Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo
Download 106.04 Kb. Pdf ko'rish
|
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA
a-tuproqli to‘sqich; b-yumshoq matoli to‘sqich
93 27-rasm. "Voljanka" rusumli yomg‘irlatib sug‘orish mashinasi yordamida sug‘oriladigan madaniy yaylov sxemasi: 1-suv manbasi; 2-nasos stansiyasi; 3-taqsimlovchi quvur; 4-sug‘orish qanoti Em-xashak yetishtiriladigan madaniy yaylovlarni sug‘orishda odatda, yer ustidan yo‘laklab sug‘orish qo‘llanilib, bunda sug‘orish me’yori 600-800 m 3 /ga ni tashkil etadi. O‘riladigan o‘tlarni tezroq yetishtirish maqsadida sug‘orish o‘t o‘rilishidan 5-7 kun oldin yoki o‘t o‘rilgach 2-4 kun keyin amalga oshiriladi. 6.6. Chiqindi suvlar bilan sug‘orish Chiqindi suvlar deganda foydalanish joyidan gidravlik uslubda kanalizatsiya yordamida uzoqlashtirilgan, insonlarning kundalik hayotida, ishlab chiqarish korxonalarida, chorvachilik komplekslarida foydalanilgan suvlar tushuniladi. Chiqindi suvlar yordamida ekinlarni sug‘orish ko‘plab chet el davlatlarida, jumladan, Avstraliyada (42%), Angliyada (35%), Isroilda (50%) qo‘llanilmoqda. Chiqindi suvlar bilan sug‘orish muhim hisoblanadigan xo‘jalik masalalarni, jumladan, tuproqlarni suv va ozuqa elementlari bilan boyitish, dalaga kiritiladigan o‘g‘itlar qiymatini kamaytirish, chiqindi suvlarni tozalash, qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil olish kabi masalalarini yechish imkonini beradi. Chiqindi suvlar kelib chiqishi bo‘yicha xo‘jalik, ishlab chiqarish, aralash, chorvachilik va toshqin suvlariga farqlanadi. 94 Chiqindi suvlar tarkibi kimyoviy, bakteriologik va mexanik chiqindilar, ishlab chiqarish xususiyatlari, foydalanish me’yorlari, yog‘in miqdori va boshqa omillarga bog‘liqdir. Ular tarkib jihatidan tashqi muhitga ta’siri, tarkibidagi erigan modda va o‘g‘itlar bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Ishlab chiqarish chiqindi suvlaridan tashqari barcha chiqindi suvlar sug‘orish uchun yaroqli hisoblanadi. Chiqindi suvlar tarkibida o‘simlik rivoji uchun xavfli moddalar bo‘lishi mumkin. Bu holda ular maxsus suv tozalash stansiyalarida zararlilik miqdori ruxsat etilgan miqdordan ortmasligi sharti bajarilguncha tozalanadi. Chiqindi suvlarning har qanday turi ham ma’lum bir texnologiya asosida mexanik va biologik tozalagichlarda tozalanadi. Mexanik tozalashda chiqindi suvlar to‘rlardan, yog‘ ushlagichlardan va dastlabki tindirgichlardan o‘tkaziladi. Chiqindi suvlar mexanik tindirgich tizimiga kiritilishidan oldin havo kislorodi bilan boyitilsa, mexanik tozalagichning unumdorligi 70% ga ortadi. Mexanik tozalangan chiqindi suvlar sug‘orish uchun qo‘yilgan talablarga javob bermasa, ular biologik tozalagichlardan o‘tkaziladi. Biologik tozalash tabiiy va sun’iy usullarda amalga oshiriladi. Tabiiy biologik tozalagichlar turkumiga biologik hovuzlar, sizilish va sug‘orish dalalari kiradi. Chiqindi suvlar bilan sug‘orishda maxsus sug‘orish tizimi barpo etiladi. Bu tizimning asosiy elementi bo‘lib dehqonchilik sug‘orish maydoni (DSM) hisoblanadi. Bu maydonda chiqindi suvlar tabiiy tuproq-biologik tozalanadi va zararsizlantiriladi. DSM lar 3 xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: yil davomida chiqindi suvlarni qabul qiluvchi va sug‘oruvchi (mexanik tarkibi yengil va yaxshi suv siziluvchi tuproqlarda); chiqindi suvlarni yil davomida qabul qiluvchi va sug‘orishni faqat vegetatsiya davridagina amalga oshiruvchi; chiqindi suvlarni vegetatsiya davrida qabul qiluvchi va sug‘oruvchi. DSM ning maydoni 10 ga dan kam bo‘lmasligi, maydon nishabligi 0,0005-0,01, sizot suvlarining sathi chuqur (> 5 m), tuprog‘i kam unumdor va foydanilmayotgan hamda suv sizilish qiymatining yuqori bo‘lishligi talab qilinadi. 95 DSM dagi inshootlar tizimi (28-rasm) tindirgich yoki tozalash inshootlaridan, nasos stansiyasidan, quvurlardan, biologik tozalash havzalaridan, sug‘orish va tashlama tarmoqlardan, yo‘llar, himoya daraxtlari va binolardan tashkil topadi. Sug‘orish tarmoqlari ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. Sizot suvlari yaqin bo‘lgan maydonlarda va sug‘orish katta me’yorlarda olib borilganda yopiq zovur quriladi. Sanitar-gigiyenik sharo-itlarga ko‘ra, chiqindi suvlar bilan boshoqli va chorva- ozuqa ekinlarini, bir va ko‘p yillik o‘tlarni, termik ishlovdan so‘ng iste’mol qilinadigan poliz ekinlarini (lavlagi, baqlajon, kartoshka), dekorativ daraxtlarni sug‘orish tavsiya etiladi. Sug‘orish tuproq ichidan amalga oshirilganda istalgan ekinlarni yetishtirish mumkin. Mavsumiy sug‘orish me’yorlarining qiymati boshoqli ekinlar uchun 2-3 ming m 3 /ga, o‘tlar uchun 3-5 ming m 3 /ga ni tashkil etadi. Sug‘orish me’yorining qiymati esa, iqlimiy, tuproq meliorativ shart-sharoitlardan va qishloq xo‘jalik ekinlarining turidan kelib chiqqan holda 40-700 m 3 /ga ni tashkil etadi. Tekislangan va yer nishabi 0,001-0,02 bo‘lgan maydonlarda yoppasiga ekiladigan ekinlar yer ustidan pollab va bostirib sug‘oriladi. Kuzgi va sovuq tushgan davrlarda DSM larda tirqishli egatlar yordamida sug‘orishni qo‘llash mumkin. 28-rasm. DSM da chiqindi suvlar bilan sug‘orish sxemasi: 1-aholi punkti; 2-kollektor; 3-mexanik tozalash inshooti; 4-nasos stansiyasi; 5-quvur; 6-havza; 7-biologik tozalash havzasi; 8-taqsimlovchi quduq; 9- sug‘orish tarmog‘i; 10-ko‘chma sug‘orish quvuri; 11-suv chiqarish inshooti; 12-tashlama inshoot 96 Sanitariya nuqtayi nazaridan chiqindi suvlar bilan sug‘orishda tuproq ichidan sug‘orish usulini qo‘llash tavsiya etiladi. Download 106.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling