«qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejment» FANINING qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni, maqsadi va vazifalari


Qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari tonna


Download 69.61 Kb.
bet2/4
Sana12.10.2023
Hajmi69.61 Kb.
#1701038
1   2   3   4
Bog'liq
1 мавзу

Qishloq xo‘jaligida mahsulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari tonna




2016 y.

2017 y.

2018 y.

2019 y.

2020 y.

Paxta

325864

302674

296391

320584

296137

Bug‘doy

559127

546763

453157

443216

428800

Kartoshka

197826

200989

209352

215599

222724

Sabzavotlar

659062

695466

688763

728991

768672

Meva

267564

269588

280320

289576

303531

Uzum

189328

188991

188052

199397

205073

Poliz ekinlari

139838

144767

148303

171584

175927

Go‘sht (tirik vaznda)

209328

223517

243008

253901

262723

Sut

852859

905791

940661

965562

1002601

Tuxum ming dona

347688

363520

428630

476383

469847

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, 2017-2020 yillarda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari oshganligi Respublika qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar o‘z samarasini berayotganligidan dalolat beradi.
Sabzavotlar, poliz ekinlari, kartoshka, meva, sholi mahsulotlari, chorvachilikda sut, go‘sht, tuxum, teri va jun mahsulotlariga erkin (kelishilgan) narxlarda sotish joriy etildi. Bu esa xo‘jaliklarning o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarini o‘z ixtiyorida foydalanishga imkon yaratildi. Davlat buyurtmasi faqat paxta, don, sholiga nisbatan saqlanib qoldi.
Bu tadbirlar esa xo‘jalik yuritish mexanizmini takomillashtirishga, xo‘jaliklarni iqtisodiy jihatdan mustahkamlashga, qishloq mehnatkashlari turmush darajasini yaxshilashga hamda xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta rivojlantirishga yo‘l ochdi.
Hammamizga ma’lumki, dehqon o‘zi hosil yetishtirib, uni sotish bilan shug‘ullanmasa, ish unumi va samarasi bo‘lmaydi. Ularga o‘z vaqtida bank servis xizmati, ta’minot, iste’molchi va qayta ishlash korxonalari yordami berilib, ko‘proq mahsulot ishlab chiqarilib iste’mol bozori boyitilmoqda.
Respublikada qishloq xo‘jaligi sug‘orma dehqonchilikka asoslangan bo‘lib, sug‘oriladigan yerlar maydonini kengaytirish, suv ta’minotini yaxshilash, daryolar oqimini mavsumiy tozalash, suv omborlari, to‘g‘onlar qurilishi, ulkan o‘zi oqar va magistral kanallarining qurilishi, irrigatsiya shahobchalarini yaxshilash, yerlarni melioratsiyalash, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash, elektrlashtirish, kimyolashtirishni yaxshilash evaziga ekinlar hosildorligini va mehnat unumdorligini oshirish imkoniyati mintaqalar bo‘yicha yaratiladi.
O‘zbekiston hududi qishloq xo‘jaligi jihatidan 3 mintaqaga bo‘linadi: 1. Tog‘ va tog‘ oldi mintaqasi-respublika hududining 20 foizdan ortiq maydonini tashkil etadi. Ularga, lalmikor dehqonchilik (bug‘doy, arpa, no‘xat, zig‘ir), bog‘dorchilik va uzumchilik, mavsumiy bahorgi kuzgi yaylovlar bo‘lib, chorvachiligi go‘sht-jun yetishtirishga ixtisoslashgan. 2.Sug‘orma dehqonchilik mintaqasi – respublika hududining qariyib 20 %ni tashkil etib, bu mintaqaga Farg‘ona vodiysi, Mirzacho‘l, Dalvarzin cho‘li, Chirchiq-Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxon-Sherobod vodiylari, Quyi Amudaryoni o‘z ichiga oladi. Mintaqada paxta, don, sholi, makkajo‘xori, kartoshka, sabzavot-poliz ekinlari, yem-xashak ekinlari, bog‘ va tokzorlar, tutzorlar, rezavor ekin maydonlari kiradi. 3.Cho‘l yaylov mintaqasi-respublika hududining 60 foizini tashkil etadi. Hududga cho‘l va suvsiz tekisliklardan iborat, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari, Qorakalpog‘istonda va Farg‘ona vodiysining markaziy qismida joylashgan yerlar kiradi.
Respublika hukumati tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish to‘g‘risida 2030 yilga qadar strategik rejalar ishlab chiqildi. Unda yetishtirilgan mahsulotlarni chet el investorlari yordamida qayta ishlash, saqlash va yetkazib berish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqildi. Mahsulot hajmini oshirishda asosiy e’tibor ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga katta e’tibor berilgan bo‘lib, uning istiqbolli yo‘nalishlari ishlab chiqilib amaliyotda tashkil etilmoqda. Bozor infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha turli tadbiriy choralar ko‘rilmoqda. Qishloq xo‘jalik aholisini ijtimoiy muhofaza qilish maqsadida 2017 yilda hukumatning qator farmonlari qabul qilinib, aholini turmush darajasini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, kasanachilikni rivojlantirishga asosiy e’tibor berildi.
2016 yilda qishloq xo‘jaligini rivojlatirishda ham qishloq aholisini ish haqi to‘lash tizimini yaxshilash, mehnat sharoitlarini yaratish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali qishloq xo‘jaligini industrial tarmoqqa aylantirish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
1.2. Fanning qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda tutgan o‘rni
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlar o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari bozor tamoyillari asosida shakllanmoqda. Qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning, yerga egalik va undan foydalanishning yangi shakllari mujassamlanishi, boshqarish tizimining bozor munosabatlariga moslashib borishi, ekinlar strukturasining bozor talabiga qarab takomillashtirilishi, mamlakat qishloq xo‘jaligidagi barqarorlikni ta’minlovchi asoslar bo‘lib xizmat qilmoqda. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga turli xizmatlar ko‘rsatuvchi hamda ularga amaliy yordam beruvchi bir qator infratuzilmalar bugungi kungacha shakllantirildi va faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular asosan mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda tashkil etilmoqda.
Muqobil mashina traktor parki (muqobil MTP)-qishloq xo‘jaligi korxonalarida shartnoma asosida mexanizatsiya ishlarini amalga oshirish;
Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi (SFU) qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solishni ta’minlash;
Yonilg‘i-moylash materiallarini sotish shahobchasi, (shahobcha) viloyat va tuman hokimlarining qarori hamda, joylardagi neft baza unitar korxonalarining buyrug‘i asosida fermer xo‘jaliklariga aylantirilayotgan shirkatlarning yonilg‘i-moylash materiallari saqlanadigan ombori negizida fermerlarga xizmat ko‘rsatish;
Mineral o‘g‘it va o‘simliklarni himoya qilish vositalari sotish shahobchasi, hokimlar qarori hamda viloyat va tuman “Qishloqxo‘jalikkimyo” hududiy birlashmalarining buyrug‘i asosida fermer xo‘jaliklariga aylantirilayotgan shirkatlarning mineral o‘g‘it saqlanadigan ombori negizida fermerlarga xizmat ko‘rsatish;
Mini-bank klasterlar, fermerlarga, dehqonlarga, tadbirkorlarga yaqin hududlarda xizmat ko‘rsatish hamda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda qulayliklar yaratish;
“Naslli mollarni sotish va zooveterinariya xizmati ko‘rsatish” shahobchasi, Respublika davlat veterinariya bosh boshqarmasining litsenziyalash to‘g‘risidagi hujjatiga asosan chorvadorlarga xizmat ko‘rsatish;
Axborot ta’minoti va konsalting shahobchalari joylarda tovar ishlab chiqaruvchilar palatasi, Davlat Mulk qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari hamkorligida ushbu sohada osonlik yaratish;
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari tayyorlov tarmoqlari shahobchalari mahalliy hokimliklar tomonidan yetishtirilgan mahsulotni sotish maqsadlarida tashkil etish va ularni kelgusida rivojlantirish quyidagicha olib borildi.
“Qishloq xo‘jaligi iqtisodi va Menejment” fanining qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdagi o‘rni qishloq xo‘jalik tarmoqlarini rivojlantirish to‘g‘risida olib borilayotgan islohotlarni tezkor amaliyotga chuqurlashtirish, hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlarni amaliyotga tadbiq etish yo‘llarini, qishloq xo‘jaligida yer, suv va moddiy resurslardan foydalanish, asosiy, yordamchi va qo‘shimcha tarmoqlarni bir-biri bilan qo‘shib olib borish bilan oddiy takror ishlab chiqarishdan sanoat usulida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga o‘tish, qishloq xo‘jaligida mulkchilikka asoslangan sub’ektlar faoliyatini o‘rganish, ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni yaxshilash, xo‘jalikni boshqarish va menejment, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar faoliyatini o‘rganish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish, mahsulotni bozor talabi bo‘yicha yetishtirish sohasidagi iqtisodiy muammolarni talabalarga o‘rgatish fanning asosiy o‘rni bo‘lib xizmat qiladi.
1.3. Qishloq xo‘jaligi iqtisodi va Menejment fanning maqsadi va vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shakllangan xalq xo‘jaligiga - sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa, savdo va boshqa bir qancha tarmoqlar bir–birlari bilan uzviy bog‘langan holatda faoliyat ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligida 3 ta tarmoq bo‘lib: asosiy, yordamchi va qo‘shimcha tarmoqlardir. Xo‘jalikning asosiy faoliyat olib boruvchi yo‘nalishi paxtachilik va g‘allachilik bo‘lib, uni - asosiy tarmoq, asosiy tarmoqni rivojlantirish uchun chorvachilik tarmog‘ini - yordamchi tarmoq, ularga ta’minot va servis xizmat ko‘rsatuvchilar qo‘shimcha tarmoq deb yuritiladi.
Tarmoqni rivojlantirish uchun iqtisodiy qonunlar va hukumat tomonidan olib borilayotgan islohatlar qishloq xo‘jaligini rivodlantirishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodi va Menejment» fani agrar tarmoqni rivojlantirishda samarali xizmat qiladi. Bu iqtisodiy fan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi korxonalari ishlab chiqarishida qatnashuvchi barcha tarmoqlarning ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan uzviy bog‘lanishni o‘rganish, bozor sharoitida qishloq xo‘jaligida ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning qabul qilinishi va amaliyotga tadbiq qilish, ishlab chiqarishni biznes reja asosida tuzish, qishloq xo‘jaligi va uning tarmoqlarga rahbarlik qilish, menejment, ishlab chiqarishdagi fan yangiliklari, texnika va ilg‘or tajribalarni joriy etish yo‘llari, baho, pul-kredit, bozor munosabatlari, asosida arzon va sifatli mahsulot ishlab chiqarish yo‘llarini ko‘rsatadi.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodi va Menejment» fani keng ma’noda quyidagi iqtisodiy fanlar bilan: iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiy geografiya, biznes reja, iqtisodiy kibernetika, mikroiqtisod, tadbirkorlik, statistika, qishloq xo‘jaligi iqtisodi, ishlab chiqarishni tashkil etish, servis xizmatlari iqtisodi, menejment, marketing va boshqa fanlar bilan uzviy aloqadadir.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodi va Menejment» fanini maqsadi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi sub’ektlarda va unga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlarda iqtisodiy qonunlarni ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq qilishdan iborat.

Download 69.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling