«qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va menejment» FANINING qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni, maqsadi va vazifalari


Download 69.61 Kb.
bet3/4
Sana12.10.2023
Hajmi69.61 Kb.
#1701038
1   2   3   4
Bog'liq
1 мавзу

Fanning predmeti – qishloq xo‘jalik tarmoqlarida ishlab chiqarish kuchlarining, ishlab chiqarish aloqalari va ish yuritishda mehnat unumdorligini oshirishdan iboratdir. «Qishloq xo‘jaligi iqtisodi va Menejment» fani zamonaviy fan bo‘lib, u doimo qonunlar o‘zgarishini, tarmoqlar rivojlanishini jamiyat rivojlanishini o‘rganib sintez qilib turadi. Iqtisodiy qonunlar qishloq xo‘jaligi va uning tarmoqlarida boshqarishni ijobiy rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Fanning ob’ekti – qishloq xo‘jalik korxonalari va ishlab chiqarishga bevosita o‘z hissasini qo‘shadigan barcha tarmoqlar faoliyatidir.
Qishloq xo‘jalik tarmoqlarini ijtimoiy rivojlantirish – qishloq xo‘jaligi va uning tarmoqlarida ishlab chiqarish jarayonlarida infratuzilmalardan foydalanish, mahsulotni kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, sifatli xizmat ko‘rsatish, mehnat unumdorligini oshirish, tarmoqlarning ijtimoiy rivojlanishida iqtisodiy qonunlarni joriy etish yo‘llarini ko‘rsatadi.
«Qishloq xo‘jaligi iqtisodi va Menejment» fani vazifasi qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtiruvchi va xizmat qiluvchi tarmoqlar bilan iqtisodiy aloqalarini mustahkamlash orqali, mahsulot hajmini va sifatini oshiradi. Tovar ishlab chiqaruvchi sub’ektlarda mehnat jarayonlarini ilmiy asosda rivojlantirish bilan mehnat unumdorligini oshirish yer-suv hamda asosiy vositalaridan samarali foydalanishdan iboratdir. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish mulkchilik asosida amalga oshirilmoqda.
Fanda qo‘llaniladigan usullar.
Tovar ishlab chiqaruvchi qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatini tahlil qilish uchun har xil usullardan foydalaniladi. Ushbu usullar orqali ishlab chiqarishda ro‘y beradigan hodisalarni iqtisodiy baholaydi. Ishlab chiqarishda quyidagi usullar:
1. Statistik guruhlash usuli - yer fondidan ratsional foydalanish, mahsulot tannarxi, mehnat unumdorligining o‘sishi, mehnat resurslari, texnikalardan ratsioal foydalanish va boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rganadi. Bu usul yordamida ko‘rsatkichlarni tarkibini, bir-biriga bog‘liqligini, ko‘p yillik o‘sish tendensiyalarini, qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish istiqbollarini aniqlab beradi.

Download 69.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling