«qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejment» FANINING qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni, maqsadi va vazifalari
Download 69.61 Kb.
|
1 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Iqtisodiy matematik usuli
- 5.Loyiha konsruktorlik ishlari usuli
- Qisqacha xulosa
- Tayanch iboralar
2. Monografik usul - tajriba almashish maqsadida xo‘jaliklarning umumiy va ayrim tarmoqlarning faoliyatini, ishlab chiqarish jarayonlarini, rivojlanish istiqbollarini aniqlab berishdan iborat.
3. Analitik hisob usuli - xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish, xo‘jalikning barcha tarmoqlarini rivojlantirish yo‘llarini belgilaydi. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishni iqtisodiy fanlar orqali ijtimoiy hayotni chuqur tadqiqot qilib, keyingi yillarda katta yutuqlarga erishish uchun iqtisodiy fanga matematik tadqiqot usullari katta samara bermoqda. 4.Iqtisodiy matematik usuli - matematik raqamlardir. Qishloq xo‘jaligining barcha ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda matematik raqamlar 3 manbadan olinadi: 1.biznes rejadan; 2.xo‘jalik yillik hisobotidan; 3.me’yoriy ma’lumotlar, texnologik karta va spravochniklar. Iqtisodiy matematik usul bir qancha bosqichlarga bo‘linadi. Tayyorlash, iqtisodiy tahlil, abstrak raqamlar, ma’lumotlar yig‘ish va uni o‘rganish. 5.Loyiha konsruktorlik ishlari usuli-loyihalashtirilgan ob’ektlar va jamlab bo‘lmaydigan har xil ko‘rsatkichlarni tahlil qilishdan iboratdir. Yuqoridagi usullar yordamida qishloq xo‘jalik korxonalari va xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarning ishlab chiqarish faoliyati va iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinib, kelgusida rivojlantirish istiqbollari belgilab olinadi. Qisqacha xulosa «Qishloq xo‘jaligi iqtisodi va Menejment» kursining predmeti qishloq xo‘jalik tarmoqlarini yagona bir tizim sifatida o‘rganishdan iborat. Qishloq xo‘jalik mahsulot yetishtirish jarayonlarida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulkchilikka asoslangan shakllarni rivojlantirishda yer-suv va moddiy resurslardan samarali foydalanib, mahsulot hajmi oshirilmoqda. Fanning asosiy vazifasi qishloq xo‘jaligi va unga xizmat qiladigan tarmoqlarda boshqaruv, menejment, ishni tashkil etish, tarmoqlarni ixtisoslashtirish, iqtisodiy qonun va qarorlarni amaliyotga tadbiq etish, ustivor faoliyat yurituvchi sub’ektlarni rivojlantirish yo‘llarini ko‘rsatish, xo‘jalik va uning tarmoqlarida iqtisodiy va ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish yo‘llarini o‘rgatishni «Qishloq xo‘jaligi iqtisodi va Menejment» fani o‘z ichiga oladi. Tayanch iboralar Bozor, qishloq xo‘jaligi, fermer, kooperativ, davlat, xususiy, iqtisodiyot, tarmoq, predmeti, ob’ekti, ijtimoiy rivojlanish, usullar, islohot, chuqurlashtirish, munosabatlar. Download 69.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling