«qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejment» FANINING qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni, maqsadi va vazifalari
Download 69.61 Kb.
|
1 мавзу
«QISHLOQ XO‘JALIGI IQTISODIYOTI VA MENEJMENT» FANINING QISHLOQ XO‘JALIGIDA TUTGAN O‘RNI, MAQSADI VA VAZIFALARI 1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo‘jaligi va uning rivojlanish istiqbollari Qishloq xo‘jaligi mamlakat xalq xo‘jaligining eng muhim va yirik tarmog‘i bo‘lib, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga, sanoatni xom-ashyoga bo‘lgan talabini qondiradi. Qishloq xo‘jaligi dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini dastlabki yoki to‘liq qayta ishlashning turli jaryonlarini o‘z ichiga oladi. Respublika qishloq xo‘jaligida mamlakatning iqlim, yer-suv va moddiy resurslaridan hamda xalqning asrlar davomida to‘plangan dehqonchilik madaniyatdan unumli foydalanish negizida paxtachilik va donchilikni rivojlantirishga qaratilgan. Dehqonchilikda g‘allachilik, sholikorlik, mevachilik, uzumchilik, polizchilik, sabzavotchilik sohalari, chorvachilikda esa qoramolchilik, qo‘ychilik, qorako‘lchilik, echkichilik, parrandachilik, yilqichilik, asalarichilik, pillachilik tarmoqlari faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston jahonda yalpi paxta hosilini yetishtirish bo‘yicha 4-o‘rinda, paxta tolasi eksporti bo‘yicha 2-o‘rinda (AQSh dan keyin) turadi. Shuningdek respublikada yetishtiriladigan meva, uzum, sabzavot, poliz mahsulotlarining asosiy qismi qo‘shni davlatlarga sotiladi. O‘zbekiston o‘zining sifatli pillasi va qorako‘li bilan ham dunyoga mashhurdir. 1993 yildan respublikaning g‘alla mustaqilligini erishish dasturi to‘liq ta’minlanib, 6 mln. tonna ishlab chiqarmoqda. Respublika aholisining 16,3 mln. kishi qishloq joylarida yashaydi. Yalpi ichki mahsulotning 26,8% qishloq xo‘jaligiga to‘g‘ri keladi. 3,1 mln. kishi yoki respublika xalq xo‘jaligida ish bilan band bo‘lganlarning 30,9% qishloq xo‘jalik sohasida mehnat qiladi. Respublika qishloq xo‘jaligida mulkchilik shakllariga ko‘ra: Kooperativ (klasterlar , fermalar va boshqalar); Davlat (davlat xo‘jaliklari, naslchilik zavodlari, o‘quv-tajriba hamda tajriba xo‘jaliklari); Xususiy (dehqon va fermer xo‘jaliklari, xususiylashtirilgan korxonalar) kiradi. Aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari (shaxsiy ehtiyojlar uchun ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish) sektorlari mavjud. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida paxta yakka hokimligi (yakka ziroatchiligi)ning qaror topishi oqibatida 1987 yilga kelib 2107,7 ming gektar yoki jami sug‘oriladigan ekin maydonining 60% dan ko‘prog‘iga paxta ekildi. Natijada ilmiy asoslangan almashlab ekish tizimi izdan chiqdi, mineral o‘g‘itlar, gerbesidlar, ayniqsa inson salomatligiga zararli bo‘lgan pestitsidlar me’yoridan ortiqcha ishlatilishi natijasida dehqonchilik qilinadigan joylarda ekologik sharoitlar buzildi, yerlarning meliorativ holati yomonlashdi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin mamlakat qishloq xo‘jaligida chuqur islohotlarni amalga oshirish davri boshlandi. Respublika hukumati mamlakat iqtisodiyotning eng muhim tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning nodavlat shakliga o‘tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, dehqon, fermer xo‘jaliklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarni hal etishga e’tibor berildi. Respublika parlamenti qishloq xo‘jaligida tub burilishlarning huquqiy asoslarini yaratadigan qonunlarni qabul qildi. Respublika Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni, Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 martdagi «Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» va boshqa qarorlari iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, bozor tamoyillarining erkin ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratish, xo‘jaliklarni nodavlat shakllariga aylantirish, mahsuldorligi past chorva fermalarini jamoaga mulk qilib berish yo‘li bilan qishloq xo‘jaligida islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, dehqon va fermer xo‘jaliklari, kichik va xususiy biznes ishini yo‘lga qo‘yishga keng imkoniyatlar ochib berilib, quyidagi natijalarga erishildi. Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi 1-jadval Download 69.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling