Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

II. Sun’iy omil: 
Sug‘orish-xo‘jalik omillari.
Tuproq faol qatlamini sun’iy namlantirish 
(sug‘orish), ko‘pincha, sug‘orish suvlarining faol qatlamdan pastga sizib o‘tishiga 
sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, sug‘orish tarmoqlarida ham suvlarning isrof bo‘lish 
hollari kuzatiladi. Bu suvlar sizot suvlariga borib qo‘shilib, aksariyat, kam tabiiy 
zovurlangan va sizot suv oqimi yomon sug‘orish maydonlarida sizot suvlar sathining 
ko‘tarilishiga olib keladi.
Sho‘r sizot suvlarining ko‘tarilishi tuproqlarning botqoqlanishiga va ikkilamchi 
sho‘rlanishiga olib keladi. Ikkilamchi sho‘rlanish deb tuproqning sun’iy jarayonlar 
natijasida sho‘rlanishiga aytiladi. 
 
7.3. Ortiqcha nam va tuzning o‘simlikka ta’siri 
Tuzlarning o‘simliklarga ta’siri turlicha. Bu ta’sir o‘simliklarning ko‘pgina 
biokimyoviy va fiziologik xossalari, ularning suv va oziqlanish rejimi hamda ildiz 
tarmog‘i holatining buzilishida namoyon bo‘ladi. 
Tuproqning sho‘rlanish ta’siri ostida o‘simliklarda fotosintez va nafas olish 
intensivligi sezilarli darajada kamayadi, modda almashinuvi susayadi. Tuproqning 
sho‘rlanganlik darajasi ortishi bilan o‘simlikdagi quruq modda kamroq to‘plana 
boshlaydi, o‘simliklarning o‘sish davridagi umumiy suv sarfi kamayib boradi. Buning 
sababi shuki, tuprog‘i sho‘rlangan joydagi o‘simliklarda umumiy bug‘lanish yuzasi, 
ayniqsa, barg sirtining yuzasi juda kichrayib ketadi. Tuproqning sho‘rlanganlik 
darajasi ortishi bilan maydon birligiga to‘g‘ri keladigan o‘simlik soni ham kamayadi. 
Tuzlarning o‘simlik suv rejimiga zararli ta’siri urug‘ unib chiqqan paytdan 
boshlanadi. 


108
Tuproq sho‘rlangan bo‘lsa, urug‘larning nam tortishi juda sekinlashadi. Urug‘ 
yaxshi unib chiqishi uchun namlik zarur bo‘lgan darajagacha ko‘tarila olmaydi. Shu 
sababli urug‘ning unib chiqishi ancha sekinlashadi yoki butunlay unib chiqmaydi.
Tuproqning sho‘rlanganligi o‘simliklarning o‘sish davrida ham o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. Suv oziq moddalar bilan birga (o‘simlikning so‘rish kuchi hisobiga) ildiz 
tukchalari orqali so‘riladi. O‘simlikning so‘rish kuchi tuproqning suv tutib turish 
kuchidan katta bo‘lgandagina suv so‘riladi. Tuproqning suv tutib turish kuchi tuproq 
eritmasining osmotik bosimi bilan aniqlanadi. Bu kuch katta miqyosda o‘zgarib 
turishi mumkin. Tuproqda qanchalik tuz ko‘p va namlik oz bo‘lsa, uning suv tutib 
turish kuchi ham shunchalik katta bo‘ladi. 
O‘simliklarning so‘rish kuchi tashqi muhit sharoiti, o‘simliklarning turi, xili va 
yoshiga qarab o‘zgarib turadi. Sho‘rlanmagan tuproqlarga nisbatan sho‘rlangan 
tuproqlarda ekinlarning so‘rish kuchi o‘n barobar yuqori bo‘ladi. 
Tuproqning sho‘rlanish darajasining ortishi bilan tuproq eritmasining osmotik 
bosimi o‘simlikning so‘rish kuchidan ortib ketadi. Shu sababli o‘simliklarning suv 
ichishi qiyinlashadi. Tuproqning fiziologik quruqligi deb ataladigan sharoit vujudga 
keladi. Bunda tuproqda namlik bo‘lishiga qaramay, o‘simlik yetarlicha suv icha 
olmaydi. Natijada, uning hayot faoliyati yomonlashadi, rivojlanishi sekinlashadi. 
Sho‘rlangan tuproqlarda tuzlar o‘simlikning to‘qima va organlariga kirib boradi, 
tuzlarning kirishi hujayra protoplazmasining o‘tkazuvchanligi bilan rostlanadi. A. A. 
Rixter fikricha, tuz konsentratsiyasi muayyan miqyosga yetguncha ildiz 
to‘qimalarining tuz o‘tkazmasligi saqlanib turadi, shundan keyin tuzlar «teshib 
o‘tadi» va o‘simlikni zaharlaydi va o‘simliklarning minerallar bilan oziqlanishi 
keskin buziladi.
Tuproqning sho‘rlanishi qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining ildiziga ham salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqning pastki qavatida tuz zonasi ko‘p bo‘lsa, ildizning 
chuqurlashishi ancha qiyinlashadi. Tuzlar, ayniqsa, normal soda (
3
2
CO
Na
) ildizlarni 
o‘yib yuboradi, natijada, ildiz shilimshiqlanib qorayadi va nobud bo‘ladi. 
Tuproqda suvda eriydigan oddiy tuzlarning konsentratsiyasi ortib ketishi 
natijasida o‘simliklarning o‘sishi sekinlashadi, barglar so‘lib quriy boshlaydi. Tuproq 


109
kuchli zaharlanganda o‘simliklarning bargi sarg‘ayadi, ularda tuz dog‘lari paydo 
bo‘ladi. Bunday barglar keyinchalik to‘kiladi. 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling