Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.8. Purkab sug‘orish
4.7. Subirrigatsiya
Bu usul SSS ni ma’lum sathda ushlab turish va tuproqning haydov qatlamini kapillar ta’minot hisobiga namlantirishga asoslangandir (9-rasm). SSS ni sun’iy ko‘tarish usullari: - sug‘orish tarmoqlari, zovurlar va tashlamalarni dimlash; - ko‘p suv o‘tkazuvchan tarmoqlar orqali sug‘orish suvini berish; - 0,5-0,6 m chuqurlikda o‘rnatilgan namlatgichlar orqali suv berish; - tabiiy sizot suvlari oqimini boshqarish; - suv o‘tkazmaydigan qatlamni teshib, bosimli sizot suvlarining yo‘lini ochish. Bu usul uzun ildizli, namsevar ekinlarni sug‘orishda tavsiya etiladi. Buning uchun sug‘orish maydoni nishabsiz, tuprog‘i bir tarkibli, sho‘rlanmagan, yaxshi kapillar xususiyatlariga ega bo‘lishi, sizot suvlari chuchuk va yer sathiga yaqin joylashgan bo‘lishi kerak. 57 Bu usul ostki tuproq qatlami yaxshi suv o‘tkazuvchan, tuproq namini ikki tomonlama boshqaruvchi sug‘orish-zax qochirish tizimlarida tizimni dimlash orqali ham amalga oshirish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Suv kichik muvaqqat yoki doimiy (chuqurligi 1-1,5 m) sug‘orish tarmoqlariga beriladi. Doimiy chuqur sug‘orish tarmog‘i yoki quvurli namlatgichlar yordamida birato‘lasiga, ham sug‘orish, ham ortiqcha suvlarni qochirish ishlari bajariladi (10-rasm). Agar sug‘orish maydonida sizot suvlari minerallashgan va ularning oqimi yomon bo‘lsa, bu holda SSS ni ko‘tarib sug‘orish quvur-namlatgichlar yordamida yer ustidan sho‘r yuvish ishlari bilan birgalikda olib boriladi. 4.8. Purkab sug‘orish Zamonaviy sug‘orish usullaridan biri bu purkab sug‘orishdir. Bu usul yomg‘irlatib sug‘orishning ko‘rinishi hisoblanib, uning mohiyati sug‘orish suvini mayda zarrachalarga aylantirib, o‘simlikning yer usti qatlamiga berishidir. Bunda hosil bo‘lgan mikron bilan o‘lchanadigan suvning zarrachalari (o‘lchami 50-300 mk) 1 2 3 4 2 5 9-rasm. SSS ni boshqarishda tuproqning namlanish taqsimoti: KUN-kapillar uzilish namligi; ChDNS- chegaraviy dala nam sig‘imi; TNS-to‘la nam sig‘im 10-rasm. Sug‘orish tarmog‘i va quvur namlatgichlar yordamida SSS ni ko‘tarib sug‘orish: Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling