"qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash"


 Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/22
Sana13.05.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1456194
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Ражабов Шохрух ББИ-80. БМИ (1)

3.2. Qimmatbaho zargarlik buyumlari va qimmatbaho toshlarni baholash
tahlili
Ushbu paragrafda qimmatbaho toshalar va zargarlik mahsulotlari baholash
amaliyoti tahlili bilan tanishamiz. Bu borada MCHJ “UNIVERSAL APPRAISERS
GROUP” baholash tashkiloti tomonidan baholangan zargarlik mahsulotining bozor
qiymatini aniqlash yuzasidan tuzilgan baholash hisoboti ko’rib chiqiladi. Shunga
ko’ra, baholash tashkiloti tomonidan fuqaro Gafarova G.M. bilan 04.10.2018 yilda
tuzilgan 10/010-sonli baholash to’grisidagi shartnomaga muvofiq, baholanayotgan
obyektlarning tugatish qiymati aniqlandi va baholash haqida ushbu hisobot
tayyorlangan. Baholash ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati
to‘g‘risida”gi qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi MBMS, boshqa normativ va
qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilgan. Aytish kerakki, baholash natijasida
olingan natijalar joriy bozor holati va baholash sanasida yuzaga kelgan iqtisodiy
sharoitlarni hisobga olgan holda baholanayotgan obyekt holatini aks ettirishi bilan
ahamiyatlidir.
Baholash tashkiloti jarayoni avvalida quyidagi baholash vazifasi
shakllantirilgan:Mazkur baholash obyekti bo’yicha Baholash jarayoni quyidagi
bosqichlarni bajarish ketma-ketligini o‘z ichiga oladi:
- baholash va baholash shartnomasini tuzish topshirig‘ini belgilash;
- kerakli ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;
- zargarlik buyumlarini oldindan ko‘rish;


50
- zargarlikning mahsulotining nomi va vazifasini aniqlash;
- zargarlik mahsulotini tortish.
4-jadval
“UNIVERSAL APPRAISERS GROUP” baholash tashkiloti tomonidan
baholangan zargarlik mahsulotining bozor qiymatini aniqlash yuzasidan
baholash vazifasi
20
Baholash kompaniyasi,
yuridik manzili, baholash
faoliyati litsenziyasi
“UNIVERSAL APPRAISERS GROUP” MChJ. Toshkent sh.,
YUnusobod tumani, massiv TashGRES, Temur Malik ko‘chasi,
6-uy. Litsenziya BL 001 №0026 O‘zbekiston Respublikasi
DMQ tomonidan 20.02.2014y. berilgan
Baholash kompaniyasi
rekvizitlari
Ipotekabank
AKIB
YUnusobod
filiali
R/s
20208000604838189001, MFO 00837, STIR 301544524,
OKED 74900.
Direktor
M.Vosiqov
Baholash bo‘yicha
mutaxassis
Asomov Bahoviddinhon Fasixitdin o‘g‘li, baholovchi sertifikati
O‘zbekiston Respublikasi DMQ tomonidan berilgan, seriya BS
001 №0941 29.01.2016y.
Sug‘urta polisi
(baholash kompaniyasi
majburiyatlari)
«TASHKENT INSURANCE GROUP» kompaniyasi sug‘urta
polisi №13/00/00-4198 04.06.2018y. (04.06.2018y. dan
03.06.2019y. gacha)
Baholash obyektining mulk
egasi
Gafurova Gulnora Mansurovna
Mulk egasining rekvizitlari
Pasport: AV № 5276906 Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB
tomonidan 02.11.2016 y. Berilgan
Manzili: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, O‘zgarish QFY,
Ilg‘or ko‘chasi, 22-uy
Baholash obyekti
buyurtmachisi
Gafurova Gulnora Mansurovna
Buyurtmachining rekvizitlari
Pasport: AV № 5276906 Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB
tomonidan 02.11.2016 y. berilgan
Manzili: Toshkent viloyati, Zangiota tumani, O‘zgarish QFY,
Ilg‘or ko‘chasi, 22-uy
Joriy foydalanish xarakteri
Zargarlik mahsulotlari
Baholanayotgan huquqlar
tarkibi
Mulk huquqi
Baholash maqsadi (qiymat turi) Buyurtmachiga kreditni ta’minlash maqsadida garov qiymati
haqida maslahatlar berish
Aniqlanadigan qiymat turi
Garov qiymati
Obyekt ko‘rib chiqilgan sana
04.10.2018y.
Baholash sanasi
04.10.2018y.
Hisobot tuzilgan sana
04.10.2018y.
SHartnoma №
10/010
SHartnoma sanasi
04.10.2018y.
20
MCHJ “UNIVERSAL APPRAISERS GROUP” 04.10.2018 yilda 10/010-sonli tuzilgan hisobot asosida.


51
Mayda mahsulotlar aniqligi 0,01 grammgacha, yirik mahsulotlar esa 0,1
grammgacha aniqlik bilan o‘lchanadi. Agar mahsulot yorlig‘i bilan o‘lchansa, bu
haqida ish varag‘ida ko‘rsatiladi.
Baholash jaryoni uchun muhim hisoblangan zargarlik mahsulotini tayyorlash
usullari alohida tavsiflangan. Ular quyidagicha:
- baholash obyekti bo’yicha detallarni birlashtirish mavjudligi (ko‘rinishi)
orasida zargarlik buyumlarini vizual tekshirish;
- 10-x lupa orqali tayyorlash usuli diagnostikasi uchun ko‘rib chiqish;
- zargarlik mahsulotlariga ishlov berish turini o‘rganish va aniqlash;
- zargarlik mahsulotlarini mahkamlash turlarini o‘rganish va aniqlash.
Shuningdek baholash jarayonida zargarlik mahsuloti bo’yica qimmatbaho
metallni aniqlash 10-x lupa orqali mahsulotni ko‘rib chiqish va rangi bo‘yicha
metallni aniqlash, qoplamaning mavjudligini aniqlash, proba joylari va nuqtalari
sonini aniqlash, tanlangan nuqtalarda kimyoviy reagentlar va detektorlar
yordamida qimmatbaho metallarning qotishmalariga sinash va tamg‘a mavjudligini
tekshirish uchun butun mahsulotni tekshirish, mahsulotdagi tamg‘alar joylashgan
joylarni aniqlash, proba tamg‘alarini o‘rganish va aniqlash: haqiqiyligi, qo‘llash
vaqti va joyi, qo‘llash usuli, qotishmada qimmatbaho metall miqdori, qo‘yilgan
zargarlik bezaklari tavsifi, qo‘yilgan zargarlik bezaklarini diagnostika qilish va
ekspertlar baholashi, karatomer, leveridj o‘lchagichi yoki shtangensirkul
yordamida beshchaklar hajmini aniqlash, bezaklar vaznini aniqlash, hamda
bezaklarni hajmi bo‘yicha qimmatbaho toshlar va oddiy toshlarga guruhlash,
zargarlik bezaklarini mustahkamlash sifatini aniqlash: har bir bezakni ko‘rib
chiqish; mahkamlash ishonchliligini baholash kabi jarayonlarni alamga oshirish
orqali aniqlangan.
Baholash jarayonida MCHJ “UNIVERSAL APPRAISERS GROUP” baholash
tashkiloti tomonidan qimmatbaho zargarlik buyunlarini baholashda quyidagi
baholash standartlaridan foydalanilgan:
1. 1-son MBMS “Baholash umumiy tushunchalari va tamoyillari”.
2. 3-son MBMS “Bozor qiymatidan farq qiladigan baholash bazalari”.


52
3. 5-son MBMS “Ssuda, garov va qarz majburiyatlarini ta’minlash uchun
baholash”.
Baholash hisobotining “Qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan
mahsulotlarni baholash usullari” bobining vazifasi baholash faoliyatining
mohiyatini, zargarlik mahsulotlarini baholashning asosiy atamalari, tamoyillari va
usullarini tushunishga imkon beradigan zarur ma’lumotlar taqdim etish hisoblanadi.
Unga ko’ra, baholash – professional baholovchining baholanayotgan predmetlar –
qimmatbaho metall yoki toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari yoki qimmatbaho
toshlarning sifati va qiymatini baholashga qaratilgan faoliyatidir.
Mazkur bobda ta’kidlanishicha, boshqa tovar turlari bilan taqqoslaganda
zargarlik buyumlari g‘ariodatiydir – ular zeb-ziynat buyumlari hisoblanadi. Ular
turmush darajasi ancha yuqori va iqtisodiy vaziyat qulay bo‘lganda xarid qilishga
harakat qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar yomonlashganda birinchi navbatda aynan
ularga talab pasayadi. Bundan tashqari, qimmatbaho metall va toshlardan
yasalgan zargarlik bezaklari o‘zining mitti o‘lchamli ekanligi sababli nrx
«markazlashuvi» yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Ularning bahosi qimmatligi
nodirligi, uzoq muddat xizmat qilishi, shuningdek, noyobligi bilan belgilanadi,
lekin bu etarli emas, xaridorning tovarga ishonch darajasi yuqori bo‘lishi lozim.
Garchi zeb-ziynatlar odatda qayta sotish maqsadlari uchun xarid qilinmasada,
lekin shunga qaramay, xarid motivatsiyasi ularning kelajakda nari tushib
ketmasligi va qadrsizlanmasligi bilan kuchaytiriladi. Ishonch omili
baholovchilarning o‘z professional faoliyatida javobgarlik darajasi yuqori
bo‘lishini belgilab beradi. Qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan
mahsulotlar sifatini baholash baholash predmetlarining standart baholash
tavsiflarini belgilashga borib taqaladi. Ular sifat va son tavsiflari ko‘rinishida
biriktirib qo‘yilgan qimmatbaho metall va toshlardan qo‘shimchalarni tavsiflaydi.
Qimmatbaho toshdan qo‘shimchalar uchun nomi, kelib chiqishi, shakli, vazni,
rangi, nuqsonsizligi, ishlov berish sifati belgilanadi. Mahsulot ulardan
tayyorlangan metallar uchun ularning nomi, vazni, probasi, ularni tayyorlash
texnologik xususiyatlarini belgilab beradi. Ushbu tavsiflar mahsulotlar qiymatini


53
baholash uchun asos hisoblanadi, agar kelgusida mahsulotlar eskirmasa yoki
shikastlanmasa, ular vaqt bo‘yicha o‘zgarmaydi. Bu tavsiflar mahsulotlarga ilova
qiladigan yorliqlarda, qimmatbaho toshlarga ixtisoslshgan sertifikatli markazlar
tomonidan beriladigan sertifikatlarda, baholovchi yoki sotuvchi tomonidan
beriladigan xulosalarda aks ettiriladi. Qiymatni baholash sifat tavsiflari asosida
qabul qilingan uslubiyatga muvofiq amalga oshiriladi va ko‘plab variantlarga ega
bo‘lishi mumkin bo‘lgan narx belgilashga borib taqaladi. U baholash
maqsadlariga, qiymat turiga, ijtimoiy va iqtisodiy omillar (inflyasiya, bozor
kon’yunkturasi, moda va h.k.) vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ladi.
Zargarlik mahsulotlarini baholashda qiymat turi va baholash uslubiyatini
tanlash baholashning maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. Xo‘jalik yuritishning bozor
sharoitlarida eng tarqalgan qiymat turi bozor qiymati hisoblanadi. Bozor qiymati
bu – noqonuniy stimullar ta’sirisiz, sotuvchi va xaridorning ongli ravishdagi
harakatlari, adolatli savdo barcha shartlariga rioya qilgan holda ochiq va raqobatli
bozorda mulk erishishi lozim bo‘lgan eng ehtimoliy narxdir. Bozor qiymati
alohida bozor qatnashchilarining xohish-istaklaridan qat’i nazar obyektiv
hisoblanadi va ushbu bozorda shakllanadigan real iqtisodiy sharoitlarni aks ettiradi.
“Bozor qiymati” – ushbu obyekt ochiq bozorda, tomonlar barcha zarur
ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda oqilona harakat qiladigan, bitim hajmida esa
hech qanday favqulodda holatlar aks etmaydigan raqobat sharoitlarida
begonalashtirish mumkin bo‘lgan eng ehtimoliy narx, ya’ni:
- bitim tomonlaridan biri baholash obyektini begonalashtirishga, ikkinchi
tomon esa ijroni qabul qilishga majbur emas;
- bitim tomonlari bitim predmeti haqida yaxshi xabardor va o‘z manfaatlari
yo‘lida harakat qiladi;
- baholash obyekti ochiq bozorga ommaviy oferta shaklida taqdim etiladi;
- bitim narxi baholash obyekti uchun oqilona mukofotni ifodalaydi va
bitimni amalga oshirishga hech kim tomonidan majburlash bo‘lmaydi;
- obyekt uchun to‘lov pul shaklida ifodalanadi.


54
Garov qiymati deganda quyidagilar tushuniladi: garov qiymati yoki ssuda
ta’minoti qiymati. To‘lov maqsadlari uchun pul o‘rniga taklif qilinadigan zargarlik
mahsulotlari garov ta’minoti shakli hisoblanadi.
Zargarlik mahsulotlari garovi evaziga kreditlar taqdim etish tijorat
banklarining xizmatlar doirasini kengaytiradi, yangi mijozlarni jalb qiladi.
Banklarning kredit bo‘limlari xodimlari ssuda to‘lanmay qolgan holatlarda
mahsulot yoki qimmatbaho toshlarni tugatishdan so‘ng olishi mumkin bo‘lgan pul
miqdorini belgilash istagida bo‘lganda garov qiymatini baholashga buyurtma
beradi. Garov qiymati ko‘pincha bozor qiymatidan taxminan ikki baravar arzon
bo‘ladi. Muayyan maqsadlar uchun hisoblab chiqiladigan boshqa qiymat turlari
ham bor. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: zargarlik mahsulotining
tugatish qiymati, bozor bilan cheklangan zargarlik mahsulotining qiymati va b.
Tugatish qiymati ko‘p jihatdan bozor qiymatiga o‘xshab ketadi. Tugatish
qiymati ham, bozor qiymati ham almashish qiymatini ifodalaydi, ya’ni ma’lum bir
foydalanuvchi nuqtai nazaridan qiymat emas, balki obyekt bozorda ega bo‘lgan
qiymatni ifodalaydi. Tugatish qiymatini aniqlash holatida va bozor qiymatini
aniqlash holatida baholash obyekti ochiq raqobat bozorida sotiladigan obyekt
sifatida ko‘rib chiqiladi, boshqa bir jihatdan emas. Obyektning tugatish qiymatini
uning bozor qiymatidan ajratib turadigan asosiy belgi qisqartirilgan sotuv davri
hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, obyektning tugatish qiymati hajmi doimo uning
bozor qiymatidan kichik bo‘ladi. Bunda, obyektni qanchali tez sotish kerak bo‘lsa,
bozor qiymati bilan taqqoslaganda uning tugatish qiymati shunchalik kichik
bo‘lishi lozim.
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, xulosa chiqarish mumkinki,
iqtisodiy munosabatlar jarayonida tugatish qiymatini aniqlash zarurati yuzaga
keladi:
-
garov ostida kreditlashda garov obyektlari;
-
sud ijrochilari ishtirokida sotiladigan mulk;
-
soliq garovida kelib tushadigan va soliq to‘lovchining soliq qarzlarini
to‘lash uchun sotilishi lozim bo‘lgan mulk;


55
-
qandaydir iqtisodiy yoki boshqa sabablarga ko‘ra tez sotilishi lozim
bo‘lgan har qanday mulk.
Ayrim holatlarda «tugatish qiymati» ostida tez yoki majburiy sotish
sharoitlarida obyektning qiymati ko‘zda tutiladi. Masalan, garov ostida kreditlar
berishda bank anan garov obyektlarining tugatish qiymati bilan qiziqadi, chunki
kreditlar qaytarilmagan holatlarda garov obyektlari juda qiska muddatda sotilishi
mumkin.
Zargarlik bezaklari qiymati turlari ular foydalaniladigan operatsiyalar (oldi-
sotdi, garov ostida kreditlash, sug‘urta, mulk bilan bog‘liq nizolarni hal qilish va
h.k.) bilan belgilanadi va bu narx turlari xilma-xilligiga olib keladi.
Baholashda qimmatbaho toshlar va ulardan yasalgan mahsulotlar qiymatiga
ma’lum bir tarzda ta’sir etadigan qator baholash tamoyillari ta’sirini hisobga olish
lozim.
Ijtimoiy omillar iste’molchilar strukturasi – soni, yoshi, tarkibi, ma’lumot
darajasi bilan belgilanadi, bu esa jamiyat a’zolarining moda va reklama ta’siriga
moyillik darajasini belgilab beradi. Masalan, Yaponiyada brilliantli zargarlik
bezaklariga talab kattaligi yosh ayollarning qimmatbaho mahsulotlar xarid qilish
yo‘li bilan o‘zining moliyaviy mustaqilligini namoyish etish istagi bilan asoslanadi.
Iqtisodiy omillar mintaqaviy omillar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ular aholi
daromadi hajmini, pul oqimini aks ettiradi. Barcha holatlarda ham zargarlik
bezaklari bozorining joylashuvi, moliyaviy, savdo va madaniy markazlarga
yaqinligi – qimmatbaho metall va toshlardan yasalgan buyumlar qiymatiga ta’sir
etuvchi asosiy omildir.
Muvofiqlik tamoyili shuni nazarda tutadiki, hozirgi paytda bozor
standartlariga mos kelmaydigan zargarlik bezagi kichik qiymatga ega bo‘ladi. Bu
esa shu bilan bog‘liqki, ishlab chiqarish texnologiyalari, ehtiyojlar va bozor kutishi,
moda vaqt utishi bilan o‘zgaradi va shu sababli muvofiqlik standartlari ham
o‘zgaradi. Moda juda muhim rol o‘ynaydi. Modani belgilab beradigan asosiy jihat
bu yangilikdir. Moda tushunchasi ikkiyoqlama: bu ma’lum bir vaqtda eng ko‘p
tarqalgan, eng ommalashgan va ko‘pchilik tomonidan e’tirof qilinadigan narsa; bu


56
tashqi turmush shakllarida namoyon bo‘ladigan u yoki bu didning ma’lum bir
ijtimoiy muhitida qiska vaqt hukmronlik qilishidir. Masalan, mamlakatimizda 70-
80 yillarda juda ommaviy bo‘lgan sintetik yoki sun’iy toshli tilla mahsulotlar
hozirgi paytda modadan qolgan va ularga talab yo‘q.
Talab va taklif tamoyilining mohiyati zargarlik bezaklariga ehtiyoj va
ularning taklifi cheklanganligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlashdan iborat.
Talab qanchalik past va taklif qanchalik yuqori bo‘lsa, obyekt qiymati shunchalik
past bo‘ladi va akincha. Agar talab va taklif muvozanatli bo‘lsa, obyekt qiymati
barqarorlashadi. Mamlakatimizda chakana savdoda bu tamoyil ko‘pincha buziladi
va talab zargarlik buyumlari narxining pasayishi bilan rag‘batlantirilmaydi, bu esa
rastalarning tovarga to‘lib ketishiga sababchi bo‘ladi. Bu erda mavsumiylik va
«bayram» kunlari omillari muhim rol o‘ynaydi. Odatda sotuvning eng avjiga
chiqishi yangi yil bayrami, «erkaklar» va «ayollar» bayramlari arafasiga to‘g‘ri
keladi.
Raqobat tamoyili shu munosabat bilan yuzaga chiqadiki, odamlar tabiatan
raqobatchilikka moyil bo‘ladi. Bir tomondan, iste’molchilar nufuzli, urf bo‘lgan,
raritet, noyob, qimmatbaho, ekzotik va h.k. mezonlarga javob beradigan zeb-
ziynatlarni ko‘rsatib, o‘zaro raqobatlashadi. Qimmatbaho, uning ustiga, noyob
brilliantli zeb-ziynatga ega bo‘lish uning egasida hatda muvaffaqiyatga erishganlik
va o‘zning yagonalik hissini ug‘otadi. Boshqa tomondan, savdoda raqobat bozorda
mahsulot sifati va taklifining o‘sishiga olib keladi. Zargarlik bozorida raqobat
bo‘lmagan hollarda obyektning bozor qiymati aniqlanishi mumkin emas, chunki u
faqat raqobat bozorida yuzaga keladi.
Zargarlik obyektlari bahosining o‘zgarish tamoyili «hamma narsa oqib
o‘tadi, hamma narsa o‘zgaradi» iborasiga borib taqaladi. Zargarlik
mahsulotlarining o‘zi ham o‘zgaradi, masalan, jismoniy eskiradi, shuningdek,
qiymatiga ta’sir etuvchi tashqi omillar ham o‘zgaradi. Turli darajadagi eskirish
qiymatni yo‘qotishning ham turli darajada bo‘lishini belgilab beradi. SHu bilan bir
paytda, noyob zargarlik buyumlari vaqt o‘tishi bilan antkvar qiymatga ega bo‘lishi
va bu ularning narxini oshirishi mumkin. Milliy qoidalarga muvofiq, yoshi 50 yil


57
va undan ortiq bo‘lgan mahsulotlarni antikvariat qatoriga kiritish mumkin.
Baholash tamoyillari bilan bir qatorda zargarlik mahsulotlari bahosiga ta’sir
etuvchi omillar ham mavjud. Qiymatga ta’sir etuvchi barcha omillarni obyektiv va
sub’ektiv omillarga ajratish mumkin. Obyektiv omillar asosan iqtisodiy omillar
bo‘lib, pirovardida muayyan bitimlar narxi o‘rtacha darajasini belgilab beradi.
Sub’ektiv omillar muayyan sotuvchi, xaridor yoki vositachining bitim tuzish
bosqichidagi xulq-atvori bilan bog‘liq (masalan, xabardorlik, halollik,
temperament, shaxsiy simpatiya va h.k.), ya’ni psixologik xarakterli omillar
qatoriga kiradi.
Baholash sanasida valyutalar kursi quyidagini tashkil qiladi
21
:
1 tr. unsiya oltinning baholash sanasidagi jahon narxi: 1198,60 doll.
Zargarlik mahuslotini baholash usullari va yondashuvlarini tanlash va
baholash obyektining qiymatini hisob-kitob qilish borasida Qimmatbaho toshli
zargarlik mahsulotini baholash jarayoni metall, tosh qiymati va bu mahsulotni
tayyorlashga sarflanadigan mehnat xarajatlarini baholashdan iborat.
Zargarlik mahsuloti tayyorlash usulini farqlay olish zarur, chunki seriyali
mahsulot va qo‘lda yasalgan mahsulot qiymati jiddiy farq qiladi.
Zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho toshlar bozori ham talab va taklif
qonuni ta’siriga buysunadi .
Zargarlik mahsulotini baholashda ko‘pincha xarajatlar yondashuvi va
qiyosiy yondashuvdan foydalaniladi.
Daromadlilik nuqtai nazaridan baholash shu holatda amalga oshiriladiki,
agar investorlar o‘z mablag‘larlarini qadrsizlanishdan himoya qilish va daromad
olish maqsadida zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho toshlarga mablag‘lar
kiritadi. Bunda zargarlik mahsulotiga egalik qilishdan ustunlik hisobga olinmaydi.
21
MCHJ “UNIVERSAL APPRAISERS GROUP” 04.10.2018 yilda 10/010-sonli tuzilgan hisobot asosida.
RUB
121,46
USD
8079,28
EURO
9492,35


58
Bundan kelib chiqib, ushbu hisobotda daromadlar yondashuvi qo‘llanmaydi.
Xarajatlar yondashuvi zargarlik mahsulotini elementlar bo‘yicha hisob-kitob
qilishdan iborat, bund zargarlik mahsulotining har bir qismi baholanadi, so‘ngra
butun mahsulot qiymati uning alohida qismlari qiymatlari yig‘indisini chiqarish
yo‘li bilan olinadi.
Xarajatlar yondashuvidan foydalanishda baholash obyektiga nisbatan
quyidagilar aniqlanadi:
Baholash obyektini almashtirish qiymati – baholash obyektiga aynan
o‘xshash bo‘lgan obyekt yaratish xarajatlari, baholash sanasidagi bozor narxlarida,
baholash obyektining eskirishini hisobga olgan holda;
Baholash obyektini takror ishlab chiqarish qiymati – baholash obyektining
eskirishini hisobga olgan holda, aynan shunday materiallar va texnologiyalarni
qo‘llab, baholash obyektiga aynan o‘xshash bo‘lgan obyekt yaratishga baholash
sanasida mavjud bo‘lgan bozor narxidagi xarajatlar yig‘indisi.
Qiyosiy yondashuv. Usulni qo‘llashning sharti – obyektlar bilan bitimlar
narxi haqida ma’lumot yoki baholanayotan obyektning analogi sanalgan obyektlar
takliflari bo‘yicha ma’lumot mavjudligi hisoblanadi.
Quyida qiyosiy yondashuv doirasida qiymatni aniqlash ketma-ketligi
qisqacha tavsiflangan.
Baholash obyektini analog obyektlar bilan taqqoslash amalga oshirilaigan
elementlarni aniqlash.
Taqqoslash elementlari qatoriga baholash obyekti qiymati omillari (ularning
o‘zgarishi baholash obyektining bozor qiymatiga ta’sir etadigan omillar).
Qimmatbaho zargarlik buyumlarini baholash natijalarni umumlashtirishda
baholashning turli yondashuvlari yordamida olingan natijalarni o’lchash va
taqqoslash yo’li bilan baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash quyidagi
usullardan biri bilan amalga oshiriladi:
mantiqiy muvofiqlashtirish usuli bilan. U baholovchi amalga oshiradigan
tahlil asosida, barcha muhim parametrlarni hisobga olgan holda taqqoslama
o’lchovlarni tanlashdan iborat. Baholovchi ustun yondashuvni aniqlaydi, qolgan


59
yondashuvlarning natijalaridan esa ustun yondashuv yordamida olingan natijani
tekshirish va unga tuzatish kiritish uchun foydalaniladi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling