Qimmatli qog‘ozlar savdosi bitimlarini tuzish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar


Birja a’zolarini savdolarga qo‘yish tartibi


Download 93.5 Kb.
bet7/9
Sana22.12.2021
Hajmi93.5 Kb.
#182368
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1502610126 68842

6. Birja a’zolarini savdolarga qo‘yish tartibi

Birja a’zolari savdolarga kirish huquqini olish uchun birjaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:



  1. birja a’zosi nomidan treyderlarga qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi ishonch noma;

  2. ro‘yxatdan o‘tkazish varaqasi;

d) taqdim etuvchi tomonidan tasdiqlangan quyidagi litsenziyalar

nusxasi:


  • qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi yoki investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklariga berilgan bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya;

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sug‘urtalovchilarga berilgan sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun

litsenziya;

  • qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi nusxasi.

Birjada birja a’zosi ro‘yxatdan o‘tganidan keyin uning treyderlariga birjaning markaziy savdo zaliga kirish uchun elektron identifikatsiya ruxsatnomasini hamda Savdo tizimiga ulanish uchun parol beradi.

Treyderlar soni birja a’zosi tomonidan belgilanadi. Birja a’zosi ro‘yxatdan o‘tganidan so‘ng unga o‘zgartirilmaydigan identifikatsiya raqami beriladi. Birja a’zosi ro‘yxatdan o‘tganidan keyin uning treyderlari mazkur Qoidalarda belgilangan tartibda ishchi terminallarga qo‘yiladi. Savdo kuni davomida Savdo tizimiga ruxsatsiz kirish holatlarini bartaraf etish maqsadida birja a’zosini identifikatsiya qilish uchun treyder tizimga o‘zining shaxsiy parolini kiritadi.

Birja a’zosi o‘z parolini o‘zgartirishi uchun quyidagi hollarda birjaga yozma ravishda murojaat qiladi:


  • birja a’zosining treyderi almashganida;

  • parol to‘g‘risidagi ma’lumotning oshkor bo‘lganligi holati aniqlanganda;

  • treyderning parolidan foydalangan holda Savdo tizimiga ruxsatsiz kirilganida.

Treyder o‘zining shaxsiy parolining maxfiyligini saqlashga majbur. U birja a’zosi bilan mehnat shartnomasini bekor qilganidan so‘ng paroldan foydalanish huquqini yo‘qotadi.

Treyderlar o‘z parollarini oshkor qilish hamda Savdo tizimiga begona parol ostida kirish huquqiga ega emas. Ushbu qoida buzilgan taqdirda bunga yo‘l qo‘ygan birja a’zosining vakillari birja Arbitraj komissiyasining qaroriga qadar savdolarda ishtirok etishdan chetlashtiriladi.

Ba’zi asoslarga ko‘ra vakolatlarini yo‘qotgan treyderlarning ruxsatsiz harakatlarining oldini olish maqsadida birja a’zosi ushbu treyderlarga ilgari berilgan ishonchnomalarni birjadan o‘z vaqtida chaqirtirib olishi va savdo tizimiga kiriladigan parolni almashtirishi shart.

Birja Savdo tizimida qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlarni amalga oshirish uchun birja a’zolariga teng sharoitlarni yaratib beradi. Birja a’zolari bitimlarni quyidagicha amalga oshirish huquqiga ega:



  1. o‘z nomidan va o‘z hisobidan (birja a’zolari – dilerlar);

  2. komissiya shartnomasi asosida o‘z nomidan o‘z mijozlari hisobiga; bunda birja a’zosi bitim bo‘yicha komissioner sifatida chiqadi (birja a’zolari – brokerlar);

  1. topshiriq shartnomasi bo‘yicha o‘z mijozi nomidan; bun-

da treyder bitim bo‘yicha ishonchli vakil sifatida chiqadi (birja a’zolari – brokerlar);

  1. mijozning investitsiya aktivlarini boshqarish bo‘yicha qim-

matli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi bitimi (birja a’zolari – investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari).


Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling