Birja bitimlarining ishtirokchilari va ularga qo‘yiladigan talablar
Birja boshqaruvi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan birja a’zolari birja bitimlarining ishtirokchilari hisoblanadi. Birja a’zosining faqat birjada belgilangan qoidalarga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan va ishonchnoma asosida faoliyat yurituvchi treyderlari birja a’zosi nomidan bitimlar tuzish huquqi bilan birja savdolarida ishtirok etishi uchun ruxsat beriladi.
Birja a’zosi o‘zining treyderi (treyderlari) tomonidan birjada amalga oshiriladigan barcha harakatlar uchun javobgardir. Treyderlarning noto‘g‘ri yoki ruxsat etilmagan harakatlari natijalari uchun birja javobgar emas. Birja savdo zaliga birja savdolarida bitim tuzmaslik sharti bilan kirish uchun quyidagilarga ruxsat beriladi:
Savdolarni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yish va to‘xtatish huquqi bilan savdolar jarayoniga tezkor aralashish huquqiga, keyinchalik o‘z harakatlarini yozma rasmiylashtirish bilan, birja boshqaruvi raisi, uning o‘rinbosarlari, birjaning bosh makleri, qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organining vakolatli vakillari ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |