Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


 Sug‘orish maydonlaridagi yo‘llar va himoya daraxtlari


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

5.5. Sug‘orish maydonlaridagi yo‘llar va himoya daraxtlari 
Sug‘orish maydonlaridagi yo‘l tarmoqlari.
Sug‘orish maydonlaridagi yo‘llar 
xo‘jaliklararo, xo‘jalik ichki, dala va ekspluatatsion yo‘llarga farqlanadi. 
Yo‘llardan xo‘jaliklarni o‘zaro, viloyat, tuman markazlari, temir yo‘l 
stansiyalari bilan avtomobil transporti yordamida aloqa qilishlari, qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini ekin dalalaridan shartnomada ko‘rsatilgan manzilga etkazish, qishloq 
xo‘jalik texnikalarini har bir ekin dalasiga kirib kelishi va undan chiqib ketishini 
taminlash, xo‘jalik hududini barcha nuqtalaridan ishchi xizmatchilarini istiqomat va 
ish joylariga borib kelishining to‘siqsiz harakatini taminlash, meliorativ tarmoqlar va 
ulardagi inshootlarga texnik xizmat ko‘rsatishda foydalaniladi. 
Ularning tuzilmalari quyidagi 14-rasmda keltirilgan. Dala yo‘llarida asosan,
qishloq xo‘jalik texnikalarining harakatlanishini hisobga olgan holda, ularni tuproq 
asosli 
qilib, 
xo‘jaliklararo 
yo‘llar 
ko‘pchilik 
hollarda 
avtomobillarning 
harakatlanishini hisobga olgan holda asfalt qoplamali qilib loyihalanadi. Dala yo‘llari 
dalalarning bir tomonida sug‘orish tarmoqlari bo‘ylab joylashtiriladi. Xo‘jaliklararo 
va xo‘jalik ichki yo‘llarining eni 6,3 m, dala va ekspluatatsiya yo‘llarining eni 5,0 m 
qilib loyihalanadi. Yo‘llardan oqib tushadigan suvlarni to‘plovchi va yo‘l yoqalab
o‘rnatiladigan kyuvetlarning ko‘ndalang kesim shakli trapetsiya yoki uchburchak 
ko‘rinishda qabul qilinadi. Yo‘llarni sug‘orish yoki zax qochirish tarmoqlari bilan 
kesishish joylarida eni 5 m dan kam bo‘lmagan ko‘prik yoki quvurlar o‘rnatiladi.
Himoya daraxtlari.
Himoya daraxt qatorlari xo‘jalikning tabiiy-iqlimiy, tuproq 
shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda havoning yuqori haroratidan, issiq (garmsel) 
shamollardan qishloq xo‘jaligi ekinlarini himoyalash, tuproq namini saqlash 
maqsadida hosil qilinadi Bu himoya daraxtlarining ko‘rinishi 15-rasmda keltirilgan. 
Himoya daraxtlari shamol tezligini 30-70% gacha kamaytirib, havo namligini 10–
15% gacha oshiradi. Bu holatlar tuproqdan bo‘ladigan bug‘lanish miqdorini 50-70% 
ga kamaytiradi va bu bilan sug‘orish me’yorining miqdorini keragidan ortiq talab 


77
etilmasligiga olib keladi.
Himoya daraxtlarining turi ular oldiga qo‘yilgan maqsadlariga ko‘ra past va 
baland bo‘yli tut, tol, teraklardan iborat bo‘lishi mumkin. Himoya daraxtlari nafaqat 
sug‘orish tarmoqlari bo‘ylab, balki tashlama, zovur, doimiy yo‘l tarmoqlari, suv 
havza, sug‘orish maydonlarini chegaralari bo‘ylab ham ekiladi. 
14-rasm. Dala (a, b) va xo‘jalik ichki (d) yo‘l tarmoqlarining ko‘ndalang 
qirqimlari: 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling