Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
4.4. Yomg‘irlatib sug‘orish Yomg‘irlatib sug‘orish - sug‘orish suvini maxsus texnik qurilmalar yordamida maydalab, kichik suv tomchilarga aylantirib, sun’iy yomg‘ir ko‘rinishida yer usti qatlamidan o‘simlik va tuproqqa uzatish demakdir. Bu sug‘orish usuli yer ustidan sug‘orish usuliga nisbatan mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan usul hisoblanadi. Hozirda yomg‘irlatib sug‘orish dunyo sug‘orish amaliyotida juda keng tarqalgan sug‘orish usuli hisoblanib, Moldaviya, Ukraina, AQSh, Rossiya davlatlarining ko‘plab sug‘orish maydonlarida qo‘llanilmoqda. Bu usulning ustunliklari: – sug‘orish jarayonini yuqori darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish; 49 – notekis yer relyefi sharoitida sug‘orish imkoniyatining tug‘ilishi; – sug‘orish me’yorlarining katta o‘zgarishlarida (200 m 3 /ga dan 600 m 3 /ga gacha) amalga oshirish mumkinligi; – sug‘orish suvini chuqur sizilishga yo‘l qo‘ymasligi. Kamchiliklariga - qimmatligi, sug‘orish jarayonida eng ko‘p energiya sarflanishi ( m =300 m 3 /ga ni amalga oshirish uchun 40 KVt soatdan-100 KVt soatgacha), shamol vaqtida sug‘orish suvining notekis taqsimoti, mexanik tarkibi og‘ir tuproqlarda tuproq qatlamini chuqur namlantira olmasligi, ba’zi qishloq xo‘jalik ekinlarini, jumladan, uzumni bu uslubda sug‘organda teskari natija berishi va h.k. Yomg‘irlatib sug‘orish usulini birinchi navbatda tekis va kam nishabli sug‘orish maydonlarida, kuchli va yuqori suv o‘tkazuvchan tuproqlarda, texnik va boshoqli ekinlarni, o‘t ekinlarni va o‘tloqlarni hamda bog‘larni sug‘orishda qo‘llash tavsiya etiladi. Yomg‘irlatib sug‘orish usulini qo‘llashning asosiy sharti m m v < ρ , ya’ni, sun’iy yomg‘ir jadalligi ( m ρ ) qiymatining tuproq suv shimuvchanlik tezligi ( m v ) dan har doim kichik bo‘lishi. Sun’iy yomg‘ir jadalligi deb vaqt birligi ichida sun’iy yomg‘irdan hosil qilingan suv qatlam qalinligi tushuniladi. Yomg‘irning qishloq xo‘jalik ekinlariga biologik ta’siri, tuproqni namlatish muddatlari va tabiatiga ko‘ra oddiy, impulsli (uzlukli) va past (shox-shabba ostiga) ko‘rinishlari farqlanadi. Oddiy yomg‘irlatib sug‘orishda yomg‘ir sug‘orish dalasiga har 5-10 kundan so‘ng tuproqning faol qatlamini namlantirish va yer usti havo qatlamini yumshatish maqsadida uzatiladi. Impulsli (uzlukli) yomg‘irlatib sug‘orishda sun’iy yomg‘ir sug‘orish dalasiga har kungi havo namini saqlash va tuproqni namlantirish maqsadida uzatiladi. Impulsli yomg‘irlatib sug‘orish apparatlari ma’lum sikllarda ishlaydi. Bu sikllarning birinchisi suv to‘plash sikli (40-100 sekundli) va ikkinchisi suv sepish sikli (1-3 sekundli) hisoblanadi. 50 Past (shox-shabba ostiga) yomg‘irlatib sug‘orish, asosan, bog‘larni sug‘orishda suvni iqtisod qilish maqsadida daraxt barglarini bekorga namlantirmaslik maqsadida kichik suv sarfli (15-300 l/soatli) yomg‘irlatuvchi purkagichlar yordamida H =0,1- 0,4 MPa bosim bilan tuproqning ustki qatlamidan 1 m balandlikda sepiladi. Bu holat shamol kuchi 12 m/s gacha bo‘lganda ham yomg‘irlatib sug‘orish imkoniyatini beradi. Bu yomg‘irlatib sug‘orishda yomg‘ir tomchilari o‘simlik guli, tukkan hosili va barglariga ta’sir qilmasligi kerak. Mexanik tarkibi og‘ir tuproqlarni sug‘orishda yomg‘ir jadalligi 0,06-0,15 mm/min, o‘rta tuproqlarda 0,10-0,25 mm/min, yengil tuproqlarda 0,15-0,45 mm/min dan ortmasligi kerak. Sun’iy yomg‘irning maqbul jadalligi 0,06-0,15 mm/min, yomg‘ir tomchisining kattaligi esa d =(1-2) mm bo‘lishi kerak. Yomg‘irlatib sug‘orish tizimi (7-rasm) tarkibiga sug‘orish manbasi, bosim hosil qilish qurilmasi, doimiy sug‘orish tarmoqlari (kanallar va quvurlar), muvaqqat sug‘orish tizimlari yoki ko‘chma qattiq quvurlar, qo‘zg‘almas yoki harakatlanuvchi yomg‘irlatib sug‘orish qurilmalari, mashinalari kiradi. Ular tuzilish xususiyatlariga ko‘ra qo‘zg‘almas, yarim qo‘zg‘aluvchan va harakatdagi yomg‘irlatib sug‘orish tizimlariga farqlanadi. Qo‘zg‘almas yom-g‘irlatib sug‘orish tizimida yomg‘irlatib sug‘orish mashina va qurilmalaridan boshqa barcha tarkib doimiy qo‘zg‘almas bo‘ladi. Yomg‘irlatib sug‘orish qurilmalari yordamida avtomatlashtirish maq-sadga muvofiq hisob-lanadi. Bunda tabiiy bosimdan foydalanish katta imkoniyatlarni ochadi. 7-rasm. Yomg‘irlatib sug‘orish tizimi: Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling