- Rabg‘uziyning hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi yagona manba uning o‘z asari “Qissasi Rabg‘uziy”dir. “Bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, ma’siyat yobonini kezgan, oz ozuqlik Robot O‘g‘uzining qozisi Burhoniddin o‘g‘li Nosiriddin”. Demak, muallif Xorazmning Roboti o‘g‘uz degan joyidan bo‘lib, u yerda qozilik qilgan. Rabg‘uziy taxallusi ham shu joy nomidan olingan. Asarda muallif bu kitobni hukmdor Nosiriddin To‘qbo‘g‘aning talabiga muvofiq yaratganini aytadi.
- To‘qbo‘g‘a bu topshiriqni topshirishda Rabg‘uziyning bilim quvvati, yozuvchilik mahorati, hayot tajribalari yetarli ekanligiga ishongan. Muntazam izchillikda bayon qilingan tarixiy va afsonaviy voqealar, asrga kiritilgan turkiy she’rlar, arab tilidan qilingan tarjimalar shoir iste’dodini belgilaydi.
- Asar 1309-1310 yillarda yaratilgan. Muallif asariga asos qilib, Qur’onda mavjud bir necha voqealardan, Nishopuriyning “Qissasul anbiyo” va boshqa islomga oid manbalardan foydalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |