Fond birjasida qimmatli qog‘ozlar savdosi bitimlari
Reja:
Qimmatli qog‘ozlar savdosi bitimlarini tuzish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar
Qimmatli qog‘ozlarni birja savdolariga qo‘yish tartibi
Rasmiy birja byulleteni
Birja bitimlarining ishtirokchilari va ularga qo‘yiladigan talablar
Birja savdolari ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar
Birja savdolarida bosh maklerning huquq va majburiyatlari
Qimmatli qog‘ozlar savdosi bitimlarini tuzish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar
Birjada quyidagi birja bitimlari amalga oshirilishi mumkin:
bevosita bitimlar – qimmatli qog‘ozlar va, shuningdek, ularning xosilalarini sotib olish va sotish bitimlari;
repo bitimlari – qaytarib sotib olish sharti ko‘zda tutilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimi.
Shuningdek, repo-kelishuv – bu tomonlar ishtirokida repo bitimini amalga oshirish uchun tuziladigan kelishuv bo‘lib, ushbu bitimning narxi va o‘zga shartlarini, shuningdek, muddatlarini belgilaydi.
Birja a’zolari o‘rtasidagi bitim uni savdo tizimida qayd etish va maxsus hisob registrida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali tuziladi. Birja bitimlari birja nomidan va hisobidan amalga oshirilishi mumkin emas. Birja a’zolari bitimlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan yoki mijozlarning topshirig‘i bo‘yicha amalga oshirishlari mumkin.
Topshiriq shartnomasi yoki komissiya shartnomasi birja a’zolari tomonidan mijozlar topshirig‘i bo‘yicha bitimni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi. Tuziladigan topshiriq shartnomalari va komissiya shartnomalarining muhim shartlari mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilgan talablarga to‘g‘ri kelishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |