Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

Qurilish tadbirlari. Beton yoki temir-beton qoplamalar. Kanal o‘zanini bunday 
qoplamalar bilan qoplash asosan, suv juda tanqis, suv tezligini boshqarish zaruriyati 
bo‘lgan tizim qismlari va inshootlarda, kanal o‘zani ko‘p suv o‘tkazuvchan 
tuproqlarda qo‘llanilib, ular suv isrofgarchiligini 90-95% gacha kamaytirish imkonini 
beradi va uzoq yillar (25-30 yil) xizmat qiladi. 
Beton qoplamalarning qalinligi mexanik tarkibi o‘rta tuproqlarda 7-15 sm, 
mexanik tarkibi yengil tuproqlarda 18-20 sm bo‘lsa, temir-beton qoplamalar va 
plitalar 5-8 sm qalinlikda yotqiziladi. Kanal yon devorining qiyaligi m = 1-1,5. 
Ulardagi konstruktiv (har 3-4 m dagi) va harorat (har 10-12 m dagi) choklar, 
aksariyat hollarda, umumlashtirilib, mastika, qorasaqichlar bilan to‘ldiriladi. 
Nov (lotok) va quvurlar.
Hozirgi vaqtda, asosan, xo‘jalik ichki sug‘orish 
tarmoqlari nov (lotok) va quvurlar bilan jihozlanmoqda. Bu holatda suv 
isrofgarchiligi 96-98% gacha kamayibgina qolmasdan, bu tizimlarda hosil qilinadigan 
bosimdan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda foydalanish mumkin. Novlardan 
to‘g‘ri foydalanilganda ular uzoq muddat xizmat qilishi muqarrar. 
Asfalt (bitum mineral moddalar aralashmasi) materialli qoplamalar.
Bu 
qoplamalarning qalinligi 5-8 sm bo‘lib, ular zichlangan yoki 10-15 sm qalinlikdagi 
shag‘al yotqizilgan to‘sham ustiga yotqiziladi.
Bu qoplamalarni o‘t o‘lan teshishi mumkinligini hisobga olib, asfalt 
yotqiziladigan asosga suyuq beton qoplamasi to‘shalishi yoki asosga gerbitsidlar 
bilan ishlov berilishi kerak. Bu qoplama material ochiq ko‘rinishda: a) 
armaturalangan yoki armaturalanmagan asfalt-beton; b) yig‘ma asfalt-beton plitalar 
va yopiq armaturalangan yoki armaturalanmagan asfalt «bo‘yra» ko‘rinishdagi 
to‘shamlar shaklida bo‘ladi. Yopiq holatda bo‘lgan asfalt «bo‘yra» lar ustidan 20 sm 
qalinlikdagi tuproq to‘shami to‘shaladi. 
Bu qoplamalar suv isrofini 80-90% kamaytirib, uzoq xizmat qilishi aniqlangan. 
Plastik (egiluvchan) materialli qoplamalar.
Qalinligi 0,1-0,2 mm bo‘lgan 
plastmassa plyonkalari (polietilen, polivenilxlorid va h.k.) suv isrofini 90-95% ga 
kamaytirsa-da, 2-3 mavsumdan so‘ng (ayniqsa, ularning ustida himoya to‘shami 
bo‘lmasa) o‘z xususiyatlarini yo‘qotishi kuzatilgan. Bu qoplamalar beton qoplama 


74
to‘shamlari qatlamlari orasida ham qo‘llaniladi. Bu qoplamalarning ustiga himoya 
qatlam (tuproq yoki beton) to‘shalganda ularning xizmat muddati uzayadi. 
Gil tuproqli qoplamalar yoki gil ekranlar.
Bu ekran yoki qoplama gil va og‘ir 
soz tuproqlar o‘zlarining yoki bentonit bilan aralashmasining 30 sm li to‘shami 
ko‘rinishida yoki ustida 30-40 sm li tuproq to‘shami bo‘lgan 5-8 sm li to‘sham 
ko‘rinishida bo‘ladi. Bunday qoplamalar suv isrofini 60-80% ga kamaytiradi. Shu 
o‘rinda tarkibi 60-65% gil, 35-40% qum-shag‘al bo‘lgan, qalinligi 10-15 sm li 
glinobeton to‘shami ham suv isrofini kamaytiradi. Bunday ekranli kanaldagi suvning 
tezligi 0,7-0,8 m/s dan oshmasligi kerak. 
Tosh va g‘isht qoplamalar,
asosan, tog‘li va tog‘oldi sug‘orish tizimlarida 
qo‘llanilib, suv isrofini 50-60% ga kamaytirishi va 20-30 yil xizmat qilishi 
kuzatilgan. Bu tadbir, asosan, qo‘l kuchi bilan bajarilishini hisobga oladigan bo‘lsak, 
juda qimmat va kam unumli tadbirlar tarkibiga kiradi. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling