Qimmatli qog‘ozlar savdosi bitimlarini tuzish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar
Download 93.5 Kb.
|
1502610126 68842
Rasmiy birja byulleteni
Rasmiy birja byulleteni rasmiy birja listingi va listingdan tashqari kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlarini o‘z ichiga oladi. Lis tingdan tashqari kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlariga quyidagilar kiradi: listing talablariga to‘g‘ri kelmaganligi sababli listing jara- yonidan o‘tmagan emitentlarning qimmatli qog‘ozlari; birja qoidalariga muvofiq ravishda ekspertizadan o‘tmagan holda birjaga joylashtirish va muomalada bo‘lish uchun buyurtma berilgan qimmatli qog‘ozlar; d) delisting natijasida rasmiy birja listingidan chiqarilgan emi- tentlarning qimmatli qog‘ozlari. Ekspertizadan o‘tmagan holda birjaga joylashtirish va muomalada bo‘lish uchun buyurtma berilgan qimmatli qog‘ozlarga quyidagilar kiradi:
Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan sotuvga qo‘yilgan davlat aktivlari (aksiyalari); joylashtirish vaqtida sotuvga qo‘yilgan aksiyalar; birjada muomalada bo‘lish uchun egalari tomonidan qo‘yil- gan aksiyalar; baholovchi tashkilot tomonidan oldindan baholanishi ma- jburiy bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha maxsus savdo maydonchasiga qo‘yiladigan qimmatli qog‘ozlar; birjada joylashtirilishi va muomalada bo‘lishi uchun qo‘yi- ladigan korporativ obligatsiyalar. O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar qonunchilikka muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tganidan keyin ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va kvotalar doirasidi birjada muomalaga qo‘yiladi. Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling