Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar


Download 213.5 Kb.
bet4/4
Sana21.04.2023
Hajmi213.5 Kb.
#1376662
1   2   3   4
Bog'liq
QISHLOQ TARAQQIYOTINI OSHIRISHDA ERKIN IQTISODIY ZONALAR

3. O`zbekistonda so`nggi yillarda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar, ularning ahamiyati va xususiyatlari

Tashqi bozorlarda talab katta bo`lgan, yuqori qo`shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta`minlaydigan mineral-xomashyo va qishloq xo`jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo`yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Farg`ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o`rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G`ijduvon”, “Qo`qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to`g`risida”gi PF-4931-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon asosida Samarqand viloyati Urgut tumanida – “Urgut”, Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida – “G`ijduvon”, Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida – “Qo`qon”, Xorazm viloyati Hazorasp tumanida – “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etildi.


Farmonga ko`ra, quyidagilar “Urgut” EIZ, “G`ijduvon” EIZ, “Qo`qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yo`nalishlari etib belgilandi:

    • tashqi bozorlarda talab katta bo`lgan va importning o`rnini bosuvchi, yuqori qo`shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo`yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to`g`ridan- to`g`ri investitsiyalarini jalb etish;

    • Samarqand, Buxoro, Farg`ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta`minlash;

    • meva-sabzavot va qishloq xo„jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to`qimachilik, gilam to`qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo`nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish;

    • mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o`rnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari o`rtasida va umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;

    • ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo`yicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va ularning qarorlari xalqaro darajada e`tirof etilishini ta‟minlash chora-tadbirlarini ko„rish.

Mazkur “Urgut” EIZ, “G`ijduvon” EIZ, “Qo`qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning faoliyat ko`rsatish muddati, keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi hamda faoliyat ko`rsatish muddati mobaynida “Urgut” EIZ, “G`ijduvon” EIZ, “Qo`qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi.
Shuningdek, respublikamizning farmasevtika tarmog`ini rivojlantirishga yo`naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, dorivor o`simliklar xomashyosini yetishtirishning noyob sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy dorivor vositalar bozorini o`zimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli dori vositalari bilan to`ldirish, ularni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo`shilgan qiymatli farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish asosida yangi ish o`rinlarini yaratish va respublikamiz aholisi daromadlarini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo`stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to`g`risida”gi PF-5032-sonli Farmoni qabul qilindi.
Farmon asosida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bostonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi hamda ushbu EIZlarning asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishlari etib belgilab berildi:

    • dorivor o`simliklar xomashyosini o`ziga xos tabiiy sharoitlarda etishtirish va keyinchalik qayta ishlash borasida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta`minlash;

    • yuqori qo`shilgan qiymatli zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqarishni, birinchi navbatda, belgilangan tartibda tashkil etilgan plantatsiyalarda etishtirilgan dorivor moddalar (substantsiyalar) hamda dorivor o`simliklar xomashyosi negizida tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarini jalb etish;

    • dorivor o`simliklar xomashyosini qayta ishlash va dori vositalari, tibbiyot buyumlari, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish bo`yicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va quvvatlarni tashkil etish;

    • mustahkam kooperatsiya aloqalarini o`rnatish va erkin iqtisodiy zonalar tashkilotlari hamda respublikamizning boshqa korxonalari o`rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy dorivor o`simliklar xomashyosi va materiallari negizida farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;

    • dorivor o`simliklar xomashyosi introduktsiya va kultivatsiyasini o`rganish bo„yicha tajriba-eksperimental laboratoriyalari bo`lgan ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etish.

Mazkur EIHlarning faoliyat ko`rsatish muddati, keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi hamda faoliyat ko`rsatish muddati mobaynida “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo`stonliq-farm” va “Parkent-farm” EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimlari amal qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR





    1. O`zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni.




  1. www.gov.uz – O`zbekiston Respublikasi hukumat portali.

  2. www.lex.uz – O`zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasi.

  3. www.stat.uz – O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi.

  4. www.uza.uz – O`zbekiston Milliy Axborot agentligi.

  5. www.worldbank.org – Jahon banki rasmiy sayti.

  6. www.imf.org – Xalqaro valyuta fondi rasmiy sayti.

  7. www.wto.org – Butunjahon savdo tashkiloti rasmiy sayti.

  8. www.ifmr.uz – Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.

  9. www.ziyonet.uz – Ziyonet ta`lim portali.

  10. www.economics.ru – “Ekonomicheskaya gazeta” gazetasining rasmiy sayti.

  11. www.tshue.uz – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sayti.





Download 213.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling