ho'l mevalarda, ko'katlarda, sabzavotlarda, ayniqsa, Union, apelsin, mandarin, karam, pomidor, piyoz tarkibida ko'p bo'ladi.
  • D vitamini organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi normal o'tishida ishtirok etadi. U ayniqsa, ikki-uch yoshgacha bo'lgan bolalar suyagining to'g'ri shakllanishi, o'sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bu vitamin yetishmasligi natijasida yosh bolalarda raxit kasalligi yuzaga keladi. D vitamini baliq yog'ida, tuxum sarig'ida, sut va sut.
  •  
  • in.'ihsulotlarida ko'p bo'ladi. U quyoshning ultrabinafsha nurlari la'sirida odam terisida ham hosil bo'ladi. Bolalarni ochiq havoda chiniqtirish raxit kasalligining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling