Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan maydonlardan unumli foydalanishda, avvalo


 Tuproqdagi tuzlarning tarkibi. Yerlarning sho‘rlanish xili va darajasi


Download 106.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/97
Sana31.01.2024
Hajmi106.04 Kb.
#1831525
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97
Bog'liq
IRRIGATSIYA va MELIORATSIYA

 
7.4. Tuproqdagi tuzlarning tarkibi. Yerlarning sho‘rlanish xili va darajasi 
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining normal rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan 
miqdorda suvda oson eriydigan tuzi bo‘lgan barcha yerlar sho‘rlangan tuproqlar 
deyiladi. 
Bu tuproqlarning ustki yoki ostki qatlamlarida suvda oson eriydigan ko‘p 
miqdordagi mineral tuzlar bo‘ladi.
Sho‘rlangan yerlar ikkita guruhga bo‘linadi: 
1. Sho‘rxok va sho‘rxoksimon yerlar. 
2. Sho‘rtob va sho‘rtobli yerlar. 


111
Yerning ustki qatlamida suvda eriydigan juda ko‘p miqdorda tuzi bo‘lgan yerlar 
sho‘rxok yerlar deyiladi va unda ekin rivojlana olmaydi. Sho‘rxok yerlarning ustki 
qatlamidagi tuzlarning miqdori, odatda 1-2% dan 10-20% gacha bo‘ladi. 
Tarkibida tuzlari oz bo‘lgan, ustki (0-30 sm) qatlamida tuz to‘planadigan 
tuproqlar sho‘rxokli, o‘rta va ostki (30-100 sm) qatlamida tuz to‘planadigan tuproqlar 
sho‘rxoksimon yerlar deyiladi. 
Sho‘rxoksimon tuproqning o‘simlik ildizi rivojlanadigan qatlami tarkibida 0,3-
0,8% suvda eriydigan tuzlar bo‘ladi. Sho‘rxokli yerlarda esa sho‘rxoksimonlardan 
ko‘p, lekin sho‘rxoklarga qaraganda tuzlar kam miqdorda bo‘ladi. 
Tarkibidagi suvda eriydigan tuzlarning miqdori 0,3% dan kam bo‘lgan tuproqlar 
sho‘rlanmagan tuproqlar deyiladi. Tuproqdagi tuz 0,8% ga yetganda, odatda qishloq 
xo‘jaligi ekinlari nobud bo‘la boshlaydi. 100-200 sm qatlamda suvda eriydigan 
tuzlarning miqdori 0,3% dan ko‘p bo‘lgan yerlar chuqur sho‘rlangan hisoblanadi. 
Sho‘rxok tuproqlarning kimyoviy tabiatini morfologik alomatlar ko‘p jihatdan 
xarakterlab beradi. Shu alomat va tashqi ko‘rinishiga qarab sho‘rxok tuproqlarni 
quyidagilarga bo‘lish mumkin:
1. Ho‘l sho‘rxoklar. Uning sirti zich va nam bo‘lib, ko‘pincha qoramtir tusda 
bo‘ladi. Quruq vaqtlarda uning yuzasida shishasimon tuz qobiq paydo bo‘ladi. Bu 
qatlam sizot suvining yaqin joylashganligi, shuningdek, gigroskopik tuzlar – kalsiy 
xlorid (
2
CaCl
), magnezial tuzlar (
2
MgCl

4
MgSO
) ning ko‘p bo‘lishi tufayli hosil 
bo‘lgan. 
2. Qatqaloqli sho‘rxoklar. Bularda ham SSS yuqori joylashgan, yuzasida tuz 
qatqalog‘i bor. Qatqaloqda oqish tusdagi xlorid va oltingugurt tuzlari sirtga tepgan 
bo‘ladi. 
3. Mayin sho‘rxoklar. Ustki qatlami lo‘ppi massadan iborat bo‘lib, yurganda oyoq 
bir oz botib ketadi. Bunday qatlam ko‘p miqdorda tuz, asosan, natriy sulfat ta’sirida 
hosil bo‘ladi. Natriy sulfat suv zarralari bilan kristallanib, (
O
H
10
SO
Na
2
4
2
holatda) qotadi. Bunday sho‘rxoklarning ustki qatlamlaridagi tuzlarning umumiy 
miqdori 5-15% ga boradi. 


112
4. Qora sho‘rxoklar. Bunday sho‘rxoklarning yuzasi qoramtir bo‘ladi. Yomg‘ir 
yoqqanida yoki sug‘orishdan keyin bunday yerlarda tuproqqa singib kirmaydigan 
qora suyuqlik ko‘lmaklari paydo bo‘ladi. Bunga sabab tuproqda soda (
3
2
CO
Na

bo‘lishidir. Soda tuproq gumusini eritadi va eritmaning rangi qorayadi. Shuningdek, 
soda tuproqni changlatib (dispersiyalantirib) yuboradi va uni deyarli suv 
o‘tkazmaydigan qiladi.
Singdiruvchan kompleksda juda ko‘p natriy bo‘lgan tuproqlar sho‘rtob va 
sho‘rtobli tuproqlar deyiladi. Bunday tuproqlar o‘ziga xos morfologik tuzilishi va 
ancha noqulay fizik-kimyoviy xossalari bilan xarakterlanadi. Sho‘rtob tuproqlarda 
singigan natriy manbai bo‘lib, sho‘rxok joylarda to‘planadigan neytral tuzlar – 
xloridlar va sulfatlar tarkibidagi natriy hisoblanar ekan. 
Tuproq eritmasida natriyli tuzlar ko‘proq bo‘lsa, tuproqning singuvchi 
kompleksiga natriy ionining kirish jarayoni ro‘y beradi. Bu ion kompleks tarkibidan 
kalsiy ionini siqib chiqaradi. 
Agar natriyning 

Download 106.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling